Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti 2-22 AP (Sirtqi) guruh talabasi Muxamadiyeva Zamiraning Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanidan “Biologik faol va dorivor moddalarning bola organizmiga ta’siri” mavzusida tayyorlagan slaydi
Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti 2-22 AP (Sirtqi) guruh talabasi Muxamadiyeva ZamiraningYosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanidan “Biologik faol va dorivor moddalarning bola organizmiga ta’siri” mavzusida tayyorlagan slaydi
Dorivor tirnoqgul — Salendula Officinalis L. astradoshlar — Asteraceae (murakkabguldoshlar — Compositae) oilasiga kiradi. Bir yillik, bo’yi 30—50 (ba’zan 60) sm ga yetadigan o’t o’simlik. Ildizi shoxlangan o’q ildiz. Poyasi qattiq, tik o’suvchi, asos qismidan boshlab shoxlangan, qirrali bo’lib, yuqori qismi bezli tuklar bilan qoplangan. Bargi oddiy, bandli, cho’ziq-teskari tuxumsimon, sertuk, poyada ketma-ket joylashgan. Dorivor tirnoqgul iyun oyidan boshlab, kech kuzgacha gullaydi, mevasi iyuldan boshlab yetiladi. Dorivor tirnoqgul mahsulotining dorivor preparatlari turli yaralar, kuyganni davolashda, stomatit, angina va boshqa tomoq og’rig’i kasalliklarida og’iz hamda tomoqni chayqash uchun ishlatiladi. Oddiy bo’ymodaron — Achillea Millefolium L. astradoshlar — Asteraceae (murakkabguldoshlar — Compositae) oilasiga kiradi. Ko’p yillik bo’yi 20—50 (ba’zan 80) sm ga yetadigan o‘t o’simlik. Ildizpoyasi shoxlangan bo’lib, yer ostki novda hosil qiladi. Bunday novdadan ildizoldi barglar va poyalar o’sib chiqadi. O’zbekistonning (Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg’ona va Surxondaryo viloyatlarining) tog’li tumanlarida keng tarqalgan bo’ymodaron turi — tubulg’ibarg bo’ymodaron to’liq o’rganildi. Bo’ymodaron o’simligini O’zbekiston Respublikasida tarqalgan barcha sug’oriladigan tuproqlarda (sho’r yerlardan tashqari) ekib o’stirish mumkin. Ayniqsa sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlarda ekilsa yaxshi o’sadi va rivojlanadi. Undan mo’l hosil yig’ib olish mumkin bo’ladi.
Bo’ymodaron o’simligini o’stirish texnologiyasi Dorivor gulxayri — Althaea Officinalis L.; Arman gulxayrisi — Althaea Armeniaca Ten. gulxayridoshlar — Malvaceae oilasiga kiradi. Gulxayri ko’p yillik, bo’yi 150—160 sm bo’ladigan o’t o‘simlik. Ildizpoyasi kalta, yo’g’on, ko’p boshli. O’q ildizi 50 sm uzunlikda bo’lib, yuqori qismi yog’ochlangan bo’ladi. Poyasi — bitta yoki bir nechta, tik o’suvchi, silindrsimon, kam shoxli, pastki qismi yog’ochlangan. Dorivor gulxayri o’simligining yer ustki qismidan ajratib olingan uglevodlar aralashmasidan “mukaltin” nomli dorivor preparat olinadi. “Mukaltin” preparatini balg’am ko’chiruvchi dori sifatida yuqori nafas yo’llari va o’pka yallig’lanishi kasalliklarida ishlatiladi. Dorivor gulxayri o’simligini o’stirish texnologiyasi Dorivor gulxayri ko’p yillik o’t o‘simlik bo’lib, bo’yi 3—4 yilda 2—2,5 m ga yetadigan, ildizpoyasi yo’g’on, ildizi qalin etli, 1—2 metr chuqurlikkacha yetadi. Ildizpoyasi va o’q ildizi birinchi yili oxirlaridayoq yog’ochga aylanadi Katta zubturum — Plantago Major L. zubturumdoshlar — Plantaginaceae oilasiga kiradi Zubturum ko’p yillik, kalta va yo’g’on ildizpoyali o’t o‘simlik. Ildizpoyasining yuqori tomonidan (yer ustida) uzun, qanotli bandli ildizoldi to’pbarglar, pastki tomonidan esa (yer ostida) juda ko‘p mayda ildizlar o’sib chiqqan bo’ladi. O’zbekiston Respublikasining barcha tuproq va iqlim sharoitida katta zubturum o’simligini ekib o’stirish mumkin. Uning yaxshi o‘sishi va rivojlanishida tuproqning mexanik tarkibi o‘rtacha, ariq suvlari yaqin va begona o’tlardan tozalangan yerlar ajratilishi lozim.