Naslli va ta’mirlash guruhidagi yosh baliqlarni



Yüklə 0,78 Mb.
tarix12.04.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#55246
Narzullayev Behzod,Bonitirovka


Namangan davlat universiteti Biotexnologiya fakulteti Zooinjeneriya yo'nalishi 301-guruh talabasi Narzullayev Behzodning naslchilik ishi fanidan "Bonitirovka"mavzusida tayyorlagan taqdimoti

Naslli va ta’mirlash guruhidagi yosh baliqlarni

hisobga olish va baholash

Naslchilik ishini yuqori saviyada olib borish nasl va ta’mirlash

guruhidagi baliqlarni har yili bonitirovka qilish bilan uzviy bog‘liq.

Bonitirovka nasl fondini va undagi o‘zgarishlarni nazorat qilishning

eng muhim tadbiri hisoblanadi.

Naslli baliqlar va katta yoshdagi ta’mirlash guruhidagi baliqlarning sifati baholash (bonitirovka) belgilarining jamlamasi

bo‘yicha alohida (individual) o‘tkaziladi, bunda baliqlar yoshi,

jinsi, tangachali qoplami, individual o‘lchash va tortish (vazni,

uzunligi, tananing uzunligi va balandligi), kichik yoshli ta’mirlash

guruhidagi baliqlarning individual ko‘rsatkichlari tanlanmasdan

olingan (30—50 bosh) baliqlarning o‘lchamiga qarab aniqlanadi.

Baholash natijalariga qarab ular sinflarga ajratiladi. Òurli nasllarga ajratilgan baliqlar har xil hovuzlarga joylashtiriladi.

Birinchi sinfga eng yuqori mahsuldor yoshdagi (6—11 sm yosh

ona baliqlar uchun va 5—10 sm erkak baliqlar uchun), yaxshi

semizlikdagi, yuqori umumiy baho olgan, jinsiy yetilganligi yaxshi

ifodalangan baliqlar kiradi. Bunday baliqlar chavoq olish

mavsumida birinchi navbatda ishlatiladi. Ikkinchi sinfga birinchi

marta uvuldiriqlagan, ta’mirlash guruhidan o‘tkazilgan naslli

baliqlar, uchinchi sinfga — u yoki bu sababga ko‘ra almashinishi

lozim bo‘lgan naslli baliqlar (eksteryeri yomon, jinsiy belgilari

ifodalanmagan va qari baliqlar) kiradi

Bonitirovka natijalarini jamlashda zog‘orabaliq quyidagi eksteryer ko‘rsatkichlari hisoblanadi:

1) semizlik koeffitsiyenti

3

· 100;



K P

L



bu yerda: P — baliqning og‘irligi; L — boshidan tangachali qoplamning oxirigacha bo‘lgan tana uzunligi;

2) tana balandligi indeksi L ;

H

bu yerda: H — baliqning eng yuqori balandligi;



3) baliq tanasining qalinligi B · 100;

bu yerda: B — baliqning qalinligi

Bonitirovka usullari. Bonitirovka baliqlarni erta bahorda qishlagan hovuzlardagi baliqni tutish davrida o‘tkaziladi. Naslli baliqlarni tortish uchun turli xil moslamalar qo‘llaniladi. Ko‘p hollarda

metall yoki yog‘och karkaslarga berkitilgan brezentli zambil —

kajavalardan foydalaniladi. Naslli va katta yoshdagi ta’mirlovchi

baliqlar — 50 g, ikki va uch yoshli baliqlar 10 g aniqlikda o‘lchanadi. Baliqlar o‘lchov taxtalarida o‘lchanadi. O‘lchov taxtalarining o‘lchamlari katta baliqlarning ham o‘lchanishini ta’minlashi lozim (80 m uzunlik, 25 sm eni va 20 sm balandligi)

Naslli baliqlarning yoshi seriyali belgilar yordamida aniqlanadi, agar baliqlar galasi belgilangan bo‘lsa, naslli baliqlar yoshi

tangalaridagi yillik halqalar soniga qarab aniqlanadi. Buning uchun

yelka suzgichlarining pastidan 1—2 tangacha olinadi va nashatir

spirtining kuchsiz eritmasidan yuvilib, ikkita oyna oralig‘iga qisilib,

lupa yordamida yillik halqalar ko‘riladi. Halqalar soni baliqlar

yoshiga to‘g‘ri keladi. Sog‘liq holati vizual usulda aniqlanadi.

Baliqlarni bonitirovka qilishda uning urg‘ochi va erkakligini

bilish uchun bahorgi bonitirovka vaqtida zog‘orabaliq urg‘ochisining qorni yaxshi ko‘rinib turadi. Do‘ngpeshana va amur

baliqlarining barcha yetuk erkaklarida ko‘zga tashlanadigan belgisi ko‘krak suzgichlarining birinchi yonidagi ketiklaridir. Urg‘ochilarida esa bu yoy silliq bo‘ladi. Urg‘ochi baliqlar uvuldiriq qo‘yishga tayyor ekanligini qornidan ham bilish mumkin.

Shuningdek, suzgich qanotlarining joylanishiga hamda orqa suzgich qanotlarining dum tarafiga qarab bilish mumkin.

Saralab olingan nasl beruvchi baliqlar uvuldiriq qo‘yishdan

oldin boqish uchun hovuzlarga quyiladi. Odatda, bu yaxshi

tekislangan, maydoni 0,5—2 ga o‘lchamli va chuqurligi 1,5—2 m

bo‘lgan, baliqlarni ovlash va transport yaqin kelishi uchun qulay

imkoniyatlar yaratilgan hovuzlardir. Baliqlar bu hovuzlarda

200—300 ekz/ga zichlikda uvuldiriq qo‘yishga qadar boqiladi.

Inkubatsiya kampaniyasi mobaynida hovuzlardan baliqlarning

kerakli soni ovlab olinadi. Zog‘orabaliqning urg‘ochilari boqilayotgan bunday hovuzlarga «yovvoyi» mayda sazan baliqchalari

yoki tovar to‘dasidagi zog‘orabaliqlar tushib qolishiga yo‘l

qo‘ymaslik kerak, chunki ular hovuzda rejalashtirilmagan uvuldiriq tashlanishiga sababchi bo‘lishlari mumkin.



E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin