Ma’muriy huquq fanidan kazuslar kazus 1



Yüklə 395,94 Kb.
səhifə1/5
tarix05.05.2023
ölçüsü395,94 Kb.
#108413
  1   2   3   4   5
Казуслар.Маъмурий (2) (2) (2)


Ma’muriy huquq fanidan kazuslar
KAZUS 1


1.Urug‘chilik instituti ilmiy xodimi fuqaro A.Umidov o‘z tadqiqotlari natijasida o‘simlikni suvsizlikka chidaydigan yangi navini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Fuqaro A.Umidov ushbu ixtiro(selektsiya yutug‘i)ga patent olish maqsadida barcha hujjatlarni Intelektual mulk agentligiga taqdim qildi. Agentlik A.Umidovga patent olish uchun avval Qishloq xo‘jaligi vazirligining xulosasini olishi lozimligini aytdi.

Mazkur holatga huquqiy baho bering.


KAZUS 2
2.Xitoy fuqarosi Li Van O‘zbekiston Respublikasiga o‘n kunlik xizmat safariga kelib, Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi turar joylardan birini ijaraga olib yashay boshladi. Li Van o‘zi istiqomat qilayotgan turar joyning uchastka noziri V.Karimovga uchrashib, unga o‘zini tanishtirib, undan vaqtinchalik ro‘yxatga olinishi kerak yoki kerak emasligi to‘g‘risida so‘radi. Bunga javoban uchastka noziri V.Karimov Li Vanni ro‘yxatga olish zarur emasligini va bu haqida muayyan bir hujjat yo‘qligini aytdi.

Mazkur holatga huquqiy baho bering.

KAZUS 3
3.Navoiy viloyati hokimi tomonidan viloyat hududini obodonlashtirish maqsadida viloyat hududidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarga ma’lum belgilangan hudud ajratib berildi va ushbu hudud infratuzilmasini rivojlantirish va ko‘kalamzorlashtirishni o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirishlari to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Ammo Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zona ma’muriyati viloyat hokimi qarori ular uchun majburiy xarakterga ega emasligini va u erkin industrial-iqtisodiy zonalar bo‘yicha respublika ma’muriy kengashi orqali faoliyatini amalga oshirishini hamda erkin industrial-iqtisodiy zonalarga berilgan imtiyozlarni vaj qilib, qaror ijrosini amalga oshirmasligini ma’lum qildi.
Mazkur holatga huquqiy baho bering.


Yüklə 395,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin