Mustaqil ta’lim



Yüklə 7 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü7 Kb.
#200328
MUSTAQIL TA’LIM . Sug\'urta ishi . Xamrayev F

MUSTAQIL TA’LIM

Mavzu:Auditorlarning kasbiy javobgarligini sug’urta qilish.

Bajardi : Xamrayev F

Tekshirdi:Do’stmurodova S


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filiali
2023

Reja :

  • 1. Majburiy sug’urta haqida tushuncha .
  • 2. Javobgarlik sug’urtasi va uning maqsadi.
  • 3. Kasbiy sug’urtaga

Majburiy sugʻurta - davlat su-gʻurtasi shakllaridan biri, qonun asosida belgilangan shartlarga binoan, davlat sugurta tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladi

Majburiv sug'urtaning iqtisodiy mohiyati shundaki

U sug'urtaning ma'lum bir turida qatnashgan barcha fuqarolardan tushgan mablag'lami jamlaydi va sug'urta hodisasi yuzaga kelganda ushbu hodisa tufayli jabr ko‘rganlaming zararlarini qoplaydi. Majburiy sug‘urta qilish mamlakatda ijtimoiy ishlab chiqarishni barqarorlashtirishni, biznesni va aholini turmush darajasini himoya qilish asosiy vositasi hisoblanadi. Majburiy sug'urtaning afzalliklaridan biri shundaki, unda sug‘urta qamrovi sezilarli darajada kengayadi.

Majburiy sug’urta turlari:


Ish beruvchining fuqorolik javobgarligining majburiy sug’urtasi
Transport vositasi egalarining fuqorolik javobgarligi
Tashuvchining fuqorolik javobgarligi
Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslar xayotiga , sog’ligiga , mol-mulkiga yoki atrofga zarar yetkazganlik uchun fuqorolik javobgarligi
Obyektlarni davlat mablag’lari va hukumat kafolati bilan kredit hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug’urta qilish

Bu qonunning joriy etilishidan asosiy maqsad ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish sohasidagi munosabatlami tartibga solishdan iboratdir. Keng ma’noda esa, mehnat faoliyati jarayonida jarohat olgan, kasb kasalligi yoki xizmat burchini bajarayotgan vaqtida salomatligiga zarar yctgan kishilaming ijtimoiy himoyasini ta’minlashdan iboratdir

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to‘g‘risida» gi 2009 yil 16 aprelda qabul qilingan 210- sonli qonuniga ko'ra, 2009 yil 16 oktvabrdan boshlab ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish qonun asosida kuchga kirdi.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalashning mohivati shundan iboratki, xodim o‘z mehnat vazifasini ado etishi bilan bog'liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogiig'ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sogdigiga yetkazilgan zaraming o'mini qoplash bo‘yicha ish beruvchi tomonidan o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilinishidir. Bunday munosabat ishchining (xodimning) ish beruvchi (tashkilot, korxona, zavod va h.k.) bilan tuzgan mehnat shartnomasi imzolaganidan so‘ng boshlanadi.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalashning asosiy maqsadi barcha mehnat faolivati bilan band bo'lgan ishchi va xodimlaming sogiig'ini, hayotini ijtimoiy himova qilishdir. «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida» gi qonunning maqsadi esa ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish sohasidagi munosabatlami tartibga solishdan iboratdir.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanib, bu sug'urta turi bilan sug‘urta tashkilotlari shug‘ullanishi uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:


avvalambor litsenziyaga ega bolishi kerak;
ustav fondining eng kam miqdori majburiy sug‘urta bo‘yicha shakllantirilgan bo‘lishi lozim;
mamlakatning barcha hududlarida sug'urta tashkilotining filiallari ta’sis etilgan boiishi kerak;
kelib tushgan da’volami joylarda ko‘rib chiqishi zarurdir.

Mohiyatan, majburiy sug‘urtaning bu turi mamlakat ish beruvchilari o'rtasidagi jabrlangan ish beruvchilar ko‘rgan zararlami qoplash uchun mo’ljallangan mablagiami qavta taqsimlash mexanizmi sifatida harakatga keladi. Bu mexanizm orqali jabrlangan xodimlar ko‘rgan zarami qonunda belgilangan sug'urta summasi doirasida qoplanishini kafolatlaydi vajabr ko‘rgan xodimga zarami qoplab berganda ham ish beruvchilaming moliyaviy barqarorligi saqlanib qolishini qo‘llab- quvvatlovchi real usul hisoblanadi

Sug‘urtaning ushbu turining majburiyligi birinchi navbatda mamlakatning barcha ish beruvchilarini qamrab olish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida sug‘urtaning ushbu turi bo‘yicha minimal sug‘urta tariflarini qoilashga imkoniyat yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1. Abduraxmonov I.X Sug’urta nazariyasi va amaliyoti . O’quv qo’llanma . – T.: Iqtisod-moliya, 2017.- 416 b
  • 2. Shennayev X.M , Ochilov I.K , Shirinov S.E , Kenjayev I.G’. Sug’urta ishi . O’quv qo’llanma . – T.: Iqtisodiyot-moliya 2014 -416 в
  • 3. Шихов А.К Страхование : организация, экономика. Учебное пособие. – 2-изд, перераб и доп, – М.: Инфра-M, 2014. – 368 б.
  • 4. Internet saytlari:
  • 4.1. www.gov.uz
  • 4.2. www.lex.uz
  • 4.3. www.stat.uz

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Yüklə 7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin