Mustaqil ishi Reja: Opera nima?



Yüklə 1,13 Mb.
tarix06.06.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#125929
Samarqand Davla-WPS Office

Samarqand Davlat Universiteti maktabgacha taʼlim yoʻnalishi 303 guruh talabasi Xamidova Yulduzning "Bolalar musiqa taʼlimi" fanidan

Mustaqil ishi

Reja:

1. Opera nima?

2. Operaning vujudga kelishi va tarixi

3. Mustaqillikdan keyin opera sanʼatining rivojlanishi

Opera (lot. opera — mehnat mahsuli, asar) — musiqali dramatik sanʼat janri. O. qorishma (sintetik) janr boʻlib, oʻzida bir nechta sanʼat turlarini mujassam etadi; unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy sanʼat va raqs sanʼati shakllari yaxlit sahnaviy jarayonda uzviy bogʻlanadi. Lekin musiqa ular orasida yetakchi oʻrin egallaydi. O.ning adabiy asosi — librettodagi voqealar musiqiy dramaturgiya vositalari bilan, avvalo, vokal musiqa shakllarida gavdalantiriladi. Qahramonlarning hissiy kechinmalari, asosan, yakkaxon xonandalar ijrosidagi ariya, kavatina kabi tugal musiqa lavhalarida oʻz ifodasini topadi. O.dagi rechitativ tugal musiqa shakllarini oʻzaro bogʻlab, musiqiy dramaturgiya ja-rayonida muhim vazifalar bajaradi.

O. sanʼatning alohida turi sifatida 16-asr oxirida Florensiya (Italiya)da yuzaga keldi: Ya. Perining "Dafna" (1598) va "Evridika" (1600) asarlari. O. keyinchalik Yevropaning boshqa mamlakatlarida tarqalib, tarixiy rivo-ji davomida turli xillariga ega boʻldi: fransuz "liriktragediyasi" (J.B. Lyulli, J. F. Ramo) va katta opera (L. Ober, J. Meyerber), italyan O.-seria — jiddiy O. (A.Skarlatti va Neapolitan opera maktabi) va Buff-opera (J. Pergolezi, J. Paiziyello, D. Chimaro-za), nemis zingshpili (I. Xiller, V. A. Motsart va boshqalar), ingliz ballada O.si (J. Pepush), ispan sarsuela va tonadilyasi (V. Garsia) va boshqa 18-asr Yevropa kompozitorlik ijodiyotida Sharq, xu-susan, oʻzbek mavzulariga qiziqish ku-chaygan va Italiyada A. Skarlatti (1706), N. Porpora (1730), A. Vivaldi (1735),A. Sakkini (1773), A. Sapiyensa — ugli (1828), Germaniyada G. Gendel (1724) va G. Teleman (1729)lar Amir Temurni oʻz operalarida bosh qahramon sifatida gavdalantirishgan

Oʻzbekistonda O. janri oʻzbek mushkeli dramasining rivoji asosida, shuningdek, chet el mumtoz O.sining taʼsirida yuzaga kelgan. 19-asrning oxiri—20-asr boshlarida Toshkentga bir nechta (gruzin — 1894; 1907—15 yillarda — italyan, tatar, rus, ozarbayjon) O. truppalari gastrolga kelgan. 1918 yildan Toshkentda Rus opera teatri oʻz faoliyatini boshlagan. 1929 yilda M. Qoriyoqubov tashabbusi bilan oʻzbek musiqali teatri ishga tushdi. Uning repertuari, asosan, musiqali dramalardan iborat boʻlgan. Mazkur teatr sahna-sida oʻzbek tilida qoʻyilgan birinchi operalar — "Er Targʻin" (Ye. Brusilovskiy, 1937) va "Nargiz" (M. Magoma-yev, 1938)dir. oʻzbek opera va balet trup-pasi Oʻzbek musiqali teatri zaminida yuzaga kelib, 1939 yil S. Vasilenko va M. Ashrafiyning "Boʻron" O.si bilan oʻz faoliyatini boshlagan.

Dastlabki oʻzbek operalari oʻzbek va rus kompozitorlarining ijodiy hamkorligi natijasida hamda Oʻzbekistonda ijod qilgan rus kompozitorlarining mahalliy mavzudagi ijodida rivoj topgan (R. Glier, T. Sodikrv, "Layli va Majnun", 1940; "Gulsara", 1949; A. Kozlovskiy, "Ulugʻbek", 1942). Shu davrda oʻzbek tilida jahon mumtoz O. namunalari (J. Bizening "Karmen", 1944; P. Chaykovskiyning "Yevgeniy Onegin", 1947 va boshqalar) ham sahnalashtirildi. Keyinchalik oʻzbek kompozitorlarining afsonaviy-romantik, tarixiy, lirik, zamonaviy mavzulardagi mustaqil O.lari paydo boʻldi: "Dilorom", "Shoir kalbi" (M. Ashrafiy), "hamza" (S. Boboyev), "Xorazm qoʻshigʻi" (M. Yusupov) va boshqa Birinchi oʻzbek hajviy O.si "May-saraning ishi" (S. Yudakov) boʻlib, bir nechta chet mamlakatlar teatrlarida quyilgan. "Yoriltosh" (S. Boboyev) birinchi oʻzbek bolalar O.sidir.

1970—80 yillari oʻzbek kompozitorlari O. janrini mavzu jihatidan boyitishdi. Shu davr ichida tarixiy — "Mangulik" (U. Musayev), "Fidoyilar" (S. Boboyev), zamonaviy — "Sadoqat" (R. Abdullayev), atoqli shaxslarga bagʻishlangan — "Sugʻd elining krploni" (I. Akbarov), "Zebunniso" (Sayfi Jalil), "Alisher Navoiy" (M. Burhonov), shuningdek, kamer O.lar — "Sohilda toʻqnashuv" (N. Zokirov), "Ona qalbi" (Hab. Rahimov) va boshqa O.lar sahnalashtirildi.


Mustaqillik davri oʻzbek O.larida janr talqini, mavzu va mazmun doirasi yanada kengaytirilib, boyitil-di: jahon mumtoz adabiyoti (N. Zoki-rovning Shekspir tragediyalari asosida yaratilgan "Hamlet" va "Makbet" O.-dilogiyasi), hozirgi zamon ijtimoiy muammolari (N. Zokirovning "Muxtoriyat" opera-farsi, O. Abdullayevaning "Vafo", F. YanovYanovskiyning "Orkestr" O.lari), tarixiy shaxslar siy-molari (M. Bafoyevning "Al-Fargʻoniy") va falsafiy mavzular (I. Ak-barovning "Ibtido xatosi" O.oratoriyasi) O. janrini keyingi rivojini belgiladi.

Mazmunni talqin qilishda asosiy urgʻu milliy hamda umumba-shariy maʼnaviy kadriyatlarni taran-num etishga, murakkab vaziyat va psixologik holatlarni chuqur ifoda etishga qaratildi. Bu davrda oʻzbek kompozitorlari O. asarlarida oʻzbek xalq musiqa merosi va milliy ijrochilik anʼanalarini zamonaviy ifoda va texnik vositalar bilan uzviy bogʻlashga ahamiyat berdilar.

Eʼtiboringiz uchun raxmat


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin