Onaginam, senday yaqin do‘st yo‘q ekan, Mehringga-ku, umuman gap-so‘z yo‘q ekan



Yüklə 17,32 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü17,32 Kb.
#42369


Onaginam

Onaginam, senday yaqin do‘st yo‘q ekan,

Mehringga-ku, umuman gap-so‘z yo‘q ekan.

Sen qilgan bu duolar-u tilagingning,

Oldida bosh egaman sof yuragingning.

 

Qani bitta mo‘jiza ro‘y bersa edi,



Yo bir sehr qo‘llarimdan kelsa edi.

Onajonim, ko‘zlaringda nur bo‘lardim,

Mehribonim, yo‘llaringda gul bo‘lardim.

 

Onaginam, kel, poyingga men tiz cho‘kay,



Meni boqqan qo‘llaringdan, kel, bir o‘pay.

Bag‘ringga bosh qo‘ysam, g‘amlar chekinadi,

Yuragimdan g‘am-alamlar to‘kiladi.

 

Qani bitta mo‘jiza ro‘y bersa edi,



Yo bir sehr qo‘llarimdan kelsa edi.

Onajonim, ko‘zlaringda nur bo‘lardim,

Mehribonim, yo‘llaringda gul bo‘lardim.

 

Qani bitta mo‘jiza ro‘y bersa edi,



Yo bir sehr qo‘llarimdan kelsa edi.

Onajonim, kim bo‘lsam ham bu dunyoda,

Mehribonim, sening uchun qul bo‘lardim.

 

Onaginam, senday yaqin do‘st yo‘q ekan,



Mehringga-ku, umuman gap-so‘z yo‘q ekan.

Onajonim, tilagim bor alohida:



Asrasin yo Rabbim seni panohida.
Yüklə 17,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin