Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomidan Nizom asosida ish yurutuvchi rektor B. Maxkamov (bundan buyon «Buyurtmachi» deb yuritiladi) bir tomondan, ikkinchi tomondan nizom asosida ish yurituvchi ART ZAMIN MCHJ rahbari E. Xamraqulov (bundan buyon “Sotuvchi” deb yuritiladi) quyidagilar haqida ushbu shartnoma tuzidilar.
I. SHARTNOMA PREDMETI 1.1. “Sotuvchi” o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotish, “Buyurtmachi” esa qabul qilib olingan maxsulot yoki tovar (ko‘rsatilgan xizmat) uchun to‘lovlarni belgilangan tartibda amalga oshirish majburiyatini oladilar.
II. SHARTNOMA NARXI
Tovarlarning shartnomaviy umumiy narxi: QQS bilan hisoblanganda (ikki yuz oltmish bir million uch yuz to‘qson olti ming)so‘m.
III.HISOB-KITOB QILISH TARTIBI. 3.1. “Buyurtmachi” yetkazib berilgan tovarlarning 30 % (foiz) miqdorida pul mablag‘ini oldindan o‘tkazish yo‘li bilan to‘lovni amalga oshiradi. Qolgan 70% (foiz) qismini “Sotuvchi” tomonidan tovarlar to‘liq yetkazib berilib, hisob - fakturalarni taqdim qilingandan so‘ng amalga oshiriladi.
IV. TOVAR YETKAZIB BERISH MUDDATI. 4.1. “Sotuvchi” mazkur shartnoma qonuniy kuchga kirgandan so‘ng va “Buyurtmachi” tomonidan 30% oldindan to‘langandan so‘ng tovarlarni 5 kun muddat ichida “Buyurtmachi” ga yetkazib berishi shart.
V. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI. 5.1. “Sotuvchi” ning huquqi va majburiyatlari:
- Shartnomada ko‘rsatilgan talablarga rioya qilgan xolda o‘z vaqtida “Buyurtmachi”ga yеtkazib berishi kerak;
- Tegishli darajada tovar еtkazib berilgandan so‘ng, sifatli bo‘lmagan tovarni ushbu sharnomaning 2-bandi talablarida ko‘rsatib o‘tilgan shartnomaning umumiy so‘mmasidan sifatli bo‘lmagan tovar baxosini qaytarib berish.
- Sifatsiz tovar xaqida “Sotuvchi” xabarnoma olgandan so‘ng tomonlar o‘rtasida sifatsiz tovarlarni qaytarib berish bo‘yicha o‘zaro dalolatnoma tuziladi.
5.2. “buyurtmachi” ning huquq va majburiyatlari:
- “Buyurtmachi” shartnomada belgilangan talablarga rioya qilgan xolda to‘lovlarni amalga oshirish, tovarni dalolatnoma tuzib ushbu shartnomada va qonun hujjatlarida belgilangan butlash tartibiga, soniga, sifatiga qarab o‘z vaqtida maxsulotni qabul qilib olishi lozim.
- Tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovar kelib tushganligi aniqlangandan so‘ng, ushbu to‘g‘risida tegishli dalolatnoma tuzilib bu haqida 3 kun ichida “Sotuvchini” ni ogohlantirishi kerak.