Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tuman Xalq ta’limiga qarashli



Yüklə 451,5 Kb.
tarix22.10.2023
ölçüsü451,5 Kb.
#159511
2 sinf ona tili va o\'qish savodhonligi 24-5 chi dars



Namangan viloyati
Yangiqo`rg`on tuman Xalq ta’limiga qarashli
38-umumiy o’rta ta’lim maktabining Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Ismatova Azizaning
2-sinf uchun ona tili va o’qish savodxonligi fanidan “Har bir san’at mo’jiza
deb nomlangan bir soatlik dars ishlanmasi


SAN’AT VA MADANIYAT
Har bir san’at – mo‘jiza
KIRISH
Darsning maqsadi: Badiiy matn o‘qib tushunish
ko‘nikmasini rivojlantrish.
Og‘zaki nutq 7 daqiqa
NIMA DEB O‘YLAYSIZ, DURADGORLIK VA
O‘YMAKORLIK SAN’ATI BIR-BIRIGA QANCHALIK
YAQIN?
M: Quyidagi savollar asosida o‘quvchilardan biri bilan
dialog tashkil qiling.
– Nima deb o‘ylaysiz, duradgorlik va o‘ymakorlik san’at
bir-biriga qanchalik yaqin?
– Duradgor eshik, darvoza, zina yasaydi, o‘ymakor esa
uni nafs naqshlar bilan bezaydi.
M: O‘quvchilarga sheriklari bilan namunadagidek dialog
tuzishini aytng. Mavzuga oid qo‘shimcha savollar
bering.
1. Siz ham duradgorlik va naqsh o‘ymakorlik ishlaridan
foydalanasizmi?
2. Uyingizda duradgor va naqqoshlar yasagan qanday
buyumlar bor?
Shu so‘zlarni bilasizmi? 5 daqiqa
1) charx 2) azim 3) go‘dak
M: So‘zlarni o‘quvchilar bilan birgalikda o‘qing va
ularning ma’nosini so‘rang. Misollar, ma’nodosh so‘zlar
bilan tushuntring:
1) charx – har xil asbob qurilmalarining aylanadigan
qismi, parragi
2) azim – ulug‘, buyuk, kata
3) go‘dak – chaqaloq
O‘qiymiz – o‘rganamiz 10 daqiqa
SAN’AT – MEHNAT MO‘JIZASI
M: Sarlavhani o‘qing. Rasmda nima tasvirlanganini
so‘rang. Sarlavha nomi va rasmga qarab matnni taxmin
qilishlarini aytng.
Matnni ovoz chiqarmay o‘qib, undagi yangi so‘zlarning
ishlatlishiga e’tbor berishlari, voqealar rivoji va
qahramonlarini eslab qolishlarini aytng.
Mana, endi ayting-chi... 13 daqiqa
M: “San’at – mehnat mo‘jizasi” matni yuzasidan
savol-javob uyushtring. O‘quvchilar savollarga javob
ar bir san’at – mo‘jiza
24-hafta
5-dars
Shu so‘zlarni bilasizmi?
1)
charx 2) azim 3) go‘dak
O‘qiymiz-o‘rganamiz
SAN’AT – MO‘JIZA
Kulolning ishxonasiga,
Borganmisiz bolalar?
Loydan bo‘lgan mo‘jizani,
Ko‘rganmisiz bolalar?
Har qanday tuproqdan ham,
Yasalmas sopol idish.
Go‘zal buyum yasash uchun,
Tuproq tanlash muhim ish.
Tuproqdan loy tayyorlab,
Ishlov berib borilar.
Me‘yoriga yetguncha loy,
Qayta – qayta qorilar.
So‘ngra charxni aylantirib,
Qolip bo‘ladi paydo.
Shu qoliplar mo‘jizakor,
Idish bo‘lar marhabo.
Bu idishni tandirda,
Saqlashadi necha kun.
Cho‘g‘ ichida turar idish,
Yetti kecha, yetti tun.
So‘ngra unga bo‘yoq tanlab,
Naqsh chizib olinar.
Unga bahor gullari yo,
Anor rasmi solinar.
Choynak, piyola, lagan,
Ko‘zaning ming xili bor.
Bunday go‘zal buyumlarga
Dunyo bo‘lar xaridor.
Kulol tomondan har gal,
Mavzu tanlab olinar.
Daholarning siymosi,
Laganlarga solingan.
Har bir lagan - bir asar,
Takrorlanmas san‘ati.
Har qandayin tuproq ham,
Bo‘lmas kulolga ashyo.
Bizning aziz ona yer,
Har qarichi zar, tillo.
Kulolga ilhom bergan,
Vatan tabarruk, azim.
Mo‘jizalar makoni,
Ona tuproqqa ta‘zim.
Zulfiya Mo‘minova

topayotganida, qaysi javoblarni matndan, qaysilarini
kuzatshlaridan kelib chiqib topayotganini so‘rang.
1. Kulol go‘zal narsalar yasash uchun nimalar qilar
ekan?
2. Kulolning ish qurollariga nimalar kirar ekan?
3. Kulol qanday buyumlar tayyorlar ekan?
4. Sizningcha, kulol mehnat nega qadrli?
5. Sizga ham imkoniyat berilsa, kulolchilikni o‘rgangan
bo‘larmidingiz? Nima uchun?
Buni uddalaysiz! 5 daqiqa
M: O‘quvchilarga “San’at – mehnat mo‘jizasi” matni
asosida o‘z tajribalaridan kelib chiqib, kulol va duradgor
yasaydigan narsalarga 5 tadan namuna yozib kelishini
aytng. Yordam sifatda quyidagi namunani o‘qib bering.
Namuna: kulol – lagan, duradgor esa eshik, rom
yasaydi.
Buni uddalaysiz!
“San’at – mo‘jiza” she’rida keltirilgan ma’lumotlar va o’z
bilimingizdan foydalanib kulol va duradgor yasaydigan narsalarga 5
tadan namuna yozing.
Yüklə 451,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin