Ombor logistikasi



Yüklə 74,08 Kb.
səhifə1/3
tarix21.06.2023
ölçüsü74,08 Kb.
#133633
  1   2   3
Ombor logistikasi


5-laboratoriya ishi.


OMBOR LOGISTIKASI


Ishdan maqsad: Omborlar, ularning vazifasi va logistik funksiyalari to’g’risida boshlang’ich tushunchalarga ega bo’lish hamda yuklarni saqlashni tashkil etishni o’rganish.


Nazariy qism

Omborlar, ularning vazifasi va logistik funksiyalari. Omborlar klassifikatsiyasi va turlari.

Logistik tizimlarda moddiy oqimlarni harakatlanishi ma’lum bir joylarda ularni to‘plash va saqlash jarayonlari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Moddiy oqimlarni to‘plash joylari omborlar deb ataladi. Moddiy oqimlarni omborlar orqali harakatlanishi jonli mehnat bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ular pirovard natijada tovarlarning narxiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan moddiy oqimlarni omborlar bilan bog‘liq muammolari ularning logistik zanjirlarda harakatini ratsonallashtirish, transport harakati va ushlanib qolishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.


Zamonaviy yirik omborlar – bular bir-biri bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ko‘plab elementlarni o‘z ichiga oladigan, aniq bir tizimga ega bo‘lgan va moddiy oqimlarni o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator vazifalarni bajaradigan, shuningdek yuklarni qayta ishlash va iste’molchilarga taqsimlash ishlarini bajaradigan yirik texnik inshootlar bo‘lib hisoblanadi. Ayni paytda omborlar ularda qo‘llaniladigan qurilmalar, texnologik yechimlar, jihozlar konstruksiyalari va ularning xilma-xilligi, qayta ishlanadigan yuklarning turlari bo‘yicha omborlar murakkab tizimlar qatoriga kiradi. Shu bilan birga omborlarning o‘zi ham yanada yirik tizim – logistik zanjirning elementi bo‘lib hisoblanadi va u omborlar tizimida asosiy va texnik talablarni shakllantiradi, ularni optimal faoliyat ko‘rsatishi uchun maqsad va mezonlarni belgilaydi, yuklarni qayta ishlash uchun shartlarni belgilaydi.
Omborlarning asosiy vazifasi – zahiralarni to‘plash, ularni saqlash va iste’molchi buyurtmalarini uzo‘luksiz va ritmik ravishda ta’minlanishiga erishish.
Logisika konsepsiyasiga muvofiq, ishlab chiqaruvchi va transport, transport va iste’molchi o‘rtasida doimo ishlab chiqarishning notekis sikllarini tekislashga xizmat qiladigan, turlicha transportni iste’mol qiladigan va foydalanadigan omborlar ob’ektlari bo‘lishi lozim.
Shu boisdan moddiy oqimlarni logistik zanjirlarda ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga qadar harakati jarayonlarida turlicha saqlash va qayta ishlash, moddiy oqimlar shakli va ko‘rsatkichlarini o‘zgartiruvchi ob’ektlarining ta’sirini hisobga olish darkor.
Makrologistik darajada shu tarmoq tizimi davlat tassarufidagi milliy, mintaqaviy, xududiy va xo‘jaliklararo va texnologik o‘rin tutdigan omborlar xo‘jaligi o‘z ichiga oladi.
Omborlar ob’ektlarida moddiy oqimlar dinamik ko‘rinishdan statik ko‘rinishga qayta o‘tadi va uning teskarisi. Bundan tashqari, saqlash tizimida va moddiy oqimlarni qayta ishlashda bitta ko‘rsatkich kiritilib, ikkinchi ko‘rstakich chiqariladi. Ko‘rsatkichlar sifatida kuchlanish, quvvat, ritm, moddiy oqimlar tizimi, hamda mahsulotning turi va o‘rash usuli, transport yuklari to‘plami va h.k. e’tirof etiladi.
Logistik tizimga ayniqsa omborlar tizimiga kiruvchi yuklarni saqlash va ularni qayta ishlash tizimi tuzilsmasi quyidagi asosiy omillarga bog‘liq bo‘ladi:
– ishlab chiqarish hajmi va masshtablari (sotish);
– tayyorlanayotgan, sotilayotgan yoki iste’mol qilinayotgan mahsulot turlari;
– ishlab chiqarish (savdo-sotiq)ni ixtisoslashuvi va koorperatsiyasi darajasi;
– moddiy oqimlarni vujudga kelish texnologiyalari (tranzit yoki omborlarda)
– ishlab chiqarish texnologiyasi yoki boshqa faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari;
– omborlarni mexnizatsiyalashtirish va texnik jixozlash darajasi.

Yüklə 74,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin