Mustaqil ish dunyoqarash va uning tarixiy turlari hamda falsafaning sohalari



Yüklə 186,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix15.06.2023
ölçüsü186,92 Kb.
#130480
  1   2


MUSTAQIL ISH 
Dunyoqarash va uning tarixiy turlari hamda falsafaning sohalari
 
 
 
 
 
 
Talaba: SAT-1, Saidjonov Abduqaxxor 
O’qituvchi: Salimov Bahriddin 
 
Toshkent - 2022 


Dunyoqarash va uning tarixiy turlari hamda falsafaning sohalari 
Reja: 
1. 
Dunyo qarash tushunchasi va uning tarixiy shakillarini o’rganish. 
2. 
Falsafiy dunyoqarashning o’ziga xos xususiyatlarini tahlil etish. 
3. 
Falsafaning sohalari haqida ma’lumotlar berish. 
1.Dunyo qarash tushunchasi va uning tarixiy shakillarini o’rganish. 
Dunyoqarash tushunchasi. Har bir kishining dunyoga nisbatan o’z qarashi, 
o’zi va o’zgalar, hayot va olam to’g’risidagi tasavvurlari, xulosalari bo’ladi. Ana 
shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa 
odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shu 
ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik 
to’g’risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o’zining undagi o’rni haqidagi 
qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy 
tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir. Dunyoqarashning bir kishiga yoki 
alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat 
yoki butun jamiyatga xos dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dunyoqarash 
deb yuritiladi. Ijtimoiy dunyoqarash individual dunyoqarashlar yig’indisidan 
dunyoga keladi, deyish mumkin. Bunda ijtimoiy dunyoqarashning umumiy va 
xususiy shakllarini hisobga olish lozim. Kundalik hayotiy tajribalar asosida 
jamiyatda, odamlarda oddiy, o’z-o’zicha rivojlanuvchi (stixiyali) mohiyatga ega 
bo’lgan qarashlar, tushunchalar, g’oyalar shakllanadi. Bu – dunyoqarashning o’z-
o’zicha rivojlanuvchi (stixiyali) shakli hisoblanadi. Uni ko’pincha hayotiy falsafa, 
deb ham ataydilar. Hayotiy falsafaning doirasi juda keng bo’lib, ongning sodda 
namoyon bo’lish shakllarini ham, oqilona va sog’lom fikrlarni ham o’z ichiga 
oladi. Hayotiy falsafa yoki oddiy amaliy dunyoqarashning o’ziga xos turini inson 
faoliyatining turli sohalaridagi bilim va tajribalar ta’sirida shakllanayotgan 
qarashlar tashkil etadi. «Har kimning o’z falsafasi bor» deyilganida ana shu hol 
anglashiladi. Demak, dunyoqarash o’zining kundalik ommaviy shakllarida chuqur 
va etarli darajada asoslanmagan stixiyali xarakterga ega. Shuning uchun ham 
ko’p hollarda kundalik tafakkur muhim masalalarni to’g’ri tushuntirish va 
baholashga ojizlik qiladi. Buning uchun olamni ilmiy tahlil qilish va bilish zarur. 
Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili. Dunyoqarash muayyan davrda shakllanadi. 
Shu ma’noda, har qanday dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy mohiyatga ega 
bo’lib, kishilarning umri, amaliy faoliyati, hayoti, tabiatga ta’siri va mehnati 
jarayonida vujudga keladi. Har bir avrda ijtimoiy guruh, jamiyat va avlodning o’z 


dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohiyatga ega ekanini 
ko’rsatadi. Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u ma’lum dialektik 
jarayonda takomillashib boradi. Uning shakllari o’zgaradi, tarixiy ko’rinishlari 
muttasil yangilanib turadi. Ma’lumki, insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida 
dunyoqarash nihoyatda oddiy bo’lgan. Agar shunday bo’lmaganida, har qanday 
jism o’z hajmiga teng suyuqlik miqdorini siqib chiqarish xossasiga ega ekanini 
kashf etgan qadimgi zamonning buyuk olimi Arximed hammomdan yalong’och 
holda 
chiqib, 
«Evrika!», 
ya’ni 
«Topdim!», 
deya
qichqirmagan bo’lar edi. Dunyoqarash jamiyat rivojiga mos ravishda asta-sekin 
takomillashib borgan. Taraqqiyotning keyingi davrlarida fan sohasida qilingan 
kashfiyotlar inson dunyoqarashi naqadar chuqurlashib, uning bilimlar doirasi 
kengayib ketganini ko’rsatadi. Bunda vorislik an’anasi yaqqol ko’zga tashlanadi: 
har bir davrning dunyoqarashi, g’oyasi o’tmishda yaratilgan ma’naviy 
qadriyatlarning eng yaxshilarini, ilg’or va ijobiylarini o’zida saqlab qoladi. Shu 
asosda yangi tamoyillarga ega bo’lgan dunyoqarash ham takomillashib boradi. 
Oddiy bug’ mashinasidan kosmik raketalargacha bo’lgan fan-texnika taraqqiyoti 
bunga yaqqol misol bo’la oladi. Falsafiy dunyoqarash. Bu tushunchaning 
mazmuni insonning olamga, voqea va hodisalarga, o’zgalarga va ularning 
faoliyatiga, o’z umri va uning mazmuni kabi ko’pdan-ko’p tushunchalarga 
munosabati, ularni anglashi, tushunishi, qadrlashida namoyon bo’ladi. Falsafiy 
dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar 
va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Fanda ijtimoiy 
borliqning barcha jihatlari ks etadi. Dunyoqarashning shakllanishida his-tuyg’u, 
aql-idrok va tafakkur ham muhim o’rin tutishi tabiiy. Uning shakllanishi 
kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham bog’liq bo’lib, inson 
kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati, madaniy 
saviyasi, shaxsiy taqdiri, yoshi va hokazolar aks etadi. Muayyan davr 
dunyoqarashida zamon ruhi, ijtimoiy kuchlarning kayfiyati, intilishi ham o’z 
ifodasini topadi. Masalan, bugungi O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash 
zarurati istiqlol dunyoqarashini shakllantirishga ulkan ta’sir ko’rsatmoqda. 
Falsafiy dunyoqarash murakkab tuzilishga ega. U muayyan bilimlar, kelajakka 
qaratilgan g’oya va maqsadlar, tabiiy va ijtimoiy fan yutuqlari, diniy tasavvurlar, 
qadriyatlar, ishonch, e’tiqod, fikr, hissiyot kabi tarkibiy qismlardan iborat. 
Bularning ichida e’tiqod muhim ahamiyat kasb etadi. U dunyoqarashning 
mazmunini tashkil etadigan asoslardan biridir. E’tiqod insonning o’z qarashlari 
va g’oyalari to’g’riligiga, orzu-umidlarining asosli ekaniga, faoliyati va xatti-
harakatining umumiy maqsadlarga va talablarga mosligiga bo’lgan chuqur 
ishonchidan paydo bo’ladi. U insonning hissiyoti, irodasi va faoliyatini belgilaydi, 
ularni boshqaradi, shaxsni omilkorlikka, samarali faoliyatga undaydi. Falsafiy 
dunyoqarash tarkibida hissiyot va aql muhim o’rin tutadi. Hissiyot 


dunyoqarashning emotsional-ruhiy jihati bo’lib, dunyoni tushunish esa, 
dunyoqarashning aqliy shaklidir. Hissiyot – quvonch, shodlik, zavqlanish, hayot 
va kasb-kordan mamnunlik yoki norozilik, hayratlanish, xavotirlanish, 
asabiylashish, yolg’izlik, zaiflik, ruhiy tushkunlik, g’am-g’ussa, nadomat, o’z 
yaqinlari va vatani taqdirini o’ylash kabi xilma-xil shakllarda namoyon bo’ladi. 
Ana shular barchasining uyg’unligi dunyoni his etishga olib keladi. Dunyoni his 
qilish esa, uni aqliy tushunishga, muayyan dunyoqarashning shakllanishiga asos 
bo’ladi. Inson aqli unga xos hissiyot va tasavvurlar asosida ilmiy dunyoqarashni 
shakllantiradi va takomillashtiradi. Har bir kishiga xos hissiyot va fikr, bilim va 
e’tiqod, intilish va kayfiyat, orzu-umid va qadriyatlar dunyoqarash tarkibida 
yaxlitlashadi va olamni bir butun holda aks ettiradi. Bir butun, yaxlit 
dunyoqarashning shakllanishi bolalikdan boshlanib, inson hayotining oxirigacha 
davom etadi. Bu holat individual dunyoqarashning asosiy tamoyillaridan birini 
ifodalaydi. Falsafiy dunyoqarashning shakllanishida bilim g’oyatda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bilimda dunyoqarashning barcha belgilari mavjud. Lekin, 
bilim va dunyoqarash aynan bir narsa emas. Olamni tushunish bilimlar paydo 
bo’lishi uchun asosdir. Bilim inson ongida hissiy va aqliy bilish jarayonida hosil 
bo’ladi, u dunyoqarashning asosi, uning uzviy qismidir. Bilim muayyan sharoitda 
biron bir hodisa yoki narsani baholashda qo’l keladi va aynan ana shu jarayonda 
dunyoqarashga aylanadi. Bunday baho berish jarayonida mudom muayyan 
manfaatlar asos qilib olinadi. Shuning uchun ham ijtimoiy dunyoqarash turli 
ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifoda etadi, gohida ularni amalga oshirish uchun 
kurash maydoni bo’lib qoladi. Biror partiya yoki guruh o’z maqsadlariga etishish 
yo’lida butun jamiyat uchun xos bo’lgan umumiy ijtimoiy dunyoqarash tarkibida 
ko’proq va salmoqliroq joy egallashga yoki uni o’z manfaatlari foydasiga 
o’zgartirishga harakat qiladi. Umuman, hayotda maqsadga erishishning eng 
oson va qulay yo’li o’zgalar dunyoqarashini jamiyat foydasiga o’zgartira olishdir. 
Falsafa azal-azaldan dunyoqarash bo’lgan. Chunki, uning o’zi hayot nima uchun 
berilgan, dunyoga kelishdan maqsad nima, umrni mazmunli o’tkazishning 
qanday yo’llari bor, degan talay savollarga javob topish zarurati tufayli vujudga 
kelgan. Falsafiy dunyoqarash o’zining nazariy asoslangani va puxta ishlangani 
bilan ajralib turadi. Shu ma’noda, u boshqa fan yoki faoliyat sohasi uchun 
umumiy uslub vazifasini ham bajaradi. Agar nazariya bilish jarayonining natijasi 
bo’lsa, usul (metod) shu bilimga erishish oki uni amalga oshirish yo’lini anglatadi. 
Falsafiy nazariya esa, bir vaqtning o’zida usul vazifasini ham bajara oladi. 
Tarixning burilish davrlarida o’zgarishlarning asosiy yo’nalishlari va maqsadlari 
nechog’li to’g’ri ekani falsafiy dunyoqarash tamoyillariga solishtirib aniqlanadi. 
Bunda muayyan falsafiy nazariya umumiy usul (metod) sifatida qabul qilinadi. 
Shu sababdan ham bunday davrlarda falsafiy nazariyalarga e’tibor kuchayadi, 
taraqqiyot yo’llaridan borish falsafiy modellarining ahamiyati ortadi. Masalan, 


bizning mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga qo’shilish, demokratik davlat qurish 
borasida Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan taraqqiyot yo’li – «O’zbek 
modeli»ni amalga oshirmoqda. Bu yo’lning asosiy mohiyati islohotlarni inqilobiy 
tarzda emas, tadrijiy ravishda olib borishni nazarda tutadi. Prezidentimiz, aynan 
shu yo’lni taklifetar ekan, asosiy e’tiborni uning mohiyat-mazmuni, tarixda 
qanday natijalar bergani kabi masalalarga qaratgan. Bunda taraqqiyotning 
mazkur yo’li aniq tarzda tasavvur etilgan. Ya’ni, uning tarixiy va zamonaviy 
jihatlari, umumbashariy va mintaqaviy xususiyatlari, mamlakatimizning buguni 
va kelajagi uchun naqadar ahamiyati har tomonlama o’rganilgan. Ana shu 
asosda kerakli xulosalar chiqarilgan va ularni hayotga tadbiq etishning asosiy 
yo’l-yo’riqlari ko’rsatib berilgan. Biz ana shu nazariyani, bir tomondan, 
taraqqiyotimizning o’zimizga xos va mos modeli deb ataymiz. Ikkinchi tomondan 
esa, uni mamlakatimiz hayotini tubdan o’zgartiradigan va uning kelajagini 
belgilab beradigan, milliy dunyoqarash, ong va tafakkur rivojida muhim o’rin 
tutadigan umumfalsafiy tayanch – metodologiya deb bilamiz. Chunki, uning 
tamoyillari taraqqiyotimizning asosiy yo’nalishlarini belgilaydi va shu bilan birga, 
bu jarayonga kuchli ta’sir ko’rsatadigan metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. 
Inson ongli ijtimoiy mavjudot bo’lgani bois, uning dunyoqarashi muayyan ehtiyoj 
va manfaatlarga asoslanadi. Demak, har qanday dunyoqarash muayyan inson, 
ijtimoiy guruh yoki tabaqaning o’z ehtiyoj, manfaatlaridan kelib chiqqan holda 
borliqqa munosabatini ifodalovchi g’oyalar, nazariyalar, bilimlar majmuasi, ruhiy 
xolat va e’tiqod mujassami hamda ularning namoyon bo’lishidir. Falsafiy 
dunyoqarash, mohiyat-mazmuniga ko’ra, ma’naviy faoliyat bo’lgani bois, u 
borliqqa bo’lgan ongli, insoniy munosabatning muayyan yo’nalishlarini vujudga 
keltirgan. Masalan, kishilarning jamiyatdagi axloqiy munosabatlari – axloqiy 
dunyoqarashlarida, huquqiy munosabatlari – huquqiy, siyosiy munosabatlari – 
siyosiy, diniy munosabatlari – diniy, ekologik munosabatlari – ekologik 
dunyoqarash shakllarida o’z ifodasini topgan. 
Dunyoqarashning 3 ta asosiy turi ya‘ni tarixiy tiplari bor: 
1) mifologik dunyoqarash; 
2) diniy dunyoqarash; 
3) falsafiy dunyoqarash. 
2.Falsafiy dunyoqarashning o`ziga xos xususiyatlarini tahlil etish. 


Falsafiy dunyoqarash mifologik va diniy dunyoqarashlardan farqli 
o’laroq, dunyoni sof ilmiy tushuntiruvchi nazariy qarashlar sistemasidir. Falsafiy 
dunyoqarashning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u kishilarga tabiat, 
jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishning umumiy qonuniyatlari haqida bir butun, 
yaxlit ma‘lumot beradi. Shu bilan birga u insonni qurshab turgan moddiy 
olamning hech kim tomonidan yaratilmaganlgini, abadiyligini uqtiradi. Falsafiy 
dunyoqarash dunyoni va uning taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini, 
bilish murakkab, ziddiyatli jarayondan iboratligini ta‘kidlaydi. Mifologik va diniy 
dunyoqarashlardan farqli ravishda falsafiy dunyoqarash tabiat va insoniyat 
jamiyati taraqqiyotining sabablari va mohiyatini, o’ziga xos xususiyatlari va 
qonuniyatlarini to’g’ri, ilmiy asosda tushuntirib beradi. Falsafiy dunyoqarash 
butun mavjudot organik va noorganik dunyo ham, insoniyat dunyosi ham, 
o’simliklar va hayvonot dunyosi ham, doimo harakatda, o’sish, o’zgarish va 
rivojlanishdadir deb tushuntiradi. Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar ob‘ektiv 
olamdagi hamma narsa va hodisalar, jarayonlar o’zidan boshqa narsalar bilan 
ichki, zaruriy, muhim aloqadorlikda, ta‘sir va aks ta‘sirda ekanligini chuqur 
anglab oladilar. 
3.Falsafaning sohalari haqida ma’lumotlar berish. 
Olam va odamning yaralishi, mavjudlik va rivojlanish qonuniyatlarini 
afsona va rivoyatlar asosida tushuntirishni maqsad qilib olgan 
dunyoqarash soxasi 

Yüklə 186,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin