Oʻquvchiga uyda yakka tartibda taʻlim olishni tashkil etish toʻgʻrisida



Yüklə 20,54 Kb.
tarix20.09.2023
ölçüsü20,54 Kb.
#146189
ЯККА ТАРТИБДЛА УЙ ТАЪЛИМИ БУЙРУҒИ


Oʻquvchiga uyda yakka tartibda taʻlim olishni tashkil etish toʻgʻrisida

Vazirlar Mahkamasining 12.10.2021-yildagi “Alohida taʻlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʻlim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 638-son qarori 4-ilovasi bilan tasdiqlangan “Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarga uyda yakka tartibda taʻlim berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom ijrosini taʻminlash maqsadida,


BUYURAMAN:
1. Sharof Rashidov tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirining 14-sentabr 2023-yildagi 815-3-46-XT/2023-son buyrugʻiga asosan Asatullayeva Odina Mansur qizining uyda yakka tartibda taʻlim olishiga ruxsat etilgani maʻlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Uyda yakka tartibda taʻlim olayotgan o‘quvchi Asatullayeva Odina Mansur qizi toʻgʻrisidagi maʻlumotlar 1-ilovaga, 2023/2024-oʻquv yili uchun tuzilgan dars jadvali 2-ilovaga, oʻquv rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻquv ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Anorboyev Faxriddin va maktab psixologi Nazarqosimov Erkinga:
- oʻquvchiga uyda yakka tartibda taʻlim olishi uchun barcha meʻyoriy hujjatlarni Nizom asosida rasmiylashtirish;
- oʻquvchining uyda yakka tartibda taʻlim olishi uchun taʻlim muassasasi va ota-onasi tomonidan yaratib beriladigan barcha shart-sharoitlarni nazorat qilish;
- oʻquvchining uyda yakka tartibda taʻlim olishi uchun taʻlim muassasasi va ota-onasi tomonidan yaratib beriladigan barcha shart-sharoitlarni oʻrganish va mudir huzuridagi yigʻilishlarda muhokamaga qoʻyish vazifalari yuklatilsin.
4. Oʻquv ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Anorboyev Faxriddinga:
- oʻquvchining uyda yakka tartibda taʻlim olishini tashkil etish boʻyicha taʻlim muassasasining dars jadvalini ishlab chiqish;
- oʻquvchilarning uyda yakka tartibda taʻlim olishini tashkil etish boʻyicha belgilangan tartibda dars jadvalini ishlab chiqish;
- zaruriyatga qarab doska, parta, stul, darslik va oʻquv adabiyotlari hamda qishki kiyim bilan taʻminlash;
- oʻquvchiga dars beruvchi fan oʻqituvchilarini oʻz vaqtida mashgʻulotlarni oʻtishini, dars rejalarining mukammalligini, oʻquvchining baholash daftarlarini yuritilishini nazorat qilish va oʻzlashtirish samaradorligini yigʻilishlarda tahlil qilish;
-oʻquvchiga dars beruvchi fanlar: ona tili fani 2-soat, o`qish fanidan 2-soat, matematika fanidan 3-soat, texnologiya 0.5-soat, tabiiy fan 0,5-soat, tasviriy sa'nat 0,5-soat darslari Elmuratova Xosiyatga berilsin. Ushbu o`qituvchiga darslarni oʻz vaqtida oʻtishini, dars rejalarining mukammalligini, oʻquvchining baholash daftarlarini yuritilishini nazorat qilish va oʻzlashtirish samaradorligini yigʻilishlarda tahlil qilish;
- uyda yakka tartibda taʻlim olish muddati 2024-yil 25-may kuni tugashini nazoratga olish vazifalari yuklatilsin.
5. Oʻquvchining yashash joyigacha 1,5 kilometr masofa boʻlganligi sababali oʻquvchi uchun dars berayotgan oʻqituvchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi miqdorida yoʻl haqi kompensatsiyasi toʻlanishi belgilanganligi o`rganish jarayonida o`quvchi yashahs joyiga o`qituvchi yashash joyi 800 metrni tashkil qilganligi uchun o`qituvchiga kompensatsiya to`lanmaydi.

6. Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.




Asos: Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 12.10.2021-yildagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarga uyda yakka tartibda taʼlim berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 28.01.2013-yildagi 5-SP, 3, 10-son qaroriga ilova “Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda nogiron bolalarni uyida oʻqitganlik uchun umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga yoʻl haqi kompensatsiyasi tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (roʻyxat raqami 2435, 05.03.2013-yil), o‘quvchining shaxsiga oid va tibbiy hujjatlari, o‘quvchining yashash manzili va umumta’lim maktabi o‘rtasidagi oraliq masofa haqida ma’lumot (dalolatnoma), tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudirining buyrugʻi.

Buyruq bilan tanishdim




Anorboyev F




Buyruq bilan tanishdim




Nazarqosimov E

Yüklə 20,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin