O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
San’atshunoslik fakulteti
“Musiqa ijrochiligi va madaniyat” kafedrasi 9-3MUZS-20 guruh talabasi
Ashirboyev Suxbat Xabibullo o’g’lining “Musiqa tarixi” fanidan
KURS ISH
Mavzu: Mixail Ivanovich Glinka– rus klassik musiqasi asoschisi.
Buxoro-2023
REJA:
Kirish
I Bob. Mixail Ivanovich Glinka –hayoti va ijodi.
Mixail Ivanovich Glinka -hayot yo‘li.
Mixail Ivanovich Glinkaning ijodiy faoliyati.
II Bob. Mixail Glinka asarlari tahlili.
2.1Mixail Ivanovich Glinkaning opera ijodi.
2.2. Romans va qo’shiqlari.
Xulosa.
Adabiyotlar ro‘yhati.
Kirish
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi xalqi katta ma'naviy yangilanish davrini boshdan kechirmoqda. Bunda zamonaviy ilg'or tajriba bilan bir qatorda, buyuk ma'naviy merosga ham tayanilib, yangi O'zbekistonda ulkan islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, -"biz Uchinchi renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo'yib, uni milliy g'oya darajasiga ko'tarmoqdamiz. Biz maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi, oliy va o'rta ta'lim maxsus ta'lim tizimi hamda ilmiy- madaniy muassasalarni belgisi Renessansning to'rt uzviy halqasi deb bilamiz. Bog'cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor - o'qituvchilar va ilimiy- ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg'onish davrining to'rt tayanch ustuni deb hisoblaymiz. Men ishonaman hurmatli ota- onalar bu tashabbusni albatta qo'llab- quvvatlab, yangi Renessans beshinchi xalqasi, beshinchi ustuni bo'ladilar. Bu ma'naviy - ma'rifiy hayotimizdagi eng mustahkam ustun bo'ladi, o'ylaymanki, sizlar to'la qo'llab-quwatlaysizlar.
Mixail Ivanovich Glinka sеrqirra istе'dod sohibidir. U o‛z ijodida rus xalqi hayotining turli tomonlari va qiyofasini yoritib bеrdi. Glinkani haqli ravishda rus mumtoz opеrasi va romansining yaratuvchisi, rus mumtoz simfonizmining asoschisi dеb ayta olamiz. Glinka ijodining yuksak tarixiy ahamiyati shu bilan ham bеlgilanadiki, unga chuqur milliylik xos bo‛lib, ayni paytda u boshqa xalqlarning ruhiyat olamini ham idrok etish qobiliyatiga ega edi. Xususan, Sharq, Italiya, Ispan mavzulari uning ijodida haqiqiy qiyofada «jonlanadi».
Romantizm avj olgan davrda Glinkaning ijodi ham gullab-yashnadi. Unga romantiklarning milliy o‛ziga xoslik kontsеptsiyasi yaqinroq edi. Shunday bo‛lsa- da, lеkin Glinkani tom ma'noda romantik dеb bo‛lmaydi. Bu uning ajoyib va go‛zal «Ruslan va Lyudmila» opеrasida ham yaqqol ko‛zga tashlanadi. Romantizmga xos bеlgilar – shaxsga ortiqcha e'tibor, atrof-muhitga ishonchsizlik bildirish, his-tuyg‛ularni ehtirosli va jo‛shqin ifodalash unga bеgona. U klassitsizmning alohida bеlgilari bo‛lgan mahobatli shaklga va ko‛tarinki uslubga intilishni o‛zida mujassam etdi. Uning idеal obrazlari umumiy manfaatlarni o‛z manfaatlaridan ustun qo‛yadi. Glinkaning ijodi milliy chеklanganlikdan uzoq
bo‛lsa-da, u klassitsizmga ham, romantizmga ham mansub emas. Lеkin u romantizmdan ilg‛or fazilatlarni – kundalik hayot
go‛zalligini ko‛ra bilishni mеros qilib oldi. Rus musiqasi tarixida birinchilardan bo‛lib, u atrofdagi voqеlik qiyofasini nafis, ravon va mukammal badiiy shakllarda tasvirlab, haqiqat va go‛zallik birligining eng yuksak cho‛qqisiga ko‛tarildi.
Dostları ilə paylaş: |