L. Ilmiy muammo va muammoni qo'yish. Muammoni kengaytirish va materiallarni o'rganish



Yüklə 206,83 Kb.
səhifə1/6
tarix17.04.2023
ölçüsü206,83 Kb.
#99301
  1   2   3   4   5   6
Kuzatishlar va noaniqliklar sharoitida mantiqiy yondashuvlar. Gipotezani shakllantirish vositalari.


Mavzu: Kuzatishlar va noaniqliklar sharoitida mantiqiy yondashuvlar. Gipotezani shakllantirish vositalari.
Reja:
l.Ilmiy muammo va muammoni qo'yish.
2.Muammoni kengaytirish va materiallarni o'rganish.
3.Ishchi gipoteza
4.Ilmit tadqiqotlar olib borishning asosiy usullari.
Ilmiy muammo - hal qilinishi talab etilayotgan nazariy va amaliy masala bo'lib, usiz ilmiy tadqiqot ishlarini bajarib bo'lmaydi.
Texnika yo'nalishida ilmiy muammolar, ishlab chiqarish texnik vositalari va jarayonlarini u yoki bu jihatdan ma'lum talablarga javob bermayotganidan energiya va boshqa resurslarni sarflarining yuqoriligi tufayli yuzaga keladigan va yechimi jamiyat taraqqiyotida zarur bo'lgan masalalardan iboratdir. Ilmiy muammolar fanda oldingi erishilgan natijalar orasidan o'sib chiqadi.
Ilmiy muammoni qo'yish - muammoni izlash, muammoni qo'yish va rivojlantirish (kengaytirish) bosqichlarini o'z ichiga oladi.
Muammoni izlash - ilmiy muammoni yuzaga kelishi ijtimoiy, iqtisodiy va texnik asoslar bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Ijtimoiy asosga ega bo'lgan energetik muammo sifatida ekologik toza energiya ishlab chiqarish, muhitni ifloslantirmaydigan ichki yonuv dvigatelini yaratish bilan bog'liq muammoni misol qilib
Ilmiy muammolarni izlash va shakllantirishda ularni yechish uchun o'ylab qo'yilgan tadqiqotlardan kutilayotgan natijalarni amaliyot ehtiyojlari (talablari) bilan o'zaro munosabati quyidagi uchta prinsipga mos kelishi muhimdir:
- belgilab olingan yo'nalishda, ushbu muammoni yechimisiz texnikani kelajakda rivojlanish imkoni bormi?
- ko'zda tutilgan tadqiqotlar natijasi texnika sohasiga aniq nima beradi?
- belgilangan ilmiy muammo bo'yicha olib boriladigan tadqiqotlar
natijasida olinishi ko'zda tutilayotgan bilimlar yangi qonuniyatlar, yangi usul, texnologiya va texnik qurilmalar bugungi kundagi fan va texnikadagi mavjudlariga qaraganda (nisbatan)
katta amaliy ahamiyatga egami?

Yüklə 206,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin