Namangan muhandislik-pеdagogika instituti



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə1/9
tarix20.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#55822
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
2 5397694329567319180

Namangan muhandislik-qurilish instituti


Oliy matеmatika kafеdrasi

TMJ yo’nalishi (SIRTQI)

talabalari uchun

Oliy matеmatika
fanidan II sеmеstrdagi o`zlashtirish

darajasini aniqlash uchun bеriladigan

mustaqil ishi va topshiriqlar to`plami

Namangan - 2022

Oliy matеmatika kafеdrasi yig`ilishida ko`rib chiqilib, chop etishga ruxsat etilgan

Yig`ilish bayoni № 2022 y
Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy-mеtodik kеngashida ko`rib chiqilib, chop etishga tavsiya etilgan

Majlis bayoni № 2022 y


Tuzuvchi: B.Irgashev
Taqrizchi: A.Jurayev

Fan tavsifi

Iqtisodiy va texnikaviy ko’rsatgichlar, ular ustida olib borilayotgan kuzatuv natijalarini bir tizimda shakllantirish, ularga ta’sir etuvchi omillarning o’zaro bog’liqligini aniqlashda zamonaviy matematik usullar va modellardan foydalanishning o’rni beqiyosdir. Shuning uchun ham, zamonaviy kadrlar tayyorlash borasida mamlakatimizning OO’Y dagi o’quv jarayonini tashkil etishda amaliy ahamiyatga ega bo’lgan oliy matematika faniga alohida ehtibor berilmoqda.

Ushbu dastur respublikamizmizning texnik OO’Y dagi yuqorida ko’rsatilgan ta’lim yo’nalishlari bo’yicha ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun mo’ljallangan bo’lib, u tabiiy jarayonlarga matematikani tadbiq qiluvchi ilmiy izlanuvchilar uchun ham foydalidir.

Fanni o’qitishdan maqsad:



  • talabalarning intelektini rivojlantirish, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini shakllantirish;

  • talabalarga mustahkam fundamental bilim berish, olgan bilimlarini zamonaviy amaliy masalalarini yechishga tadbiq qilishga o’rgatish;

  • tajriba o’tkazish yo’li bilan olingan natijalarning, turli tabiiy jarayonlarning matematik modellarini tuzishga va ularni tahlil qilishga, qilingan tahlillar asosida to’g’ri hulosalar chiqarish orqali maqbul yechimlar qabul qilishga o’rgatish;

  • talabalarda oliy matematika fani bo’yicha DTS talablariga to’liq mos keladigan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.

Fanning vazifasi - turdosh va mutaxassislik kafedralari bilan kelishilgan holda dastur asosida tuzilgan ishchi o’quv hujjatlari yordamida talabalarga (ularni bilim saviyasini inobatga olgan holda) matematik uslublarning mohiyatini va ularning zamonaviy kompyuter dasturlaridagi ishtiroklarini to’liq va ommabop tarzda tushuntirishdan iborat.
Fanning maqsadi

Talabalarda matematik tafakkurni rivojlantirishdan, ishlab chiqarish jarayoni, jumladan qurilishga oid tatqiqotlarining nazariy va amaliy masalalarini yechish bo’yicha yetarli matematik bilimga ega bo’lish, ulardan foydalana olish va ularni qo’llay bilish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.




Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin