Nosirov Husniddin Xusanboy o‘g‘li Namangan muhandislik-texnologiya instituti Iqtisodiyot



Yüklə 83,27 Kb.
tarix09.09.2023
ölçüsü83,27 Kb.
#142207
Nosirov Husniddin 3-shuba


3-shuba
Nosirov Husniddin Xusanboy o‘g‘li
Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Iqtisodiyot
” fakulteti marketing taʼlim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.
Email: nosirovhusniddin42@gmail.com
Ilmiy raxbar R.Karimjanova
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
marketing kafedrasi katta o‘qituvchisi

Namangan viloyatida kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda hunarmandchilikni o’rni


Anatatsiya: Maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni nazariy asoslari, hamda oilaviy tadbirkorlikni bir turi bo’lgan hunarmandchilikni Namangan viloyatidagi faoliyati tahlil qilingan. Ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.


Kalit so’zlar: Kichik biznes, tadbirkorlik, hunarmandchilik, biznes, soliq, subsidiya.
Abstract: The article analyzes the theoretical foundations of small business and private entrepreneurship, as well as the activity of crafts, which is a type of family entrepreneurship, in Namangan region. Scientific and practical recommendations are given.
Key words: Small business, entrepreneurship, craft, business, tax, subsidy.
Аннотация: В статье анализируются теоретические основы малого бизнеса и частного предпринимательства, а также ремесленной деятельности, являющейся разновидностью семейного предпринимательства, в Наманганской области. Даны научные и практические рекомендации.
Ключевые слова: Малый бизнес, предпринимательство, ремесло, бизнес, налог, субсидия.


“Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish Davlat dasturining “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish suratini taʼminlash” ustuvor yo‘nalishini amalga oshirish borasida Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80% ga va eksportdagi ulushuni 60%ga yetkazish, xududlarda 200ta sanoat zonalarni tashkil etish va biznes inkubatorlar tuzulishini rivojlantirish, sharoiti og‘ir bo‘lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, 2026-yilga borib tadbirkorlik subektlariga soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning 27% dan 25% foizi darajasiga kamaytirish, xududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo‘l ochish vazifalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda davlat tomonidan olib borilayotgan siyosat va shart-sharoitlarni o‘rni beqiyosdir.
Xususan: Mamlakat Prezidenti tomonidan 2021 yil 23 martda qabul qilgan “Aholi va tadbirkorlik subektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” farmonga muvofiq, 2021 yil 1 iyundan boshlab davlat organlari va tashkilotlar tomonidan fuqarolar va tadbirkorlardan ko‘plab hujjatlarni talab qilish bekor qilindi. [Lex.uz - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar №PF-60].
Biznesda soliq solish sohasida tadbirkorlik uchun sharoitlarni yaxshilashga ham eʼtibor qaratildi. 2021-yil 7-centyabrdagi “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoniga asosan, 2022 yil 1 yanvardan boshlab, kameral soliq tekshiruv natijalari bo‘yicha aniqlangan huquq buzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilmaydi, shuningdek, tadbirkorlik subektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganligi uchun moliyaviy sanksiyalar ham bekor qilindi.
2021 yil 15 sentyabrdagi “Tadbirkorlik subʼektlari uchun maʼmuriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmonga muvofiq, 2021yil 1-oktabrdan qatʼiy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq olganlarga soliq hisobotini topshirish majburiyati bekor qilindi. Bundan tashqari, ushbu farmon bilan 2022 yildan boshlab tadbirkorlik subektlariga maʼmuriy bosim darajasini aniqlash va yengillashtirishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi joriy etildi.
Tadbirkorlikning shakllanishi ijtimoiy va iqtisodiy sharoit bilan chambarchas bog‘liq. Ijtimoiy sharoit, avvalo, xaridorlarning didi va modaga javob bera oladigan tovarlarni sotib olishga intilishi bilan belgilanadi. Turli bosqichlarda ushbu talab o‘zgarib turishi mumkin. Bunga ijtimoiy-madaniy muhitga bog‘liq ahloqiy va diniy meʼyorlar jiddiy taʼsir ko‘rsatadi. Ushbu meʼyorlar xaridorlarning turmush tarziga va u orqali tovarlar talabiga bevosita taʼsir etadi.
Bizga maʼlumki, jamiyat ijtimoiy iqtisodiy tizimining dastlab va birlamchi asosiy bo‘g‘ini oila hisoblanadi. Oila - kishilarning qon-qarindoshlik, mulk va manfaat umumiyligi va talab-ehtiyojlarini birgalikda qondirishga asoslangan, maqsadi yagona bo‘lgan majmua, yani mikroijtimoiy tuzilmadir. Iqtisodiy jihatdan qaraganda oila uy xo‘jaligi bo‘lib, mikroiqtisodiy tizimining asosiy qismi hisoblanadi. Uning boshqa qismini esa firma, korxona va iqtisodiy sektor tashkil etadi. Oila shu qismlar bilan birgalikda makroiqtisodiy tizimga birikadi.
Ayni vaqtda Namangan viloyatida oilaviy biznesning o‘ndan ortiq shakllari mavjud bo‘lib, milliy iqtisodiyotda katta ahamiyatga ega. Birinchidan u aholi uchun zarur bo‘lgan mahsulot va xizmatlarni yaratadi, ikkinchidan, oiladagi ishchi kuchini mehnat bilan band etib, oilaga o‘zini-o‘zi daromad bilan taʼminlash imkonini beradi. Oilaviy biznesning qator afzalliklari borki, bular uni raqobatbardoshligini belgilovchi omil xisoblanadi.
Oilaviy biznes kichik bo‘lgani sababli katta kapital talab qilmaydi, uni boshlash uchun pul topish yengil bo‘ladi.
Oilaviy biznes oilaning ixtiyoridagi ko‘chmas mulkka tayanadi, oila uyida yuritilgani uchun kapital qurilish yoki joyni ijaraga olishni talab etmaydi.
Oilaviy tadbirkorlikning yana bir turi bu hunarmandchilikdir XX asrning oxirlariga kelib, sanoat tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi qatori xizmatlar sohasida xunarmandchilik sohasi ham jadal rivojlanish bosqichiga o‘tdi. Xunarmandchilik sohasi postindustrial jamiyat rivojlanishining eng asosiy lokomotivlaridan hisoblanadi. Xunarmandichilik sohasi tushunchasi uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lib kelgan, u madaniyatning bir qismiga aylandi. 19-asrning o‘rtalaridan boshlab xunarmandchilik sifatida rivojlandi. Badiiy faoliyat, u sanoat ishlab chiqarishi uzviy bog‘liq tarzda rivojlandi, sanʼat va hunarmandchilik sintezining paydo bo‘lishi taʼsirida (19-asrdagi ingliz harakati sanʼat va hunarmandchilik) faol badiiy va ishlab chiqarish faoliyatini aralashgan holda tashkil etila boshladi. Bunga misol sifatida Germaniyaning “Verkbund”, Peter Berensni “AYEG” kompaniyalari, “Ford” amerika avtomobil kompaniyasini ko‘rsatish mumkin.
