Международный
научный
журнал
№
8
(100),
часть
1
«
Научный
импульс
»
Март
, 202
3
861
PSIXOSOMATIK KASALLIKLARIDA QOʻLLANILADIGAN PSIXOPROFILLAKTIK USULLAR
Sharapova Dildora Baxtiyarovna
TTA "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi oʻqituvchisi
Olimjonova Ziynat
TTA "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi oʻqituvchisi
Boysariyeva Marjona Ravshan qizi
TTA "Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi" fakulteti 2- kurs talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolamizda kasalliklarning psixosomatik hususiyati,
ularning
kelib chiqishi hamda kasalliklarni oldini olish bo’yicha qoʻllaniladigan psixoprofillaktik
usullarni koʻrib chiqamiz.
Ilm-fanda psixologik holatning inson tanasiga ta'sirini o‘rganuvchi alohida yo‘nalish
ham bor. U psixosomatika deb ataladi.Psixosomatika bu psixosomatik tibbiyot - tibbiy
psixologiyadagi psixologik omillarning somatik (tana) kasalliklarining paydo bo'lishi,
kechishi, natijalariga ta'sirini o'rganadigan yo'nalish; psixosomatik
muammoni intizomiy
tadqiqotlar sohasi – psixika va tananing o'zaro ta'sirini o'rganishga qaratilgan tadqiqotlar
hisoblanadi.
Psixogen omillar ta'sirida yuzaga keladigan somatik kasalliklar "psixosomatik
kasalliklar" deb ataladi, somatik kasalliklarning psixikaga ta'siri ham o'rganilmoqda.
Psixosomatik kasalliklar ostida dalillarga asoslangan tibbiyot
mutaxassislari fonida paydo
bo'lgan yoki kuchaygan kasalliklarni anglatadi
Psixosomatik tibbiyot vakillarining fikriga ko'ra, XXI asrda kasalliklarning taxminan
yarmi psixogen xarakterga ega. Ruhiy omillar nafaqat ayrim kasalliklarni qo'zg'atadi, balki
ko'plab kasalliklarning kechishiga ham ta'sir qiladi va keltirib chiqaradi ham. Psixosomatika
hatto eng og‘ir kasalliklarni ham psixologik holat bilan izohlaydi
va ularni psixologik
muammolarni hal qilish bilan davolashni taklif qiladi. Bunday davolash muolajalari o‘z-
o‘zidan bezarar (hatto ba'zan foydali ham), biroq an'anaviy tibbiyot usullaridan voz
kechilganda u katta muammolar bilan xavf soladi. Masalan, psixosomatika bo‘yicha kitoblar
mualliflari mastopatiyani "azoblanayotgan kishiga yordam berish istagi" sifatida
izohlashadi. Aslida esa kasallik gormonlar muvozanatining
buzilishi natijasida paydo
bo‘ladi. Agar uni faqat xalq tabobati bilan davolansa, u ko‘krak bezi saratoniga aylanishi
mumkin.
Psixosomatik kasalliklar haqiqatda mavjud. Shifokorlar psixik og‘irlik
qandli diabet,
bronxial astma va yana qator kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin, deb hisoblashadi. Ular
davolash
muolajalari
bilan
bir
qatorda
psixoterapiya,
trankvilizatorlar
va
antidepressantlarni tavsiya qilishadi.Odam o‘ziga o‘zi kasallikni "to‘qib chiqarsa" ham, bu
psixosomatikaga taalluqli bo‘ladi. Ba'zan bu haqiqiy kasallikka olib keladi. Nevropatolog
Syuzan O’Sallivan o‘zining kitobida bir bemor boshida shishni aniqlab, bu saraton ekanligiga