3-4-sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish. Rejalashtirishga qoʻyiladigan talablarni oʻrganish. Dastur talablarining tahlilini qilish



Yüklə 4,16 Kb.
tarix20.06.2023
ölçüsü4,16 Kb.
#133302
3-4-sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish. Rejalashtirish-fayllar.org


3-4-sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish. Rejalashtirishga qoʻyiladigan talablarni oʻrganish. Dastur talablarining tahlilini qilish

3-4-sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish. Rejalashtirishga qoʻyiladigan talablarni oʻrganish. Dastur talablarining tahlilini qilish

Reja:


  • 3-4 sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish usullari

  • Rejalashtirishga qoʻyiladigan talablarni oʻrganish

  • Dastur talablarini tahlil qilish.

Dars jarayonida husnixatni rivojlantirish


  • Ona tili darslarida “Husnixat daqiqa”lari uchun 5-8 daqiqa vaqt ajratiladi. Chiroyli yozish ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bo‘g‘in, so‘z, gap matnni husnixat qoidalariga rioya qilgan holda ko‘chirib yozish; eshitib yozish va mustaqil yozish; matnni yozishda sarlavhaning yozilishiga, xat boshidan boshlash; so‘zlar orasidagi masofaning bir xilligiga, harflarning to‘g‘ri va aniq yozilishiga, tutashtirilishiga diqqat qaratiladi, hoshiyaga rioya qilish, o‘zining va o‘zgalarning yozuvini grafik tahlil qila olish kabi malakalari takomillashtiriladi.

Boshlang’ich sinflarda husnixatni o’rgatish


  • Boshlang’ich sinf o‘quvchilarini husnixatga o‘rgatishning asosiy vazifasi ularga husnixat yuzasidan amaliy bilimlar berish, tez, to‘g‘ri va chiroyli yozuvga o‘rgatishdir.

  • Husnixat va uni o‘qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini o‘rganadi, o‘qitishning muvaffaqiyati va kamchiliklarining sababini aniqlaydi, grafik xatolarni tekshiradi va ularning oldini olish, yo‘qotish usullarini topadi.

Husnixatga o‘rgatishning maqsad va vazifalari.


  • Birinchi sinfda yozuv darslari husnixat malakasini o‘qitish orqali olib boriladi.

  • Chiroyli va toza yozilgan xat yozayotgan shaxsning madaniyatini va uni o‘qiydigan kishiga nisbatan hurmatini ham belgilaydi.

  • Hozirgi kunda fan-texnika taraqqiyotining o‘sishi orqali kundalik hayotimizda turli-tuman (qog‘ozlardan) hujjatlardan keng foydalanamiz, har xil konspektlar, ish qog‘ozlari, hisobotlar keng o‘rin olmoqda. Bularning hammasi faqat chiroyli va aniq yozish bilan birga, tezlikni ham talab etadi.

Chiroyli yozuvga o‘rgatish uchun bolalarning maktabga qadam qo‘ygan kunlaridan boshlab quyidagi vazifalarni bajarishlari talab etiladi. 


  • 1. Yozuv vaqtida partada to‘g‘ri o‘tirish. 2. Ruchkadan to‘g‘ri foydalanish. 3. Daftardan to‘gri foydalanish. 4. Yozma va bosma harflarning shakli bilan tanishtirish. 5. Yozma shakldagi harflar yordamida bo‘g‘in, so‘z va gap tuzishga o‘rgatish.

3-4 sinflarda husnixat…


  • 3- va 4-sinflarda alohida husnixat darslari o’tkazilmasa ham, yozuvga o’rgatish qoidalari ona tili darslari bilant qo’shib olib boriladi. Ya'ni har bir ona tili darsining 8-10 daqiqasi husnixatga ajratiladi. 3-sinfdan boshlab bolalarda chamalash qobiliyatining o’sib borishi, qo’l va barmoq muskullarining taraqqiy etishi bilan ularda tеz va mayda yozuv shakllana boradi.

  • 3-sinfda chiroyli yozuvga o’rgatish yuzasidan olib borilgan mashqlar har bir ona tili darsida 4-5 qatordan oshmasligi kеrak. Bu sinfda bosh harflarning yozilishini takrorlash bilan birga ayrim ish qog’ozlarini yozish qoidalari ham tushuntiriladi. Ish qog’ozlarini aniq, ozoda va to’g’ri bajarish shu sinfdan boshlab talab etiladi.

  • Ish qog’ozlari (xat, adrеs, ya’ni manzilgoh, tilxat, ariza kabilar) qanday yozilishini o’qituvchining o’zi namuna sifatida yozib ko‘rsatishi lozim. Bu sinfda ham o’quvchilarga yozuv qoidalari eslatib turiladi. Yozuv mashqlarini o’stiruvchi mashqlar ona tili daftarida bajartiriladi. Uy vazifasi uchun bеrilgan mashqlar bir bеtdan oshmasligi kеrak.

TAMOM !



http://fayllar.org
Yüklə 4,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin