Orfoepiya (orto yun epos — nutq, talaffuz) — 1)tilshunoslikning adabiy talaffuz meʼyorlarini



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix16.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#88095
  1   2   3
Orfoepiya



Mavzu: 
Orfoepiya.Talaffuz me’yorlari.
Ohang va uning nutqdagi ahamiyati.
O’qituvchi: Ruzikulova G. F.


Orfoepiya (orto... yun. epos — nutq, talaffuz) —
1)tilshunoslikning adabiy talaffuz meʼyorlarini
oʻrganuvchi boʻlimi; 
2) muayyan milliy tilning
talaffuz meʼyorlariga mos holda bir xil
talaffuzni taʼmin-lovchi qoidalar tizimi va
ularga rioya qilish.


Orfoepik me’yorlar aslida xalq jonli tili faktlari asosida yaratiladi
— jonli tildagi turlicha talaffuz ko'rinishlaridan adabiy til
an’analariga, taraqqiyot traditsiyalariga mos keladiganlari
tanlanadi.. Masalan, o'zbek shevalarida bir so'z turlicha talaffuz
qilinadi: yo'q-jo'q, ko‘z-go‘z, ota-ata, aka-oka, anor-onar kabi. 
Hozirgi zamon davom fe’li qo'shimchasi shevalarda -yap(ti), -
op(ti), -utti-vot(ti) shakllarida qo'llanadi: boryapti, boropti, 
borutti, borvotti kabi. Adabiy tilda shulardan yo‘q, ko‘z, ota, aka, 
anor boryapti variantlari adabiy talaffuz me’yori (orfoepik
norma) sifatida saralangan.


To'g'ri talaffuz nutq madaniyatining muhim
belgilaridan biri sanaladi. Adabiy tilda to'g'ri yozish
qanchalik muhim bo'lsa, to'g'ri talaffuz ham 
shunchalik ahamiyatlidir. Shuning uchun ham 
o'quvchi va talabalarda to'g'ri talaffuz
ko'nikmalarining shakl la nt i ri 1 ish iga ta’limning
barcha bosqichlarida jiddiy e’tibor beriladi.



Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin