Oilaviy mehmon uylari: tashkil etish shartlari, kredit takliflari va asosiy ma’lumotlar



Yüklə 9,36 Kb.
tarix26.01.2023
ölçüsü9,36 Kb.
#81066
BIZNES-WPS Office

BIZNES
21.06.2022, 06:47


6210
Oilaviy mehmon uylari: tashkil etish shartlari, kredit takliflari va asosiy ma’lumotlar
Markaziy bankning Finlit loyihasi oilaviy mehmon uylari va ularga qanday kredit olish mumkinligi haqida ma’lumot berdi.
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati
Bir necha yillarda buyon O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish, mintaqalarning turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, dam olish va turizm uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, turizm xizmatlari ko‘rsatish sohasida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish maqsadida ushbu sohadagi tadbirkorlik subyektlari uchun ko‘plab imkoniyat va imtiyozlar yaratilgan.
Eng muhimi ushbu imkoniyatlardan foydalanish uchun katta mehmonxona ochishga zaruriyat yo‘q. Buning uchun ishni oilaviy mehmon uylaridan boshlash mumkin. Oilaviy mehmon uyi (yoki mehmon uyi) — bu bir vaqtning o‘zida 10 kishigacha bo‘lgan mehmonlarga (turistlar, tashrif buyuruvchilar) xizmat ko‘rsatuvchi uy-joy (hostel) hisoblanadi. Bunda, ushbu uy-joyning egasi o‘z oila a’zolari bilan birgalikda mazkur xususiy uy-joyda istiqomat qilishi va har bir yashovchiga 3 metr kvadrat hisobidan to‘g‘ri keladigan zaruriy turar joy maydoniga ega bo‘lishi zarur.Bunday tadbirkorlik faoliyati xususiy tadbirkorlar yoki oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.Xususiy turar-joyni mehmon uyiga aylantirish uchun quyidagi uch talab bo‘yicha shart-sharoitlar yaratilishi lozim:
tashrif buyuruvchilar (turistlar) uchun sanitariya-gigiena qulayliklarini tashkil etish;
ularning xavfsizligini ta’minlash;
qulay va yaxshi yashashlari uchun sharoitlar tashkil qilish.
Turar-joy binosini o‘rnatilgan tartibda talabga javob beradigan holatga keltirgandan so‘ng, O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga oilaviy mehmon uyini ro‘yxatga olish uchun ariza bilan murojaat qilinadi.
Ariza va unga ilova qilingan barcha hujjatlar to‘liq hamda mehmon uyi talablarga muvofiqligi bo‘yicha Qo‘mita tomonidan o‘rganib chiqiladi. Barcha talablar bajarilganda umumiy to‘rt ish kuni ichida individual reestr raqami beriladi va arizachiga Mehmon uylari reestridan ko‘chirma topshiriladi.Shu bilan bir qatorda, mehmon uyini tashkil etish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik sub'ektlariga quyidagi soliq imtiyoz va preferensiyalari taqdim etiladi:
yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilish;
ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 foiz miqdorida belgilash (aslida 12 foiz).
Agar mehmon uyi tashkil etish uchun o‘z mablag‘laringiz yetarli bo‘lmasa, banklar oilaviy mehmon uylari va hostellar yagona reestriga kiritilgan xususiy tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etishi (turar-joyni ta'mirlash, jihozlash) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 300 barobarigacha miqdorda (73 500 000 so‘mgacha), besh yil muddatga, shu jumladan ikki yillik imtiyozli davr bilan kreditlar ajratadi.
Kreditlar tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan bozor stavkalarida ajratiladi.
Mazkur kreditga hisoblangan foiz harajatlarining bir qismi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kompensasiya qilish imkoniyati mavjud.
Kredit ta’minoti uchun quyidagilarni taqdim etish imkoniyatingiz mavjud:
Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kafilligi;
Kredit qaytmasligi xataridan sug‘urta polisi;
Uchinchi shaxs (yuridik shaxs) kafilligi;
Ko‘char va ko‘chmas mulklar.
Yüklə 9,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin