O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI SHAHRISABZ FILIALI
’’OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI VA SANOAT UZUMCHILIGI’’ FAKULTETI
3-KURS 12-21 GURUH TALABASI
YUSUPOV HAYITBOYNING KOLLOID KIMYO FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
SHAHRISABZ - 2023
MAVZU: MODDALARNING QOVUSHQOQLIGI
KIRISH ASOSIY QISM I. BOB. MODDALARNING QOVUSHQOQLIGI
I.1. Qovushqoqlik.Turlari va xosalalari………………………………………...6
I.2. Quvushqoqlikni aniqlash usulari …………….………………………….10
II. BOB. II.1. Suyuqliklarda qovushqoqlik turlari va xosalalari…………..……………………………………………………………..11
II.2. Polimer eritmalarining qovushqoqligi.………………………………….14
XULOSA…………………………………………………………………………17 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..18
KIRISH
Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida ishlab chiqarish kо‗lamining о‗sishi va
yangi texnologiyalarning paydo bо‗lishi fundamental va kimyoviy fanlarni,
jumladan, ―Kolloid kimyo‖ fanidan chuqur bilimga ega bо‗lgan yuqori malakali
mutaxassislar tayyorlashni talab qiladi.
Kolloid kimyo zamonaviy texnologiyalar asosida qurilish va konstruksion
materiallarni (beton qotishma, keramika, shisha, rezina, plastika, surkov moy va
boshqalar) ishlab chiqarishda ham katta о‗rin tutadi.
О’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan buyon о‗tgan davr
mobaynida kimyo, oziq-ovqat, qurilish materiallari hamda boshqa turdosh sanoat
korxonalari zamon talablaridan kelib chiqqan holda takomillashib bormoqda. Bu
esa ilm-fanni rivojlantirishni, nazariy va amaliy bilimlarni kengaytirishni, olingan
natijalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni taqozo etadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kо‗rsatilgandek, bunday masalalarni
chuqur bilimli, yetuk, yuqori malakali yosh avlod amalga oshiradi. О‗zbekiston
Respublikasining ―Ta‘lim tо‗g‗risidagi qonun‖ va ―Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi‖dan kelib chiqqan holda о‗qish sifatini yangi bosqichga kо‗tarishda
zamonaviy о‗quv adabiyotlar va darsliklar zarur bо‗ladi.
Ushbu «Kolloid kimyo» nomli oʻquv qoʻllanma mualliflari tomonidan ba‘zi
bir mavzularni bayon qilishda iloji boricha uskunalarni chizmalarini sodda va
tushunarli boʻlishiga, nazariy qonuniyatlar va hodisalarni tushuntirishda kimyo va
oziq-ovqat sohalaridan misollar keltirishga harakat qilindi. Aksariyat hollarda
yoritilayotgan mavzu yoki jarayonlarning mexanizmini ochishga, texnologik va
tahliliy jarayonlarning turli sohalarida ularning amaliy ahamiyati va qoʻllanilishini
koʻrsatishga harakat qilindi. Shuningdek, mazkur oʻquv qoʻllanmada yuqori
molekulyar birikmalar kimyosiga va nanotexnologiya hamda nanokimyoga oid
nazariy ma‘lumotlarga ham ahamiyat berildi (ayniqsa, hozirgi vaqtda
mikrogeterogen sistemalar yoki nanotexnologiya), chunki har qanday (kimyoviy
va texnologik) jarayonni yuqori molekulyar birikmalar kimyosi yordamisiz tahlil
qilish mushkul.
Har bir mavzuga oid qisqacha atamalar mavzu soʻnggida berildi. Har qaysi
bob oxirida esa talabalarning olgan bilimlari mustahkamligini oʻzlari nazorat
qilishlari hamda nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun shu bobga tegishli
savollar berildi, shuningdek, talabaning oʻzlashtirish tartibiga rioya qilingan holda
har bir mavzu paragraflarda keltirildi.
Albatta ushbu oʻquv qoʻllanma oliy oʻquv yurtlarining kimyo yoʻnalishi
talabalari bilan bir qatorda, oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari boʻyicha)
hamda biotexnologiya (oziq-ovqat,kimyo va qishloq xoʻjaligi) yoʻnalishlari,
shuningdek, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash
texnologiyasi kabi turdosh yoʻnalish talabalarining ham kolloid kimyoni
oʻrganishlaridagi koʻmakdoshi boʻla oladi degan umiddamiz