Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz muhandislik-texnologiya inistituti «YO‘l muhandislik»



Yüklə 21,21 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü21,21 Kb.
#210379
  1   2
Ma\'ruza №6.1

  • OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INISTITUTI
  • «YO‘L MUHANDISLIK» kafedrasi «AERODROMLARNI LOYIXALASH, QURISH VA EKSPLUATATSIYA QILISH» fanidan
  • TAQDIMOT Mavzu: Aerodromlarda sun’iy qoplamalar turlari va vazifalari
  • Fan o’qituvchisi: Odinayev R.Q.
  • Termiz-2022y.
  • REJA:
  • 1. Sun’iy qoplamalarga bo‘lgan talablar
  • 2.Aerodrom sun’iy qoplamalarining tuzilishi
  • 3.Qoplamalarni havo kemalari ta’siriga chidamliligi bo‘yicha tasniflanishi
  • Gruntli uchish-qo‘nish tasmalar (GUQM) suv toshqini va qattiq yomg‘ir paytlarida, grunti o‘ta namlanib ketishi tufayli HK larining yil bo‘yi uzluksiz ishlashini ta’minlay olmaydi. GUQM sochiluvchan, changsimon gruntda qurilgan bo‘lsa, havo issiq kunlarida changish kuchli bo‘lgani sababli ham HK larining xavfsiz harakatini ta’minlay olmaydi.
  • YUqorida aytilgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun sun’iy uchish-qo‘nish tasmalari quriladi (SUQM). Bunday qoplamalar ancha ko‘p yuklamaga chidaydi va ob-havo noqulayliklari va buzg‘unchi kuchlaridan qat’iy nazar ishlayveradi.
  • Sun’iy qoplamalar magistral tutashtiruvchi va rullash yo‘llarida, HK ning turish joylarida, perronlarda quriladi. Zamonaviy sun’iy qoplamalar katta yuk ko‘tarishidan tashqari XK ning xavfsiz ishlashini ta’minlash kerak. Buning uchun qoplama yuzasiga me’yoriy nishablik beriladi, yuzasi esa uzoq vaqt tekis va ravon bo‘lishiga harakat qilinadi.
  • Tuproq – grunt, gidrogeologik va iqlimiy sharoitlar qulay bo‘lib, uchish polosasi, sun’iy qoplama o‘ta namlanmasa va changimasa, quyi klass aerodromlarda sun’iy qoplama qurmasa ham bo‘ladi.
  • Aeroportning sun’iy qoplamasi murakkab va qimmatbaho inshoot hisoblanadi. SHuning uchun loyihalash jarayonida uni arzonlashtirish, sifati va xizmat muddatini oshirish ishlariga jiddiy e’tibor qaratiladi; oqilona konstruksiyalar tanlanadi. Sifatli materiallar ishlatiladi, grunt asosi turg‘un holatga keltiriladi. Sun’iy qoplamalarga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: mustahkamlik, ishonchlilik, uzoq muddat xizmat qilish, yuzasi changimaslik; HK sining g‘ildiraklari qoplama bilan yaxshi ilashishini ta’minlaydigan darajada ravonlik va etarli darajada g‘adir-budirlik; iqlimiy va gidrologik omillarga qarshilik; er yuzasi suvlarining grunt asosga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydigan suv o‘tkazmaslik xususiyati; reaktiv dvigatellarning chiqindi gazlari oqimiga chidamlilik; yonilg‘i va moylash materiallarining zararli ta’siriga bardoshlilik; qurilishining soddaligi, mexanizatsiya qo‘llanishi va tejamliligi; ta’mirlash va ekspluatatsiyada qoplamaga qarab turish ishlarining oddiyligi; mahalliy qurilish materiallarini ishlatish imkoniyati; katta tezlikli va og‘ir HK paydo bo‘lganda qayta qurish imkoniyatlari.
  • Sun’iy qoplamalarning konstruksiyasi HK larining hisobiy yuklamasi, tayanchlari sxemasi, aerodromni ekspluatatsiya qilish jadalligi, tabiiy grunt sifati kabi omillarga bog‘liq. Sun’iy qoplamalar bir nechta qatlamdan iborat bo‘ladi; qoplamaning o‘zi – 1; tabiiy asos – 2; tabiiy gruntli asos – 3. Birinchi ikkitasi ham, o‘z navbatida, bir nechta qatlam bo‘lishi mumkin. Sun’iy va tabiiy asos ikkovi birgalikda qoplama asosini tashkil etadi
  • Qoplamaning o‘zi – yuqori qatlam bo‘lib, HK lari g‘ildiraklaridan yuklama oladi va tabiiy omillar ta’siriga bevosita uchraydi. Bu qatlam mustahkam bo‘lishi, er yuzasi suvlarni asosga o‘tkazmasligi, muzlashga chidamli bo‘lishi, eyilishga qarshilik qilishi, HK lari shinalarini sirpantirmasligi va ko‘p edirmasligi, porshenli dvigatellarning havo oqimlari, reaktiv dvigatellarning gaz oqimlari ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak. Bu qatlam qalinligi hisoblab topiladi.
  • Sun’iy asos gruntlarning yuk ko‘tarish qobiliyatini ayniqsa, ular o‘ta namlanib qolganda oshiradi, to‘shamalarning namlik rejimini rostlaydi, pastdagi ivib ketgan grunt HK og‘irligi ta’sirida tashqariga sitilib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi, qoplama ko‘pchib buzilishini oldini oladi. Sun’iy qoplamaga ishlatiladigan materiallar mustahkamligi qoplamaning o‘ziga ishlatiladiganga qaraganda yaxshiroq bo‘lishi mumkin.
  • Tabiiy grunt asos, ya’ni gruntning yuqori qatlami qoplamadan tushayotgan bosimni o‘ziga oladi va bunda xavfli deformatsiyalarga uchramasligi kerak. Tabiiy grunt asosning mexanik xususiyatlari tabiiy omillarning yillar davomidagi ta’siri ostida ancha o‘zgaradi: namlanadi, quriydi, muzlaydi, eriydi. Namligi oshsa, yuk ko‘tarish qobiliyati pasayadi ayniqsa, uning tarkibida changsimon va tuproq zarralari ko‘p bo‘lsa.
  • Grunt muzlasa uning g‘ovaklarida muz paydo bo‘ladi, hajmi ortadi, eriganda yana zichligi kamayadi. Qishda grunt yuzasi ko‘pchib qoladi. Bahorda grunt ichidagi muz eriydi, g‘ovaklar suv bilan to‘ladi, asos ko‘p siqilishi tufayli ko‘tarish qobiliyati keskin kamayadi. Qoplamaning turg‘unligi ko‘p jihatdan tabiiy grunt asosni tayyorlashga bog‘liq. SHuning uchun qoplama qurishdan oldin uni tekislab, shibbalash lozim.
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin