Ohangaron tumani XTBga qarashli 16-umumiy o`rta ta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi Mirzaxmedova Jumaxonning 1-sinf uchun alifbe fanidan
Mavzu: V v tovushi va harfi.
S ana: ___________________ Mavzu: V v tovushi va harfi. Maqsad: Ta’limiy: O`quvchilarni v tovushi va harfi bilan tanishtirish. Tarbiyaviy:O`quvchilar vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Sidirg`a o`qish malakalarini rivojlantirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
Televizordan ko‘rgan, radiodan eshitgan lavhalaridan ma’lumotlar tushunib aytib bera olish.
Qish fasli, qishki o`yinlar, qishki bayramlar haqida suhbat o`tkazish
II.O`tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarni bilimlarini baholash. Z tovushining talaffuzi bilan bog’liq bilimlarini qaytarishga diqqat qilinadi.
Darslik bilan ishlash.
Bo’g’inlar jadvali so’zlar va “Istirohat bog’i” matni ketma-ketlikda o’qitiladi. Matn yuzasidan og’zaki savol-javob o’tkaziladi.
Istirohat bog’iga qachon borgansiz?
Uyerdanimalarniko’rgansiz?
Qandayo’yinlaro’ynagansiz?
Tezaytishnikimtezvako’paytadi? Bir havo olish bilan aytilishi tushimtiriladi.
Namuna: G’ani g’ildirakni g’ildiratdi. Oq choynakka ko’k qopqoq, ko’k choynakka oq qopqoq
Dam olish daqiqasi
G’ozlarim g’oq-g’oq der, Qushlar uchib keladi,
Ko’ylagimiz oq-oq der, Supachaga qo’nadi.
Bizni yaxshi boq-boq der, U yon bu yon qarashib,
So’ng bo’lamiz o’rtoq der. Asta uchib ketadi.
III.Yangi mavzu bayoni: -Bu rasmlarda nimalar tasvirlangan? (varrak,tovus) Rasm asosida Vatanim mavzusida suhbatlashamiz. Ko`rgazma yordamida v harfini ko`rsatib , tushuntirib beraman.v harfi ishtirok etgan so`zlarni o`quvchilar bilan birgalikda o`ylab topamiz .v harfi so`zni qayerida kelayotganini aniqlaymiz.Darslikda berilgan bo`g`inlarni, so`zlarni avval o`zim, keyin o`quvchilar bilan birgalikda o`qiymiz.
Vatan – 2 ta unli, 3 ta undosh, 2 ta bo`g`in.
Vodiy-2 ta unli, 3 ta undosh, 2 ta bo`g`in.
Navoiy-3 ta unli, 3 ta undosh, 3 ta bo`g`in.
Mavjuda-3 ta unli, 4 ta undosh, 3 ta bo`g`in…
IV.Mustahkamlash 4.Matn asosida so`zlardan gap hosil qilish. Zinama-zina usulida
So`zlarni o`z o`rniga qo`yib gaplar hosil qilish va yozish.
5. Guruhlar bilan ishlash.
“Zanjir” usulida “Davom ettir” didaktik o`yini orqali o`qitiladi,
V.Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilarni baholayman. V harfini uyda o`qib kelishni uyga vazifa qilib beraman.