Oddiy geometrik yasash elementlarini yasash qonun qoidalari.
O‘qituvchi: S.N.Abdiraxmanov, E.T.Muhammadiyev
Termiz muhandislik – texnologiya
instituti
Tayanch so‘zlar: Geometrik, burchak, gipitenuza, aylana, vatar,
vertikal,
gorizontal.
UMUMIY MA’LUMOTLAR
Geometrik yasash elementlarini bajarish orqali talaba chizma asboblaridan
foydalanishni, ularni to‘gʻiri
ishlatishni, sozlashni va tekshirishni oʻrganadi.
Geometrik yasashlar ham masala yechish boʻlib, unda masala javobi grafik usulda
olinadi. Yasashlar chizma
asboblari bilan bajarilib, ulardan anniq va batartib
foydalanish kerak. Shundagina masala yechimi to‘gʻri va anniq topiladi.
Ikki chiziqning kesishish nuqtasini aniqlash. Agar kesuvchi chiziqlar oʻzaro
perpendikular boʻlsa, u holda ularning kesishuv nuqtasi oʻrni aniq topiladi (1-chizma,
a). Kesishuvchi chiziqlar orasidagi burchakning qay darajada oʻtkir, oʻtmas yoki
to‘gʻri boʻlishi ularning kesishish nuqtasi oʻrnini shu darajada noaniq yoki aniqligini
belgilaydi. (1-chizma, b).
1-chizma (Ikki chiziqning kesishish nuqtasi)
Ikki nuqta orqali to‘gʻri chiziq oʻkazish. Ikki
nuqtani eng qisqa masofada
tutashtiruvchi to‘gʻri chiziq berilgan nuqtalarning oʻrtasidan oʻtishi shart. Agar
chiziq
nuqtalarga tegmay yoki qisman urinib oʻtsa, biridan oʻtib ikkinchisiga tegmasa,bir