O‘quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash



Yüklə 32,3 Kb.
səhifə1/2
tarix01.05.2023
ölçüsü32,3 Kb.
#105619
  1   2
tim tim savollar javoblar


1. O‘quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash

O'quvchilarning bilish faolligini taraqqiy ettirishda sinf rahbarining vazifasi quyidagilardan iborat: 1. Bilimga qiziqish va muhabbat uyg'otish. Bola bilimga qiziqmasdan turib, o'qishga intilmaydi, muvaffaqiyatli o'qiy olmaydi. Bolada o'z kuchiga va qobiliyatiga ishonch hosil etish, o'qishga jalb etish, ilk yutuqlari uchun rag batlantirish ayniqsa ahamiyatlidir. Boladagi o'qishga qiziquvchanlik qiyinchiliklarni yengishga, faolligini oshirishga, ishonch uyg'otishga va mustaqilligi kamol topishiga olib keladi. 2. O'quv mehnatiga ongli munosabatda bo'lish va unga mas'uliyat bilan yondashish. O'quv mehnatiga ongli munosabatda bo'lishlik ta'limning ijtimoiy, o'qishning shaxsiy ahamiyatini tushunish demakdir. Sinf rahbarlari o'quvchilarga ularning bosh vazifasi - o'qish ekanligini tushuntirishi kerak. O'qishga mas'uliyat hissi, faqat Vatan oldidagi burchgagina emas, keng ijtimoiy qamrovli - jamoa, o'qituvchilar, ota-onalar va o'z oldidagi mas uliyat, ularning fikrlari, ma qullashlarini eshitishga intilish, sinf, o'quv jamoasida munosib o'rinni egallashga ham tegishlidir. 3. O'quv madaniyatini oshirish. O'zlashtirishning past bo'lishi aksariyat hollarda, o'quvni tizimli va rejali olib borish iqtidori va ko'nikmasining bolalarda shakllanmaganligidan kelib chiqadi. Sinf rahbarining va fan o'qituvchilarining asosiy vazifasi har biro'quvchining faoliyatini quyidagi shartlar asosiga qurish bilan bog'liq: Faoliyatni reja asosiga qurish. Qunt bilan ishlash. Pala-partishlikka yo'l qo'ymaslik, saranjomlikka o'rganish. Bilim sifatini oshirish. Qiyinchiliklarni yengish. O'quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish. Bu degani o'quv mehnatini o'quvchining dam olishi bilan to'g'ri almashtirib borilishidir. 7. O'qishda o'rtoqlarcha o'zaro yordam uyushtirish. O'rtoqlarcha o'zaro yordam sinfda ulgurmovchilikning oldini oladi, sinf jipsligini oshiradi, jamoatchilik ruhining shakllanishiga olib keladi. 8. Sinfo'qituvchilari bilan hamkorlik. Sinf rahbari ta'lim-tarbiyaviy ishlarni yakka o'zi emas, balki shu sinfda dars beruvchi boshqa o'qituvchilar bilan hamkorlikda olib boradi. Endi bevosita ana shu ishlar mazmuni bilan tanyshib chiqamiz. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish jarayonida o qish nafaqat har kimning shaxsiy ishi, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan ish ekanligini o quvchilarga tushuntirib boradi. Mustaqil davlatimiz, butun xalqimiz maktab dargohidan chuqur bilimli, hayotga har tomonlama tayyorlangan kishilarning yetishib chiqishini kutmoqda. Bular haqida sinf majlislarida, har bir o'quvchi bilan alohida yoki bir guruh o'quvchilar bilan o'tkaziladigan suhbatlarda, turli tarbiyaviy tadbirlarda sinf rahbari batafsil gapirib beradi. O'qish bu jiddiy mehnat ekanligini va bunga astoydil yondashish, katta mas uliyat bilan qarash kerakligi bolalarga tushuntirib boriladi.


2. Tarbiyaviy ishlar metodikasi faning maqsad va vazifalari


milliy va umuminsоniy qadriyatlardan kеng fоydalanishi ,tarbiyaviy tasirga ega bolgan manbalarni ajrata bilish. Oquvchilar jamоasining tarbiyaviy darajasini organib ,unga tarbiyaviy tasir korsatish maхоratiga ega bolishi: Tarbiyaviy tadbirlar uchun zarur mеtоdlarni tanlab ,kozlangan maqsadga erishish chоra – tadbirlarini kora bilishi :Ilgоr tajribalarni kozatib , taхlil qilib,undan ijоdiy fоydalanish:
Tarbiyaiy tadbirlarni oquvchilarning ruхiyatiga qanchalik ijоbiy tasir etganini kozatib, uni yanada rivоjlantirishi ,takоmillashtirishi :
Tarbiyaviy ishlarning samaradоrligini оshirishda oz bilimini tarkibi ravishda bоyitib bоrishi lоzim.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish mеtоdikasi kursining maqsadi:
- bolajak oqituvchi – tarbiyachilarda tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishni nazariy va amaliy asоslari хaqida bilim bеrish:
- insоnni manaviy barkamоl qilib tarbiyalashda ozbеk хalqining milliy va manaviy qadriyatlaridan fоydalanish,manbashunоslikka orgatish.
- tarbiyaviy tadbirlarni rеjalashtirishda oquvchi-yoshlarni ruхiyati,qizqtirish,jamоdagi ijоbiy va salbiy sifatlarni mavjudligi darajasiga etibоr bеrish.
- tarbiyaviy tadbirlarni sifat va samaradоrligini оshirishda yangicha ishlash mеtоdi va shaqlllaridan fоydalanish sanatiga ega bolishi kеrak.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning uslubiy asоsi otmishdan qоlgan хalq оgzaki ijоdiyoti va yozma yodgоrliklari ,хalq arbоblari,Orta Оsiyo muttafakkir, ma’rifatparvar,оlim ,pеdagоglarining bоy mеrоsidir.
Shu bilan birga , Islоm dini va tasavvur оlamiga оid talimоtlar ,Хadis va Хadisshunоs оlimlarning ijоdiyoti,Garb va Shark оlimlarining asarlari tarbiyaviy ishlarni bоlalar qalbiga еtkazish qоnun – qоida, usul va yollarini korsatuvchi mеtоdоlоgik asоsdir.Ayniqsa, kоmil insоnni tarbiyasiga оid ilmiy-mеtоdik ,оmmaviy adabiyotlar ,shuningdеk,Rеspublika Prеzidеntimizning bir qatоr asarlari yosh avlоdni tarbiyalashga оid gоyalar tarbiyaviy ishlar tizimini mеtоdоlоgik asоsi bolib хizmat qiladi.
Tarbiyaviy ishlar mеtоdikasi fanining asоsiy manbalari :
Milliy umuminsоniy qadriyatlar .
Islоm talimоti.
Ozbеk milliy urf-оdatlari
Dоnоlar bisоti.
Ozbеkistоn Rеspublikasining ramzi, madхiyasi,bayrоgi,Kоnstituttsiyasi.
Ozbеkistоn maktablaridagi ilgоr tajribalar. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning tizimi:
Milliy istiqlоl talabiga javоb bеradigan barkamоl insоnni tarbiyalashga qaratilgandir.
Barkamоllikning birinchi namunasi Vatanga muхabbat,Vatan tuygusi ,gururi va uni sajdagох sifatida ardоqlashidir.
Vatanga muхabbat zaminida insоnpavarlik tuygusi tarbiyalanadi.
Insоnparvarlikdan baynalmilallik va birdamlik kеlib chikadi.
Tarbiyaviy ishlar mеtоdikasi fanining bоshqa fanlar bilan alоqasi:
Tarbiyaviy ishlar mеtоdikasi fani osib kеlayotgan yosh avlоdni barkamоl insоn qilib tarbiyalash uchun tarbiyaning mazmuni, umumiy qоnuniyatlari, tamоyil va mеtоdlariga dоir bilimga ega bolmоq lоzim. Tarbiyaviy ishlar mеtоdikasi umumiy pеdagоgikani bir tizimi bolib u umumiy pеdagоgikani qоnuniyatlari asоsida yaratilgan.
Tarbiyaviy ishlar mеtоdikasi quyidagi fanlar bilan alоqada osib ulgaymоqda: falsafa, sоtsiоlоgiya, iqtisоdiyot, anatоmiya – fiziоlоgiya, psiхоlоgiya, ijtimоiy pеdagоgika, maхsus pеdagоgika, pеdagоgika tariхi, pеdagоgik mahоrat kabilar.
Kоmil insоn tarbiyasi juda kop qirrali va murakkab bolganligi sababli hamma fanlar unga komakdоsh boladi. Buyuk allоma Abu Nasr al Farоbiy «Talhizu Navоmis» (Aflоtun qоnuniyatlarini mоhiyati) asarida insоn kamоlоtini falsafa fanining ta’sirida rivоjlinishini shunday korsatgan edi: «Yaхshi fazilatga ega bolgan shahar ahоlisi eng baхtiyor оdamlar bolishlari, qоnunlarga iхtiyoriy boysunishini ta’minlash uchun qоnunlarni takоmillashtirish, ulardagi qоidalarni mustahkamlashdir».

3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishga qo`yilgan talablar


O‘quvchilarga tarbiya berish ularga ta’lim berish bilan mustahkam va yaxlit birlikda amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning o‘z vazifasi, mazmuni, shakl hamda uslublari bor. O‘quv-tarbiyaviy jarayonning uzviyligi maktab oldiga qo‘yilgan eng muhim pedagogik qoidalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ham sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o‘quv jarayoni bilan bog‘langandir. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarda asosiy vazifalari bo‘lmish ilm olishga ishtiyoq uyg‘otish, qobiliyati va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratishdan, maktabni muvaffaqiyatli tugatish, kasb-korga intilish hissini tarbiyalashdan iboratdir. Yoshlarning kundalik ehtiyojlari, intilish-lari, talab va qiziqishlarini faqat dars jarayoni bilan qondirib bo‘lmaydi. Sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quv-chilar faoliyatining barcha qirralarini qamrab olmog‘i lozim. Har bir o‘quvchi bilan yakkama-yakka ishlash, uni ijtimoiy-ruhiy jihatdan o‘rganish sinf faoliyatiga yangicha mazmun olib kiradi.

Yoshlarning g‘oyaviy-siyosiy ongini shakllantirish, ularda atrof-muhitga, jamiyatga ongli munosabatda bo‘lish, jonajon Vatanini cheksiz sadoqat bilan sevish, xalqimizning milliy qadriyatlarini e’zozlash hissini tarkib toptirish – vatanparvarlik tarbiyasining mag‘zi bo‘lmog‘i lozim. Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy shakllarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishini talab etmoqda. Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim:


4. Sinf faollarini aniqlash.
Har bir ishning o‘ziga xos, ma’lum qonun-qoidalari bo‘lganidek, bola tarbiyasining ham o‘ziga xos bir qator muhim qonun-qoidalari borki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo‘ulishini ta’minlaydi. Chunonchi, - tarbiyanmg bir maqsadga qaratilganligi; - tarbiyaning hayot, mehnat bilan, O‘zbekistonimizning mustaqilligi, gullab yashnashi yoiida qilinayotgan fidoiy ishlar bilan boglanishi; - o‘quvchini jamoada, jamoa orqali tarbiyalash; - tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik; - tarbiyaviy ishlarning izchilligi, muntazamligi hamda birligi; - rarbiyada o‘quvchilarning yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi. Tarbiya maqsadini belgilashda jamiyat talablari, davr nafasi, milliy xususiyatlar asos qilib olinadi. Tarbiyaning maqsadi - har tomonlama kamol topgan - mukammal inson shaxsini tarbiyalashdir. О ‘qituvchilar jamoasi va har bir o‘qituvchi-tarbiyachi ana shu maqsadlardan kelib chiqib, tarbiyaviy ishlaming, vazifalarini belgilaydi, uning mazmunini aniqlaydi hamda maktab ish sharoitlarini hisobga olgan holda o‘quvchilami tarbiyalashning shakl va uslublarini tanlaydi. Tarbiyaning hayot bilan bog4liqligi qoidasi tarbiyaviy ishlaming mazmuni va tashkil etilishini doimo yangilab turishini talab etadi. Tarbiyachilar bolalar tarbiyasini hayot bilan bogTar ekanlar, ularga o‘zlarida iymon-e’tiqodni tarbiyalash imkonini beradilar. Tarbiyaviy ishlar shunday tashkil qilinganda yoshlar jamiyat hayotiga faolroq jalb qilinadi, bu esa o‘quvchi shaxsining tarkib topishiga yordam beradi. О ‘quvchini jamoa orqali tarbiyalash. Ilg‘or о‘qituvchilar tajribasining ko‘rsatishicha, o"quvchilar ahil jamoa bo‘lib uyushgandagina tarbiya ishlarida faol o‘quvchilarga tayanish, o‘quvchilarni turli ishlarni birgalikda bajarishga odatlantirib. ularga jamoatchilik ruhini singdirib borish mumkin. Tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoniga o‘tganda yuksak darajaga erishiladi. Ayrim o‘quvchilar va umuman jamoa o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi, o‘ziga va bir-biriga talablar qo‘yadi va o‘z-o‘zini nazorat qiladi. Sinf rahbari va o‘quvchilar jamoasi okz niyatlari va ishlarida birgadirlar. Jamoani shakllantirish yuzasidan olib boriladigan barcha ishlar juda qiziqarli boiib, bu ish sinf rahbarining asosiy ishi boTib hisoblanadi. Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashning eng ishonchli usuli - o‘quvchilarni ular bilan darsda, darsdan tashqarida, maktabda, maktabdan tashqarida o‘zaro faol 152 hamkorlik qilish darajasida kuzatishdan iboratdir.

5. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati


Sinf rahbari nazoratchi — o‘quv-tarbiyaviy jarayonda o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlaydi (davomatni nazorat qiladi, o‘quvchilar uchun kerakli sharoitni yaratishga ko‘maklashadi, o‘quvchilarning ota-onalarga bo‘lgan munosabatlarini aniqlaydi, o‘quv-tarbiya jarayoniga e’tiborsizlik, mas’uliyatsizlik, sinfdosh- lari va o‘qituvchilarga esa hurmatsizlik, manmanlik qilayotgan o‘quvchilar bilan yakka holda ish olib boradi).
Sinf rahbari ilm mamlakatiga boshlovchi — o‘qishga bo‘lgan qiziqish va xohishni tashkillashtiradi (o‘quvchilarga qo‘yilgan talablar bilan ota-onalar va o‘quvchilarni tanishtiradi, tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qiladi, mustaqil ishlashda o‘quvchilarga yordam ko‘rsatadi).
Sinf rahbari axloqli, namunali, ma’naviy ustoz — o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda hamda o‘quvchilar va o‘qi- tuvchilar o‘rtasida vujudga keladigan ziddiyatlarni hal etishda, o‘quv-tarbiya jarayonida ichki tartib-qoidalarga rioya qilishlikda, ularni kerakli me’yorda bajarishlariga ko‘maklashadi (o‘zini tuta bilish, muomala qilish madaniyatiga o‘rgatadi, odob-axloq mavzularida suhbatlar, yakka holda ishlar olib boradi, axloqiy normalarni va ichki tartib-qoidalarni buzgan yoki buzayotgan o‘quvchilar bilan ularning haq-huquqlari va vazifalari to‘g‘risida yakka, jamoaviy suhbatlar o‘tkazadi, ularning tartib-intizomiga baho beradi, axloqiy, ijtimoiy, huquqiy mavzularda turli tadbir- lar tashkil etadi va boshqalar).
Sinf rahbari madaniyat sohibi — umuminsoniy va madaniy qadriyatlar asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiladi (eks- kursiya tashkil qiladi, teatr, muzey va ko‘rgazmalarga jamoa bo‘- lib boradi, madaniyat mavzusida kecha va suhbatlar o‘tkazadi, maktabda tarbiyaviy tadbirlar, bahs-munozaralar o‘tkazadi).
Sinf rahbari ijtimoiy pedagog — o‘quvchilarning har xil ijtimoiy muammolarini yechishga ko‘maklashadi, (uy va maktabda o‘zaro muloqot uchun sharoit yaratadi, o‘quvchi huquqlarini himoya qiladi, o‘quvchilarda ijtimoiy hayot ko‘nikmasini shakl- lantiradi).
Sinf rahbari o‘quvchilarning yaqin do‘sti — o‘quvchilarni turli xil faoliyatlarga kirishishlariga ko‘maklashadi, o‘quvchilarga bo‘lgan g‘amxo‘rlikning bir qismini o‘ziga oladi (guruhda ja- moaviy ijodiy faoliyatni tashkil qilishni shakllantiradi, o‘quv- chilarga o‘zini-o‘zi tushunishida, o‘ziga-o‘zi baho berishida, biror-bir faoliyatga o‘z imkoniyati va e’tiborini qaratishiga yor- damlashadi (suhbat, trening, o‘yinlar o‘tkazib, o‘quvchilar bilan yakka ishlaydi).
Sinf rahbarining tashkilotchilik qobiliyati. Tashkilotchilik qo- biliyati — bu shaxs individual xususiyatlarining shunday biriku- viki, kishiga u yoki bu ishni tez, ishonchli, o‘ziga ishongan holda tashkil etishga imkon beradi. Tashkilotchining umumiy shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi:
Chuqur bilimga egalik — talab etilayotgan ishni tashkil etishni bilish;
Faollik — amaliy vazifalarni bajarishda g`ayrat-shijoat bilan harakat qila olish;
Tashabbuskorlik — alohida ijodiy faollik ko‘rsatish, g‘oya va takliflar kiritish;
Kirishimlilik — o‘zgalarga oshkoralik, muloqotga tayyor- lik, kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyoji;
Ziyraklik — hodisalarning mohiyatiga qadar yetish qobiliyati, ularning sabab va oqibatlarini ko‘ra olish, asosiysini belgilash;
Qat’iyat — iroda kuchi, tirishqoqlik ko‘rsatish, ishni oxiri- ga yetkazish mahorati;
O‘zini tuta bilish — murakkab vaziyatlarda o‘z hissiyotini, o‘z xulqini nazorat qila olish qobiliyati;
Ishchanlik — chidamlilik, jiddiy ishlarni bajarish qobili- yati, uzoq muddat charchamaslik;
Ko‘zatuvchanlik — ko‘ra olish mahorati, yo‘l-yo‘lakay diq- qatga sazovor joylarini belgilash, xotirada tafsilotlarni saq- lay olish;Mustaqillik — mustaqil hal etish, vazifani o‘zi tomonidan bajarish yo‘llarini topish mahorati, javobgarlikni o‘z us- tiga ola bilish;
Hamjihatlik (uyushqoqlik) — o‘zini ishning zarur tartibiga bo‘ysundira olish qobiliyati, o‘z faoliyatini rejalashtirish, izchillik, ixchamlikni namoyon etish.

6. Tarbiyada muomala mahorati


Maxorat» degan so‘z ilgari «usta» maonosida faqat bir necha kasb nomlari (xunarmandchilik) bilan bolangan edi.Misol uchun: - zargarlik mahorati, oshpazlik mahorati....Ammo XX asr boshida bu tushunchasi ijodiy kasb faoliyati bilan bolab ketdi. Masalan: so‘z ustasi – yozuvchi, rifma ustasi – shoir, mo‘yqalam ustasi – rassomchi, saxna ustasi – aktyor…Shu bilan birgalikda «pedagog-usta» tushuncha - yuksak malakali pedagog maonoda ishlatiladi, chunki pedagogik faoliyati bu albatta ijodiy faoliyatdir.Bo‘lajak o‘qituvchilarga pedagogik mahoratni egallashda yordam berish uchun, ularga bu tushunchasi ‘aqida aniq va chuqur tasavvur berish kerak.
Talabalar pedagogik jarayonning murakkabligini va ko‘p qirraligini, uni boshqarish uchun pedagog-ustasi bo‘lish zaruriyatini tushunishlari lozim.
«Pedagogik mahorat» tushunchasi murakkab bo‘lib quyidagi komponentlardan (tarkibiy qismlardan) iborat.
I - O‘qituvchining shaxsi va uning kasb faoliyatiga ijobiy munosabati;
II - kasbga oid bilimlar;
III - kasbiy faoliyatiga oid qabiliyatlar; ko‘nikma va malakalar;
IV - kasbiy ijodkorlik.
Ushbu qobiliyatlar pedagogning asosiy funksiyalarga mos keladi. Bular quyidagilar:
a) tashkilotchilik qobiliyati - o‘qituvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, mu’im vazifalarni ‘al etishga ru’lantirishni va o‘z ishini to‘ri uyushtrishni nazarda tutish (xususan o‘z ishini to‘ri rejalashtira olish va uni nazorat qila bilish, uni konkret ‘ollarda bor sharoitlarga moslashtirish);
b) to‘ri muomala qila olish (kommunikativ) qobiliyati - bolalarga yaqinlasha olish, ular va ularning ota-onalari bilan pedagogik va psixologik nuqtai nazardan samarali o‘zaro munosabatlar o‘rnata bilish;
Har bir tarbiyachining dunyoqarashi, tarbiyalanganligi, odobliligi uning muomalasida namoyon bo‘ladi. Muomalani asosiy vositasi til. Xalqimizda shunday naql bor «Bola shirin so‘zning gadoyi», bas shunday ekan tarbiyachi muomalasida tilga juda ehtiyotkor bo‘lishi kerak. Tili shirin, xushmuomala o‘qituvchi eng obro‘lidir. ».Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi aktyor bo‘lishi muhim. Chunki ta’lim-tarbiya berish vaqtida uni o‘quvchilar yodida saqlanib qolishi uchun har xil usullar bilan o‘quvchilarga yetkazib berish kerak. Har xil obrazga kirishish va ularni o‘quvchi ko‘z o‘ngida gavdalantirishi kerak.
Boshlang‘ich sinfda ta’lim berish jarayonining asosiy vazifasi o‘quvchilarning nutqini rivojlantirish hisoblanadi. Nutq borasida esa ularga asosiy namuna bu boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi hisoblanadi. Agar namunaning o‘zi kamchilikka boy bo‘lsa uni o‘quvchilarini kamchiliklarini tasavvur qilish qiyin emas.
7. Tarbiya usullari va shakllari.


Maqsad, mazmun, shakl kategoriyalari tarbiya jarayonining mohiyati (u nimaga qaratilgan, nimani toʻldiradi, nimaga yoʻnaltirilgan, qanday shaklda tugallanadi)ni ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda qanday qilib tarbiyalash savoli bilan aloqador yana bir muhim kategoriya ham mavjud. Bu tarbiya metodi tushunchasidir.


Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yoʻl) tarbiya maqsadiga erishishning yoʻli. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, iroda, tuygʻulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.


Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi oʻzining imkoniyatiga koʻra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda oʻzining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qoʻyilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi oʻzining tarbiyalanuvchilari bilan yoʻl ochadigan oʻrganilmagan soʻqmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yoʻllar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni toʻgʻri qoʻllay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana shunda.


Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullar deganda ta’sir koʻrsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yigʻindisi tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni koʻrsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni koʻrsatish – bu usullar. Soʻz (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika taqkoslash – usullar. Bu bilan bogʻliqlikda ba’zan tarbiya metodlari qoʻyilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud boʻladi.

8. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari.


Sinf o‘quvchilari bilimining sifatini oshirish, tula uzlashtirishga erishish sinf rahbarining muhim vaziflaridan biridir. CHunki bu o‘quv ishigina emas, balki tarbiyaviy vazifa hamdir. Bilimlarni egallashga qiziqish, diqqat, qat’iyat, tirishqoqlik va sabotlilik o‘quvchilar bilimi sifatini oshirishning muhim shartidir. Shuning uchun ham sinf rahbari o‘quvchilarda shu xususiyatlarni shakllantiradi, o‘quv vaziflariga ongli munosabatni tarbiyalaydi. Sinf rahbari shu maqsadda fan oqituvchilarining darslariga qatnashadi, ular bilan suhbatlashadi, oz o‘quvchilarining darslariga munosabatini, uzlashtirishlarini doim nazorat qilib turadi. Sinf jurnallarini, o‘quvchilar kundalik daftarlarini kuzdan kechirib, baholarini tahlil qiladi.