Namangan viloyatida bugungi kunda hunarmandchilik sohasi jadal rivojlanmoqda. Jumladan: 2022-2023 yillarda xotin-qizlarning kichik biznes loyihalariga imtiyozli kreditlar ajratish, hunarmandchilikni yanada rivojlantirish maqsadida subsidiyalar berish, har bir hududda xotin-qizlar hunarmandchilik markazlari va klasterlarini tashkil qilish, xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari faoliyatini takomillashtirish, mintaqaviy markazlar ochish choralarini ko‘rish, tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni realizatsiya qilishga ko‘maklashish, xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish va biznesga jalb qilish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Namangan Viloyatida bugungi kunda faoliyat olib borayotgan jami hunarmandlar soni 2221 nafar bo‘lib shundan 644 nafari xotin-qizlarni tashkil etadi. Jumladan Namangan shahar 63 nafar, Kosonsoy tumanida 34 nafar, Mingbuloq tumanida 29 nafar, Namangan tumanida 53 nafar, Norin tumanida 60 nafar, Pop tumanida 22 nafar, To‘raqo‘rg‘on tumanida 29 nafar, Uychi tumanida 20 nafar, Uchqo‘rg‘on tumanida 79 nafar, Chortoq tumanida 75 nafar, Chust tumanida 118 nafar, Yangiqo‘rg‘on tumanida 62 nafar hunarmand xotin-qizlar faoliyat olib bormoqda.
“Usta-shogird” maktablari faoliyati yaqindan o‘rganilib, tahlil qilinib va rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida hunarmandchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xotin-qizlarni “Usta-shogird” maktablariga jalb qilish ishlari olib borilmoqda. 2022 yil davomida hunarmandchilikning 34 ta yo‘nalishi bo‘yicha 7 159 ta (916 ta hunarmandlar, shundan 422 nafari ayol, 6 243 ta shogirdlar shundan 4156 nafari ayollar hisobiga) yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Viloyatimizda nogironligi bo‘lgan hunarmand ayol-qizlarimizni imtiyoz asosida uyushmaga aʼzo qilib kelinmoqda. 2022-yilda 8 nafar nogironligi bo‘lgan hunarmandlar faoliyat yuritib “Usta-shogird” anʼanasiga ko‘ra shogirdlariga hunar o‘rgatib ish o‘rinlarini yaratib kelishmoqda.
2022 yil 19-21 avgust kunlari “Toshkent suvenerlari” ko‘rgazmasi, 11-12 noyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkiloti Sammiti doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada, Rossiya Federatsiyasining Samara shahrida o‘tkaziladigan “Made in Uzbekistan” xalqaro yarmarkasida, Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Graft Fair Uzbekiston-2022” hunarmandchilik va texnologiyalari yarmarkasida, shuningdek viloyatimizda o‘tkazilgan mehnat yarmarkalarida, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Ayol-millat ko‘zgusi”, “Xon atlas”, “Asal” nomli festivalga jalb etish orqali 50 nafar hunarmand ayollarimizning o‘z maxsulotlari bilan ishtirok etishgan.
Hunarmand ayollar faoliyatiga doir islohotlarni respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari, shuningdek, Uyushmaning http://handicraftman.uz sayti va boshqa tarmoqlarida yoritilishini taʼminlash ishlari doimiy ravishda yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan: 8 nafar xotin-qizlarni faoliyatlari viloyat televideniyasi, mahalliy ommaviy axborot vositalari, shuningdek, Uyushmaning http://handicraftman.uz sayti orqali yoritildi. 4 nafar xotin-qizlarni faoliyatlari mahalliy ommaviy axborot vositalari, shuningdek, Uyushmaning http://handicraftman.uz sayti orqali yoritildi.
Shuningdek xozirgi kunda 644 nafar hunarmand ayollardan 634 nafari ishlab chiqargan mahsulotlarini sotishni yo‘lga ko‘ygan. Bugungi kunda Namangan viloyatida hunarmandchilik sohasida yechimini kutayotgan muammolar mavjud bo’lib bularni yechimi borasida quyidagi ilmiy-amaliy tavsiyalarni beramiz
1. Hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi ayollarning chet elda bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmalarga borish uchun moliyaviy imkoniyatlari yo‘q. Hunarmandchilikni rivojlantirish, ushbu sohada ayollar bandligini taʼminlash hamda ularning realizatsiya qilishlariga ko‘maklashish maqsadida chet ellarda bo‘ladigan ko‘rgazmalarga ko‘proq jalb etish va harajatlarni asosiy qismini budjet mablag‘laridan qoplab berish.
2. Mahallalarda norasmiy ravishda hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi ayollarni rasman faoliyat yuritishlari uchun Oila va xotin-qizlar tuman bo‘limlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda MFYlardagi Ayollar faollari norasmiy ravishda hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi ayollarni “Hunarmand” uyushmasiga jalb etishi va bu orqali ish o‘rinlari ko‘payishiga va hunarmandchilik rivojlanishiga erishiladi.



Lex.uz - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar №PF-60

Yüklə 83,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin