Nurli issiqlik almashish



Yüklə 98 Kb.
səhifə1/5
tarix17.06.2023
ölçüsü98 Kb.
#131817
  1   2   3   4   5
Nurli issiqlik alma

Nurli issiqlik almashish

Reja:

  1. Issiqlik nurlanishning asosiy qonunlar

  2. Qattiq jismlar orasida nurli issiqlik amashinuvi.

  3. Ekranlar

  4. Gazlarning nurlanishi

  5. Murakkab issiqlik almashish jarayonlari


Issiqlik texnikasining yuqori temperaturalar sohasida, nurli issiqlik almashish o‘zining jadalligi bilan boshqa issiqlik almashinuv usullaridan ustun turadi. Shuning uchun yuqori temperaturalarda ishlaydigan agregatlarni yaratishda, nurli issiqlik almashishidan yuqori darajada foydalanishni e’tiborga olish lozim. Bu avvalo, qozon qurilmalariga, sanoat pechlariga taalluqlidir. Qurilish materiallari korxonalarida, tsement, ohak, shamot va boshqa meteriallarni ishlab chiqarishda bunday pechlar keng qo‘llanilmoqda. Issiqlik bir jismdan ikkinchisiga nur orqali uzatilish jarayoni nurli issiqlik almashinuvi deyiladi. Issiqlik nurlarining tarqalishi bu jism ichki energiyasining elektromagnit to‘lqin energiyasiga aylanishidir. Temperaturasi absolyut noldan farqli bo‘lgan hamma jismlar nur tarqatadi.
Nurlanish energiyasi asosan nur tarqatayotgan jismning fizik xossalari va temperaturasiga bog‘liqdir. Elektromagnit to‘lqinlar bir-biridan to‘lqin uzunligi yoki tebranish chastotasi bilan farqlanadi. Agar to‘lqin uzunligi , tebranish chastotasini N bilan belgilasak, u holda barcha nurlar uchun vakuumdagi tezlik w=N=3108 m/s bo‘ladi. Nur energiyasini tashuvchi zarra sifatida foton qabul qilingan. Foton (yunon rhos(rhotos) – yorug‘lik) harakatlanayotgan vaqtda ma’lum massaga ega, tinch holatda uning massasi nolga teng bo‘ladi. Nurlar orasida ko‘zga ko‘rinadigan (=0,40,8mkm) va infraqizil (=0,8800 mkm) nurlar ko‘p miqdorda issiqlik energiyasini eltganligi sababli ular issiqlik nurlari deyiladi.
Ko‘pchilik qattiq va suyuq jismlar 0 dan  gacha oraliqda bo‘lgan barcha to‘lqin uzunligidagi energiyani chiqaradi, ya’ni bu jismlarning nurlanish spektrlari yaxlit (tutash) bo‘ladi. Ba’zi jismlar uzlukli spektrli, ya’ni faqat muayyan to‘lqin uzunliklar oralig‘ida energiya nurlantiradi. Ularga qizdirilgan gazlar va bug‘lar kiradi. Nur chiqarayotgan jismning faqat temperaturasi va optik xossalari bilan aniqlanadigan nurlanish issiqlik nurlanishi deyiladi. Jismga yutilgan issiqlik nurlari atom va molekulalarning tartibsiz issiqlik harakat energiyasiga aylanadi va jismning temperaturasini oshiradi. Issiqlik nurlanishini tavsiflaydigan asosiy kattaliklarga quyidagilar kiradi: nuriy oqim Q, nurlanish zichligi Ye va nurlanish jadalligi (oqimning Spektral zichligi) J.
Vaqt birligi ichida, to‘lqin uzunligi  dan +d bo‘lgan oraliqda mos bo‘lgan nurlanish energiyasiga oqimning monoxromatik nurlanishi Q deyiladi. Spektrning 0 dan  gacha oraliqdagi to‘lqin uzunliklariga mos bo‘lgan barcha nurlanishga integral yoki nuriy oqim Q deyiladi. Jismning yuza birligidan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha nurlanayotgan nurli oqimga jismning integral nurlanish zichligi deyiladi.

E=dQ/dF

Nurlanayotgan jismning barcha yuzasi bo‘yicha tarqalayotgan nurli oqim:

Q


To‘lqin uzunligining cheksiz kichik orlag‘ida traqalayotgan oqim zichligini, shu oraliq kattaligiga nisbati oqimning spektral zichligi (jadalligi) deyiladi:


J=dE/d


Jism sirtiga tushgan barcha nuriy energiya Q ning bir qismi QA jismga yutiladi, bir qismi QR undan qaytadi, qolgan qismi QD esa, jism orqali o‘tib ketadi, ya’ni


Q=QA+QR+QD


Nurlanish energiyasini tarqatish, yutish, qaytarish va o‘tkazish jarayonlarining yig‘indisiga nurli issiqlik almashish deyiladi.


(3) tenglikning ikkala qismini nuriy energiyaning umumiy miqdori Q ga bo‘lsak, quyidagini olamiz:

bu yerda - mos ravishda yutilish, qaytarish va o‘tkazish xususiyatini tavsiflaydi (1-rasm).
(4) tenglik nurlanish energiyasi issiqlik balansining tenglamasi deyiladi.
Agar A=1 bo‘lsa, (ya’ni R=D=0), u holda jism o‘ziga tushadigan barcha nurlanishni yutadi. Bunday jism absolyut qora jism deyiladi.





Yüklə 98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin