O'quvchilarda diqqatning yosh xususiyatlari



Yüklə 53 Kb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü53 Kb.
#186922
  1   2   3   4   5
O\'quvchilarda diqqatning yosh xususiyatlari

O'quvchilarda diqqatning yosh xususiyatlari.

Reja:


  1. Diqqat va xotira haqida tushuncha.

  2. Diqqat va xotira turlari jarayonlari.

  3. Xotiraning buzilishi va psixik korreksiyasi.

  4. Oʻquvchilar diqqat va xotirasini oʻrganish metodlari.

Diqqat - kishi faoliyati barcha turlari, eng avvalo mehnat va o`quv faoliyati samaradorligini muhim va zarur shartidir. Mehnat qanchalik murakkab va mas’uliyatli bo`lsa, u diqqatga shunchalik katta talablar qo`yadi.

Diqqat - kishi faoliyati barcha turlari, eng avvalo mehnat va o`quv faoliyati samaradorligini muhim va zarur shartidir. Mehnat qanchalik murakkab va mas’uliyatli bo`lsa, u diqqatga shunchalik katta talablar qo`yadi.

Ziyraklik kishiga uning kundalik hayotida, turmushida, boshqa odamlar bilan munosabatga kirishishida zarurdir. O`quvchilarning diqqat e’tibori o`quv tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishning asosiy shartlaridan biridir. Ta’lim olishda diqqatning rolini ta’kidlarkan, buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy «diqqat aynan shunday bir eshikka, tashqi olamdan kishi qalbiga kirib keladigan jamiki narsalarning barchasi shu eshik orqali kiradi» - deb yozgan edi. Diqqat individning hissiy, aqliy eki harakatlantiruvchi faolligi darajasininig oshirilishini taqoza etadigan tarzda ongning yo`naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir. Soddaroq qilib aytadigan bo`lsak, diqqat - deb ongimizning bir nuqtaga to`plab, ma’lum narsa va hodisalarga aktiv yo`naltirilganiga aytiladi. Biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, qilgan ishimiz, uy va fikrlarimiz diqqatining ob’ekti bo`ladi. Diqqat paytida ongning bir nuqtaga to`planishi, ong idrokning torayishidan iboratdir. Ongning eng yuqori nuqtasi diqqatning markazi deb ataladi. Ana shu nuqtaga tushgan barcha narsalar, ya’ni idrok qilinayotgan predmetlar, tasavvurlar fikrlar to`la yorkin holda aks ettiriladi. Diqqat sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur va harakat jarayonlarida namayon bo`lishi mumkin. Diqqat aqliy jarayonlarning sifatini ta’minlaydigan ichki aktivlikdir. Diqqat har qanday faoliyatning muhim shartidir.


Yüklə 53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin