O’zbekiston tarixi fanidan III semestr uchun 2-oraliq nazorat testi



Yüklə 18,35 Kb.
tarix30.10.2022
ölçüsü18,35 Kb.
#66887
O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN III SEMESTR UCHUN 2-ORALIQ NAZORAT TESTI


O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN III SEMESTR UCHUN 2-ORALIQ NAZORAT TESTI.

1. Nechanchi yilgi farmonga binoan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha respublika kengashi tashkil etildi?


A) 1999-yil B) 2004-yil C) 2017-yil D) 2018-yil
2. O‘zbekistonning yagona temir yo‘l tarmog‘ini vujudga keltirish bo‘yicha nechanchi yillarda qurilish ishlari olib borilgan?
A) 1994-2001-yillar B) 1994-2000-yillar C) 1995-2001-yillar D) 1995-2000-yillar
3. «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi dunyoning nechta mamlakatiga parvozlarni amalga oshiradi?
A) 20 dan ortiq B) 25 dan ortiq C) 30 dan ortiq D) 75 dan ortiq
4. Qayerlik paxtakorlar tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy qilindi?
A) Sirdaryoliklar B) Buxoroliklar C) Andijonliklar D) Xorazmliklar
5. Vazirlar Mahkamasining …… yildagi «Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori qabul qilindi .
A) 1992-yil B) 1995-yil C) 1998-yil D) 2000-yil
6. Nechanchi yildan boshlab import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi amalga oshirila boshlandi?
A) 2000-yildan B) 2001-yildan C) 2002-yildan D) 2004-yildan
7. 2000-yilda boshlangan iqtisodiy islohatlarga kirmaydigan javobni toping?
A) iqtisodiyotga davlat aralashuvi darajasining pasayishi
B) xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati kafolatlarini kuchaytirish
C) xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar ni nazorat qiluvchi organlarning noqonuniy aralashuvidan himoya qilish
D) importni kuchaytirish .
8. Mahalliylashtirish dasturiga binoan… … …
1) eksport tarkibini diversifikatsiyalash
2) xomashyo mahsulotlari materiallarini eksport qilishdan qochib, qo‘shilgan qiymat ulushi ko‘proq bo‘lgan tayyor mahsulotlar chiqarish
3) yangi texnologiyalar olib kelish va mamlakat eksport salohiyatini orttirishga ko‘maklashadigan chet el investorlari ishtirokida qo‘shma korxonalar qurish
4) import o‘rnini bosadigan tovarlar siyosatini, ya’ni tovarlar import qilish o‘rniga mashinalar va sanoat hamda qishloq xo‘jaligi uchun uskunalar import qilishga ko‘proq e’tibor qaratilishi.
5) eksportda tovar tarkibini diversifikatsiya qilish natijasida mamlakatimiz paxta yakkahokimligi
oqibati bo‘lgan paxta tolasi eksportiga qaramlikdan xalos bo‘lishi
A) 1,2,3,4 B) 1,3,5 C) 1,2,3,4,5 D) 2,3,4,5
9. O‘zbekistonni tadrijiy taraqqiyot yo‘liga qaytishiga imkoniyat yaratgan narsa nima?
A) mustaqillikka erishishi B) xususiylashtirishning tadbiq etilishi
C) tadbirkorlikni rivojlantirilishi D) islohatlarning amalga oshirilishi
10. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hamda bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosi bo‘lgan kichik mulkdorlar sinfining shakllantir Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nechanchi bosqichida amalga oshirilgan?
A) birinchi B) ikkinchi C) uchinchi D) to’rtinchi
11. Ijtimoiy himoyalashning birinchi yo’nalishi mazmuni qanday?
A) Eng kam ish haqi va boshqa to‘lovlar odatda, oldindan ko‘paytirib kelindi, narx-navo o‘zgarishi bilan bog‘lab olib borildi, bu esa aholining to‘lov qobiliyati saqlanib qolishini ta’minladi va turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymalik.
B) ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish
C) aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash
D) ijtimoiy himoyaning huquqiy muhiti yaratilishi
12. Bolali oilar uchun yagona nafaqa qaysi tashkilot tomonidan beriladi?
A) hokimiyatlardan B) mahallalardan
C) prakraturalardan D) oila markazlaridan
13. Qaysi yildan boshlab yordamga muhtoj, bolali oilalarga bolalarning soniga qarab, eng kam ish haqining 50 foizidan boshlab 175 foizigacha nafaqalar beriladigan bo‘ldi?
A) 1994-yildan B) 1997-yildan C) 1992-yildan D)1996-yildan
14. O‘zbekistonda yashovchi turli millat vakillarining madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun qanday tashkilotlar tashkil qilingan?
A) madaniy markazlar B) miliy markazlar
C) milliy- madaniy markazlar D) madaniy- milliy markazlar
15. «Xalqaro ona tili kuni» hamda O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabat bilan har yili an’anaviy tarzda o‘zbek tili bo‘yicha qanday tanlov o’tkaziladi?
A) shoirlar tanlovi B) notiqlar san’ati tanlovi
C) jurnalistlar tanlovi D) yozuvchilar tanlovi
16. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi qanday tashkilot negizida shakllantirildi ?
A) milliy-madaniy markazlar negizida B) baynalmilal madaniyat markazlari negizida
C) xalqlar madaniyati markazlari negizida D) tashqi ishlar vazirlugi negizida
17. «Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llabquvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar» ushbu jumla qaysi qonunda belgilangan?
A) Vijdon erkinligi to’g’risidagi
B) Diniy tashkilotlar to’g’risidagi
C) Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi
D) Diniy bag’rikenglik va vijdon erkinligi to‘g‘risidagi
18. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qaysi shaharda tashkil qilingan?
A) Toshkentda B) Samarqandda C) Buxoroda D) Termizda
19. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qaysi bosqichida milliy dastur keng miqiyosda joriy etildi?
A) 1 bosqichida B) 2 bosqichida C) 3 bosqichida D) 4
20. Prezidentning qachongi farmoni asosida O’zbekistonda Islom akademiyasi tashkil qilindi?
A) 1999-yil 27-mart B) 2017-yil 23-iyun C) 2017-yil 15-dekabr D) 2017-yil 27- mart
21. Bugungi kunda respublikada nechta diniy tashkilot mavjud?
A) 16 ta B) 2238 ta C) 9 ta D) 2400 dan ortiq
22. Qachon «O‘zbekistonda o‘quvchi-yoshlarni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida»gi qaror imzolandi?
A) 1992-yil B) 1993-yil C) 1994-yil D) 1991-yil
23. Qachon 5 yillik oliy ta’limdan 4 yillik bakalavriat va 2 yillik magistratura bosqichlaridan iborat ikki pog‘onali tizimga o‘tildi?
A) 1997-yil B) 1993-yil C) 1996-yil D) 1995-yil
24. Qachon Toshkent shahrida Italiyaning Turin politexnika universiteti ochilgan?
A) 2010-yil B) 2009-yil C) 2008-yil D) 2011-yil
25. Qachon 15 yetakchi oliy ta’lim muassasalari – tayanch oliy o‘quv yurtlari sifatida belgilandi?
A) 2016-yil B) 2014-yil C) 2015-yil D) 2013-yil
Yüklə 18,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin