Oliy ta’lim muassasasi rahbarining rasmiy yo‘llanma xati



Yüklə 17,95 Kb.
tarix01.12.2023
ölçüsü17,95 Kb.
#170859
0. hujjatlar RO‘YXATI


O‘quv adabiyotlariga rasmiy maqom hamda vazirlikning nashr etishga ruxsat berish to‘g‘risidagi guvohnomasini rasmiylashtirish uchun tizimga biriktiriladigan hujjatlar va talablar
RO‘YXATI

  1. Oliy ta’lim muassasasi rahbarining rasmiy yo‘llanma xati (yaratilgan o‘quv adabiyoti (darslik, o‘quv qo‘llanma)ga bo‘lgan ehtiyoj tahminiy adadi va yo‘nalish yoki mutaxassislik kodi va nomi ko‘rsatilishi lozim).

  2. Oliy ta’lim muassasasi ilmiy kengashi qaroridan ko‘chirma (kengash raisi va ilmiy kotib tomonidan imzolanib, tasdiqlangan shaklda).

  3. O‘quv adabiyotining nomlanishini tasdiqlangan o‘quv rejasidagi fan nomiga muvofiqligi (o‘quv rejasidagi tegishli fanning nomi belgilab qo‘yiladi).

  4. O‘quv rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan fan dasturi nusxasi.

  5. O‘quv adabiyot qo‘lyozmasi (pdf shaklda muallif va oliy ta’lim muassasasi nomi ko‘rsatilmagan holda).

O‘quv adabiyoti qo‘lyozmasiga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar:

    1. titul varag‘ida vazirlik va o‘quv adabiyotining nomi, turi, yo‘nalish yoki mutaxassislik kodi va nomi yoziladi;

    2. qo‘lyozmaning 2-betida (titul varag‘ining orqasi) o‘quv adabiyotining nomi, annotatsiyada o‘quv adabiyoti tavsiya etilgan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassislikning kodi va nomi yoziladi;

    3. qo‘lyozma tahriri 1,5 interval, Times New Roman 14 shrift; (matn yuqoridan-20 mm, pastdan-20 mm, chapdan-30 mm, o‘ngdan-15 mmli hoshiyalar oralig‘iga joylashtiriladi; betlar pastki qism markazida, ketma-ketlik saqlangan holda raqamlanadi).

  1. O‘quv adabiyotining mahalliy yoki xorijiy antiplagiat tizimlarida tekshiruvdan o‘tkazilganligi to‘g‘risdagi xulosa. (O‘quv adabiyoti mahalliy yoki xorijiy antiplagiat tizimlarida tekshiruvdan o‘tkazilganda 60 % orginallik ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi talab etiladi)

  2. Ichki va tashqi taqrizlar (taqrizchilarning F.I.Sh.,imzosi va sanasi qayd etilgan nusxasi pdf shaklda).

  3. Mundarija (o‘zbek, rus, ingliz).

  4. Eslatma: O‘quv adabiyoti qo‘lyozmasining biror qismida oliy ta’lim muassasasi yoki muallif(lar) nomlari keltirilgan taqdirda o‘quv adabiyoti qo‘lyozmasi talabgorga qaytariladi.

Yüklə 17,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin