Mavzu: Milliy madaniy markazlar



Yüklə 406,76 Kb.
tarix10.05.2022
ölçüsü406,76 Kb.
#56959
Ddddddd


MAVZU:Milliy madaniy markazlar.

REJA;


1.Milliy madaniyat markaxlari qõllab-quvvatlanadi.

2.Toshkent shahar xitoy milliy madaniy markazi.

3.Milliy madaniy markazlar va dõstlik jamiyatlarini qõllab quvatlash.

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan milliy madaniy markazlar faoliyatini amalga oshirishda tashkiliy va metodik yordam ko‘rsatishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, ushbu tadbirda Toshkent shahar hokimligi rahbariyati va xodimlari, respublika milliy madaniy markazlar raislari hamda faollari ishtirok etdi.

Qo‘mita raisi Rustambek Qurbonov milliy madaniy markazlarning asosiy vazifasi mamlakat suverenitetini mustahkamlash, davlatning hududiy yaxlitligini taʼminlash maqsadlariga erishishdek oliyjanob g‘oya atrofida millatlarni birlashtirish orqali O‘zbekistonning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishdan iboratligini qayd etdi.



TOSHKENT SHAHAR XITOY MADANIY MARKAZI

Xitoy va o‘zbek xalqlarining o‘zaro madaniy aloqalari Buyuk Ipak yo‘lining ko‘pasrlik tarixi bilan bog‘liq. Bunga miloddan avvalgi I–II asrlarga mansub yozma manbalar va zamonaviy O‘zbekiston hududidagi arxeologik topilmalar dalil bo‘la oladi.

Insoniyat tarixidagi buyuk kashfiyotlardan biri hisoblangan iyerogliflarga asoslangan xitoy yozuvida olib boriladigan xitoy tilini o‘qitish kurslari markazning faxri hisoblanadi.

Markazda xitoyliklarning milliy bayramlari, xususan, Chundze — oy kalendari bo‘yicha bahorni va yangi yilni qarshilash keng nishonlanadi. Undan tashqari, markaz boshqa etnik birlashmalar bilan birgalikda respublikamizning Navro‘z, Mustaqillik kuni, O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni kabi milliy va davlat bayramlarida ishtirok etadi.

Bu haqda AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi mutasaddilari ma'lum qildi:

«Bugungi kunda Qo'mita mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 147 ta milliy madaniy markaz va 38 ta do'stlik jamiyati hamda xorijdagi vatandoshlarning 38 ta jamiyati bilan hamkorlik qilmoqda.

O'zbekistonda yaratilgan qulay millatlararo muhit tufayli tojik, turk va qozoq millatiga mansub aholi vakillari tomonidan 2020 yilda 7 ta yangi milliy madaniy markaz va 2 ta do'stlik jamiyati tashkil etildi.

Qo'mitaning davlat ijtimoiy buyurtmasiga asosan 2020 yilda Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan milliy madaniy markazlar va do'stlik jamiyatlarini qo'llab-quvvatlash uchun 600 mln so'm mablag', shuningdek 1,45 mlrd so'mlik grant ajratildi».



E'TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT .
Yüklə 406,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin