Mavzu: Motiv va motivatsiya. Reja: Kirish.
1.Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni.
2. Psixologiyasida o’qish motivlarining nazariy tahlili.
3.O’zbekiston psixologlari tadqiqotlarida motiv va motivatsiya muammosi.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish. Motivatsiya — biror maqsad yo’lida harakat qilish istagi. Motivatsiya maqsadlarni belgilab olishda va unga erishishda muhim element sanaladi. Izlanishlar shuni ko’rsatmoqdaki, insonlar o’zlaridagi motivatsiya darajasiga ta’sir ko’rsata oladilar.
Motivatsiyaning bir qancha manbalari mavjud bo’lishi mumkin va ko’pincha, insonlar biron-bir xatti-harakatga kirishishida bir necha sabablar mavjud bo’ladi.
Motivatsiyani tushunib olishda foydalaniladigan qoliplardan biri Amerikalik psixolog tomonidan 1943-yilda taklif etilgan “Ehtiyojlar piramidasi” hisoblanadi. Maslov fikriga ko’ra, insonlar tabiatan o’zlarini takomillashtirishga va barcha imkoniyatlarini namoyon etishga-”o’z-o’ziniaktuallashtirish”, sekin-astalik bilan fundamental muhim ehtiyojlardan, misol uchun oziq-ovqat, xavfsizlikdan yuqori tartibdagi ehtiyojlarga, misol uchun sevgi, tegishlilik, o’z-o’zini qadrlash kabi ehtiyojlarga intiladi.
Keyinchalik Maslov o’z nazariyasini kengaytirib, uning tarkibiga “o’zidanyuqorigaintilish” ehtiyojini qo’shdi — insonlar o’sish cho’qqisiga yetib borishadi va o’zlaridan yiroqdagi narsalarga e’tibor orqali hayotning yuksak ma’nosini topishadi. Maslov nazariyasining barchaga birdek universalligi shubha ostiga olingan bo’lsa-da, ko’pchilikning fikricha, bu nazariya insonning motivatsiyasiga oid fundamental haqiqatlarni qamrab oladi.
Umumiy maqsadni kichik, o’ziga xos, o’lchab bo’ladigan vazifalarga bo’ling. Kichik maqsadlarni amalga oshirish osonroq va ularning har birini ro’yxatingizdan o’chirib borish sizni davom etishga undaydi — vazifani bajarib bo’lgandan so’nggi dopamin natijasi! O’lchash mumkin bo’lgan vazifalarni bajarish, ularning har biri nihoyasiga yetgandan so’ng ularni tanib olishga, nishonlashga va keyingi bosqichga o’tishga imkon beradi.