Biznes Statistika Abbos Nbixo‘jayev 6 Fevral 2023 - Yil
REJA:
Nima uchun aynan statisti
Statistika nima
Statistik tahlilning to‘rtta asosiy bosqichi.
Ehtimollik nima
Muvaffaqiyatli biznes yuritish uchun statistikani bilish haqiqatan ham zarurmi? Bugungi kunda ushbu savol ushbu fanni tanlashning asosiy sababi bo‘lib kelmoqda. Chunki siz aynan statistikani o‘rganish orqali ma’lumotlar bilan ishlashda ko‘proq malakaga ega bo‘lasiz va noaniq vaziyatlarda o‘zingizni ancha ishonchli his qilasiz.
Ma’lumotlar to‘plami ko‘pincha aniq bo‘lmagan juda ko‘p ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi - statistika ushbu ma’lumotlarni tushunishga yordam beradi. Agar ma’lumot raqamlar to‘plami shaklida taqdim etilsa, statistika har qanday savolga javob berishga yordam beradi.
1.1 Nima uchun aynan statistika
Nima uchun statistika
Ilm olish uchun statistik ma’lumotlardan foydalangan holda siz o‘z tajribangizni ko‘paytirasiz, bu sizga to‘g‘ri strategik qaror qabul qilishga yordam beradi. Statistik usullar dunyoda doimiy ravishda qo‘llaniladi va hisoblash miqdoriy ma’lumotlarga asoslanib qaror qabul qilish qobiliyatini oshiradi.
Statistika o‘rganish murakkabmi ?
Statistika boshqa fanlardan ko‘ra murakkabroq emas. Xususiy tafsilotlar va hisob-kitoblarga biroz e’tibor qaratish lozim bo‘lsa-da, barcha kichik narsalarni tushunadigan statistik mutaxassislarga qaraganda statistikaning foydalanuvchisi bo‘lish undan ham osonroq. Endi statistikadan foydalanish osonlashdi, chunki kompyuterlar hozirda bir xil turdagi hisob-kitoblarni osonlikcha amalga oshirmoqdalar, bu esa natijalarni mazmunli talqin qilish va umumlashtirish imkonini beradi.
Statistika biznesda qaroro qabul qilishga qanchalik yordam beradi?
Statistikani bilish optimal qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Statistika qiyin fan emas; u tajriba va intuitivlikni rad etmaydi. Ma’lumotlar bilan ishlash va noaniq hodisalarning asosiy xususiyatlari to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lish orqali qaror qabul qilish uchun axborot bazasini yaxshilash va sezgini rivojlantirish lozim.
Statistika ishbilarmonlik tajribasi, aql va intuitivlikni to‘ldiradi, lekin o‘rnini bosmaydi.