O‘quvchilar bilimining sifatini oshirishga ota - onalarni ham jalb etish kerak. Ularga o‘quvchilar oldida ma’ruzalar, estalik va xotiralar bilan chiqishlarini, suhbatlar utkazishni, sayir va ekskursiyalarga olib borishga yordamlashishlarini topshirish mumkin.
Ilgor sinf rahbari tajribasi shuni kursatadiki, tarbiyachilar bolaga nisbatan koproq talabchan bolish va uning mumkin qadar kuproq sevish kerak degan qoidaga qattiq amal qilgan joyda ta’lim - tarbiya berish uchun eng yaxshi sharoit yuzaga keladi.
O‘quvchilarning sinfdan tashqai oqishlarini tashkil qilish sinf rahbarining boshqa oqituvchilar bilan ishlashida kurib chiqiladi. Sinf rahbarlari sinfdan tashqari oqish boyicha oqituvchilar, ota - onalar utkazadigan tadbirlarni yulga solib boradilar va o‘quvchilarning mustaqil oqishlariga umumiy rahbarlik qiladilar.
Yosh kitobxonlarga pedagogik jihatdan tugri ta’sir kursatish vositalari va yullarini aniqlab olish maqsadida ularni urganish yoki kitobxonlarning guruhiy toifalarini aniqlashni tashkil etish sinfdan tashqari oqishga rahbarlik qilishning murakkab jihatlaridan biridir. Yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashni, uzining hayotini, kuchini, bilimi hamda tajribasini xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishga bagishlangan otmishdagi va hozirgi vaqtdagi ajoyib kishilarning hayot yollarini urganishsiz tasavvur qilib bolmaydi. Sinfdan tashqari o`qish mustaqil davlatimizning qurilish muvaffaqiyatlari, olimlarimiz, uzbek adabiyoti va san’ati erishgan yutuqlar tugrisidagi manbalar, gazeta va jurnallardan olingan o‘quvchilarga kursatadigan ta’siri yanada kuchayadi. Bu manbalarning mazmundorligi, rang - barangligi, dolzarbligi yosh kitobxonlarning ehtiyojlari hamda qiziqishlarini qondirish va rivojlantirish vazifasiga mos bulib tushadi, darslarda olib boriladigan o‘quv tarbiya ishlari bilan sinfdan tashqari utkaziladigan taishlari urtasidagi uzaro aloqani mustahkamlashga imkon beradi.

9. O`quvchilarning bilish faolligini taraqqiy ettirishda sinf rahbarining vazifasi




O'quvchining bilish faoliyatini rivojlantirishda o'quv vaziyatlari o'ziga xos didaktik ahamiyat kasb etadi. O'quv faoliyati shunday vositaki, uning yordamida o'quvchi o'quv predmeti mazmunini o'zlashtirishga intiladi. O'quvchi faoliyati o'quv predmeti mazmunini o'zlashtirishga yo'naltiriladi. Ma'lumki, o'qituvchi o'quvchi faoliyatini boshqarish holatini vujudga keltiradi. Bu jarayon o'quvchi o'z faoliyatini mustaqil boshqarish imkoniyatiga ega bo'lgunga qadar uzluksiz tarzda davom etadi. Bu jarayonda o'qituvchining vazifasi o'quvchining mayllarini hisobga olish, rejalashtirish, uning faoliyatini nazorat qilish va tuzatishdir.
O'rganish o'quvchida o'z xatti-harakatiga ishonch tug'diradi. Mazkur ishonchni egallash boshlang'ich ta'lim jarayonida amalga oshiriladi. Bunga o'quvchining bilish faoliyatini rivojlantirish orqali erishiladi. Bugungi kunga kelib aksariyat o'quvchilar o'z bilim zahiralarini kengaytirishga
intilmayotganiga guvoh bo'lishi mumkin. Ular darslarda faol ishtirok etmaydilar, o'quv jarayonidan tashqaridagi erkin faoliyatiga ko'proq qiziqadilar. Buning sabablarini izlash va bartaraf etish pedagogikaning ustuvor masalalaridandir. O'quvchilar maktabga borar ekanlar, o'qituvchilar va sinfdoshlarining mehr-muhabbati, e'tiborini qozonishiga harakat qiladilar.
10. Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari


Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib boradi, shuning uchun ham tarbiya jarayoni ham, uning qoida va usullari ham takomillashib boraveradi. Tarbiyaning samarasi - bu qoida va usullaraing to‘g‘ri qo‘llanishiga, tanlangan vosita va usullar muayyan ijtimoiy guruhda tarbiya tizimidan qanchalik o‘rin olganiga, ularning tarbiya vazifalari va maqsadlariga qanchalik javob berishiga bog‘liqdir.
Nazariy bilimlarning amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan bog‘lab olib borish ta’limning etakchi qoidalaridan hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng avvalo nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog‘liqligiga asoslanadi. Shundagina o‘quvchi-talaba o‘rganayotgan o‘quv materiallarining tub mohiyatini tushunib etadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o‘qituvchi ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmoq lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni ongli, tushunib o‘zlashtiriiushga olib keladi.
Talabalar o‘zlashtirib olgan bilimlarini imkoniyatlariga qarab sekin-asta amaliyotga qo‘llay boshlaydilar. Talabalar bilan bo‘lgan muloqotda, ularga bilim berish jarayonida o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarishi lozim. Ta’lim-tarbiya jarayoni uzviy jarayondir. Ta’lim berish jarayonida tarbiyalayotganligimizni unutmasligimiz lozim. Suxandonlik, kinoyasiz so‘zlash, o‘qituvchiga xos kiyinish etikasi, fikrni erkin bayon qilish va uni tamasiz etkaza olish xususiyatlari o‘quvchilar uchun amaliy ko‘rgazma ekanligini unutmaslik kerak. Ta’lim berishda o‘qitish metodlari asosiy o‘rinni egallaydi.

11. Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish usullari


Sinf rahbarining oʻquvchilarga koʻrsatadigan tarbiyaviy ta’sir kuchi koʻp jihatdan uning ma’naviy qiyofasi oʻquvchilar ongi va xulq-atvorning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab hayotida, talim -tarbiya jarayonini boshqarishda sinf rahbarining oʻziga xos oʻrini bor. U maktabda juda muhim va mas'uliyatli vazifani bajaradi. Sinf rahbari faoliyatining aksariyat qismi tarbiyaviy jarayon bilan bogʻliqdir.

Sinf rahbari deganda - oʻquvchilarni bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilmi jihatidan ham teng boʻlgan jamoani boshqarib turuvchi pedagog (sinf rahbari) tushuniladi.


Sinf rahbarining asosiy maqsadi, oʻquvchilarni toʻgʻri tarbiyalash jarayonida oʻquvchi va sinf rahbari bilan bir-birini tushuna olish va sinf rahbari tomonidan oʻquvchilarga e’tiborliroq boʻlishdir. Boshlangʻich sinf maktab ta’limining dastlabki bosqichi boʻlib, unda bolalar oʻqituvchi rahbarligida birinchi qadam qoʻyadilar. Oʻquv faoliyatida bilim, koʻnikma va malakalarni egallaydilar. Oʻqituvchi sinf bilan yolgʻiz ishlaydi va koʻpincha tarbiyachi sifatida ish yuritadi.Oʻqituvchilik faoliyati bolalarga munosabatda, katta mehribonligi bilan gʻamhoʻrligi bilan xarakterlanadi. Bular esa katta talabchanlik bilan olib boriladi. Oʻquvchilar bilan olib boriladiga oʻzaro munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish hamda oʻquvchilarning oʻsishi va rivojlanishiga qarab ularni tarbiyalash sinf rahbari uchun muhim ahamiyatga ega. Bunda oʻqituvchi oʻquvchilarga pedagogik talablar berishga erishadi, ota-onalar, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilari jamoatchilik bilan doimo aloqa bogʻlab turadi. Sinf jamosini tashkil etishda sinf rahbarining oʻrni katta hisoblanadi. Sinf rahbari sinf jamoasini jipslashtirishda ota-onalar va jamoatchilik bilan ham korlikni yoʻlga qoʻyadi. Hamkorlik shakllaridan biri sinf ota-onalar majlisi oʻtkazishdir. Sinf majlisi oʻtkazish uchun, avvalo, jamoani jipslashtirish zarur. Sinf rahbari majlisda koʻplab bolalar tarbiyasiga oid masalalarni koʻradi. Sinf majlisida 3-4 ta masalalar koʻrilib, muammoli tomonlar tahlil qilinadi va oʻz yechimini topishi kerak boʻladi.


12. Rag’batlantirish va jazolash usullari.



Yüklə 32,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin