Muxiddin Karimberdiyev Nammti,,Ijtimoiy fanlar va sport” kafedrasi assissenti



Yüklə 39,75 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü39,75 Kb.
#210843
  1   2
2 maqola Farobiyning “Fozil odamlar” shahri asarida davlat boshqaruviga


Muxiddin Karimberdiyev NamMTI ,,Ijtimoiy fanlar va sport”
kafedrasi assissenti.
+99894 152 32 26
Farobiyning “Fozil odamlar” shahri asarida davlat boshqaruviga oid qarashlar evolyutsiyasi
Annatatsiya. Ushbu maqolada, Farobiyning davlatchilik, boshqaruviga oid nazariyalari berilgan.
Kalit so‘zlar. Davlat boshqaruvi, notiqlik, donolik, talim-tarbiya, adolatli jamiyat, harbiy san’at, barkamol, fozillar guruhi.
Oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixiga nazar solar ekanmiz, jamiyat hayotini tartibga solishda amal qilgan dastlabki siyosiy tizimlar oʻtroq, su’niy sugʻorma dehqonchilik va chorvachilik xoʻjaligi zamirida bronza asridayoq Amudaryo va Sirdaryo havzalarida vujudga kelganligiga guvoh bo`lishimiz mumkin. Oʻzbek xalqi davlatchiligi taraqqiyoti haqida gap ketar ekan, tarixchi olimlarimizning izlanishlari natijasiga ko`ra, salkam uch ming yillik tarixga ega tajribalar umumjahon tarixining ajralmas qismi boʻlib kelayotganini aytib o`tish o`rinlidir.
Bugungi kunda yurtimmiz tarixchilari, siyosatshunoslari oʻzbek davlatchiligi tarixiga va uning asoslariga katta etibor berib o‘z fikirlarini bildirib kelmoqdalar. Jumladan birinchi prezidentimmiz I.A.Karimov ham oʻzining “Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq” kitobida “Davlatchilik bugungi kunda oʻta siyosiy masala boʻlib turibdi. Oʻzbekistonda davlatchilik boʻlmagan, deb orqavarotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikirni ongimizga singdirmoqchi boʻlgan kuchlar hali bor. Shuning uchun ham oʻzbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu da’voning puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixni yaratishdir1”-deb takidlagan edi.
Davlat rahbarlarining ushbu fikrlaridan shunday gʻoyani fikrlab olsak boʻladiki, davlat davlatchilik taraqqiyoti avvalo davlat boshqaruvi tizim bilan uzviy bogʻliqdir. Ona zaminimizga esa oʻrta asrlarda jahon xalqlariga namuna boʻla oladigan davlat boshqaruvi sohasiga oid koʻplab shoh asarlar yaratildi.
Shu sababli mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev oʻz nutqlarida doimo xalqimiz boy madaniy merosini izchillik bilan o‘rganishga, undan yoshlar ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishda foydalanishga da’vat etib kelmoqdalar. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun ajdodlarimizning madaniy­­­­­­­­­-ma’naviy boyligini chuqur va har tomonlama oʻrganishimiz darkor2.
Jamiyatimizga har tomonlama barkamol, mustaqillik ma’naviyatiga ega bo’lgan insonlar zarur. Zero, “zaminimizda yashab oʻtgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini gʻurur bilan taʻkidlash lozim”3.
X-XIII asrlarda Somoniylar, Qoraxoniylar, Gʻaznaviylar, Saljuqiylar, Anushtegeniylar kabi mustaqil davlatlar paydo boʻldi. Davlatni boshqarishda, davlatchilik nazariy asoslari yillar mobaynida takomillashib bordi. Bu davrning oʻziga hos xususiyatlaridan biri yurtimizda buyuk qomusiy olimlarning yetishib chiqqanidadur. Allomalarimiz oʻz asarlarida davlatni boshqarishning asoslarini va siyosiy qarashlarini bayon etganlar. Jumladan Farobiyning davlat boshqaruviga oid qarashlarini, ideal jamiyat haqidagi oʻylari va bu haqdagi yozgan asarlari bilan tanishamiz.
Farobiy bu borada bir necha asarlar yozib qoldirgan. Uning “Fozil shahar axli qarashlari haqida kitob”, “Siyosat al-madaniya” (Shaharlar ustida siyosat yurgizish) va boshqa asarlari boʻlgan. Bularda Farobiy olijanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukumdorlar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bayon qilgan4.
Farobiy ilk oʻrta asr sharoitida aql va ilm tantanasi, ma’naviy ozodlik, inson takomili va adolatli jamiyat uchun kurashgan siymo edi. Shu oʻrinda Farobiyning ijtimoiy hayot, jamiyat, masalalaridagi muhim falsafiy qarashlari katta ahamiyatga egadir. U oʻzining “Fozil shahar odamlarining qarashlari” kitobida davlatni har tomonlama yetuk, oʻzida eng yaxshi insoniy fazilatlarni namoyon qilgan kishilar yordamida boshqarish zarurligini qayd etadi. Shuningdek, u har tomonlama yetuk, aholini ilmiy-ma’rifatga olib boruvchi ideal jamiyat haqidagi fikrni olgʻa suradi. Farobiy “Fozil shahar odamlarining qarashlari” kitobida davlatni boshqaruvchi hokim Ollohdan boshqa hech kimga boʻysunmasligi kerak, u tabiatan oʻn ikkita xislat fazilatni oʻzida mujassamlashtirgan boʻlishi zarur deydi. Shu bilan birga uning fikricha shahar hokimi bilimli, ma’rifatga havasli, taom yeyishda, ichkilikda oʻzini tiya biladigan, haq va haqiqatni sevadigan, yomonlardan jirkanadigan kishi boʻlishi lozim. Allomaning bu asaridagi dono fikrlari hozirgi mustaqillik sharoitida yashab, faoliyat koʻrsatayotgan shahar, tuman, viloyat rahbarlariga, olimlari, ziyolilari, talabalarga, kata-yu kichik barcha kishilariga bevosita taalluqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasini birinchi prezidenti I.A.Karimov “Fozil shahar odamlarining fikrlari” asariga yuqori baho berib shunday degan edi: “Masalan, Farobiyning oʻsha mashhur “Fozil odamlar shahri” asarini esga olaylik. Bundan ming yil muqaddam yaratilganiga qaramasdan, bugungi oʻquvchi ham bu asarni hozirgi murakkab muammolarini hal qilishda asqotadigan muhim fikr va yoʻl-yoʻriqlarini topa oladi”5.
Farobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida davlat rahbari qanday boʻlishi kerakligi, uning qanday hislatlarga ega boʻlishi kerakligi yoritilgan. U oʻz kitobida fozillar shahri rahbarlariga quyidagi talablarni qoʻyadi.
Bunday shahar hokimi boʻladigan odam (Allohdan boshqa) hech kimga boʻysunmasligi kerak. Fozillar shahrining birinchi boshligʻi shu shahar aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi boʻlib, u tabiatan oʻn ikkita xislat – fazilatni oʻzida birlashtirgan boʻlishi zarur. Fozillar shahri hokiimi avvalo toʻrt muchchali sogʻ-solim boʻlib, oʻziga yuklangan vazifalarni bajarilishida biror a’zosidagi nuqson halal bermasligi lozim, aksincha, u sogʻ salomatligi tufayli bu vazifalarni oson bajarishi lozim. Ikkinchidan, bunday shahar hokimi tabiatni nozik farosatli boʻlib, suhbatdoshini soʻzlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilgʻab olishi lozim, shu sohada umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur. Uchinchidan, u anglagan, koʻrgan, eshitgan, idrok etgan narsalarni xotirasida toʻla-toʻkis saqlab qolishi, barcha tavsilotlarni unutmasligi lozim. Toʻrtinchidan, u zehni oʻtkir, zukko boʻlib har qanday narsaning bilinar – bilinmas alomatlarini va u alomatlari nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur. Beshinchi, u fikrini ravon tushuntira olish maqsadida, chiroyli soʻzlar bilan ifodalay olishi zarur. Oltinchi, u (ustozlardan) taʻlim olishga, bilim, ma’rifatga havasli boʻlishi , oʻqish, oʻrganish jarayonida sira charchamaydigan, buning mashaqqatidan qochmaydigan boʻlishi kerak. Yettinchi, taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha oʻzini tiya oladigan boʻlishi, (qimor yoki boshqa) oʻyinlardan zavq, huzur olishdan uzoq boʻlishi zarur. Sakkizinchi, u haq va haqiqatni, odil va haqgoʻy odamlarni sevadigan, yolgʻonni va yolgʻonchilarni yomon koʻradigan boʻlishi zarur. Toʻqqizinchi, u oʻz qadrini biluvchi va nomus oriyatli odam boʻlishi, pastkashlardan yuqori turuvchi, tugʻma oliy himmatli boʻlishi, ulugʻ, oliy ishlarga intilishi zarur. Oʻninchi, bu dunyo mollariga, dinor va dirhamalarga qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvimaydigan) boʻlishi zarur. Oʻn birinchi, tabiatan adolatparvar boʻlib, odil odamlarni sevadigan, istebdod va jabr-zulumni, mustabid va zolimlarni yomon koʻruvchi, oʻz odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani haqiqatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va oʻzi suygan goʻzallikni ravo koʻruvchi boʻlishi zarur. Oʻz haq ish oldida oʻjarlik qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz boʻlishi zarur. Oʻn ikkinchi, oʻzi zarur deb hisoblagan chora – tadbirlarni amalga oshirishda qatʻiyatli, sabotli, jurʻatli, jasur boʻlishi, qoʻrqoqlik va hadiksirashlarga yoʻl qoʻymasligi zarur6.
Mana shu barcha xislatlarnihg bir odamda jamlanishi amri mahol, zero bunday tugʻma fazilatlar sohibi boʻlgan odamlar juda kam uchraydi va ular nodir insonlardir. Mobodo, fozillar shahrida shunday barkamol insonlar topilib qolsa, unda yuqoridagi fazilatlardan oltitiasi, yoki beshtasi kamol topganda ham, u aql va zakovatda benazirligi tufayli fozillar shahriga rahbarlik qila oladi.
Fozil shaharlarning rahbarlari davlat boshqaruviga oid Farobiy bergan fikirlarni bugungi kunda Oʻzbekistonnning davlat boshqaruvida ham yaqqol koʻrishimmiz mumkin. Jumladan Birinchi prezidentimiz Islom Karimovdan soʻng hokimyatga kelgan Sh.Mirziyoyev Miromonovich uning ishlarini davom ettirib, xalqning yashash sharoitini yaxshilab adolatli davlat boshqaruvini olib bormoqda.
­Avvalgi imom oʻrniga kelgan keyingi rahbarda ham yuqorida aytilgan xislatlar – fazilatlar yoshlikdan shakillangan boʻlishi zarur. Ana shunda bu keyingi imomda yana oltita fazilat hosil qilinishi zarur:
Birinchi ­­– donishmandlik.
Ikkinchi – avvalgi imomlar oʻrnatgan qonunlar va tartiblarni xotirada yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilishi uchun quvvai hofizaga ega boʻlishi.
Uchinchi – agar avvalgi imomlar davrida biror (yoki bir qancha) sohaga taaluqli qonun qolmagan boʻlsa, bunday qonuni oʻylab topishi uchun ijod, ixtiro qilishi quvvatiga ega boʻlish.
Toʻrtinchi – hozirgi haqiqiy ahvolni tez payqab olishi va kelgusida yuz beradigan, avvalgi imomlar koʻzda tutmagan voqealarni oldinda koʻra bilishi uchun bashoratgoʻylik xislatiga ega boʻlish. Bu xislat unga xalq farovonligini yaxshilashda kerak boʻladi.
Beshinchi – avvalgi imomlar oʻrnatgan qonunlarga, shuningdek, avvalgilardan ibrat olib, oʻzi toʻqib chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi uchun qizgʻin soʻzlash – notiqlik xislatiga ega boʻlishi.
Oltinchi – zarur hollarda harb ishlariga mohirlik bilan rahbarli qilish uchun yetarli jismoniy quvvatga ega boʻlish; ham jang qilishni, ham sarkarda sifatida jangu-jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy sanʻatni yaxshi bilish.
 Mobodo, shu xislatlarning barchasini oʻzida jamlagan bir odam topilmasa, lekin ikki kishi birgalashib, shu hislatlarga ega boʻlishsa (yaʻni biri – donishmand, ikkinchisi – qolgan xislatlar sohibi boʻlsa) shu ikkovini fozillar shahriga rahbarlikka qoʻyish zarur. Mobodo, bir guruh odamlar birgalikda ana shu xislatlarga ega boʻlishsa (yaʻni – birida bu , ikkinchisida u, uchinchisida boshqa hislatlar boʻlsa) ana shu fozillar guruhini yurt rahbarligiga qoʻyish zarur. Shu guruh aʻzolari birgalashib, oʻzaro kelishib harakat qilishsa har biri fozil hokim boʻlishi mumkin. Mobodo biror zamonda fozillar shaharda hokimlik qilayotgan bir yoki bir necha kishida boshqa zarur xislatlar boʻlsayu, ammo, donishmandlik boʻlmasa, fozillar shahri yaxshi hokimsiz qoladi, bunday shahar halokatga yuz tutadi7.
Farobiy takidlagan yuqoridagi olti fazilatli insonlarning oʻrniga bugungi kunda Oʻzbekistonda davlat boshqaruvda, qonunlarning yaratilishida, muhim qarorlarning qabul qilinishida Oliy Majlisning oʻrni katta boʻlmoqda. Unda xalq nomidan qonunlarni yaratilishida, qabul qilinishida, xalq saylagan yuksak saviyali vakillari ya’ni deputatlari va senatorlari ish koʻradilar. Bugungi kunda bu haqida konstitutsiyamizning 10-moddasida shunday deyilgan “Oʻzbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Oʻzbekiston Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin. Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs Oʻzbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas.8
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida Farobiy ta’kidlagan tizim mavjuddir. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasini Konstitutsiyasining 112-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmazsiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida qonunga to‘liq muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladi.9”,- deb takidlab qoʻyilgan.
Davlat boshqaruvida adolatli jamiyat yaratishda, bilimli, talim-tarbiyasi yetarli, yuksak manaviyatli kadrlarni tarbiyalashda talim tizimini oʻrni kattadir. Forobiy o‘z ishlarida ta’lim – tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo‘lsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o‘z o‘rni va xususiyati bor ekanligini alohida ta’kidlaydi.
Xulosa oʻrnida shuni takidlash lozimki Forobiy ta’lim – tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk kadrlarni tarbiyalashdan iborat deb biladi.

Yüklə 39,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin