ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi.
2) ta’limning xususiy qouniyatlariga doir topshiriq.
I. Ta’lim natijalari o’quvchilarning o’zlashtirish ko’nikmalariga: ta’lim samaradorligi o’quvchilarning o’quv faoliyati hajmiga; bilim va ko’nikmalarini o’zlashtirish samaradorligi ularning amalda qo’llanilishiga; o’quvchilarning aqliy rivojlanishi o’zaro aloqador bilim, ko’nikma va malakalarning o’zlashtirilish hajmiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq
II. Ta’lim samaradorligi o’quvchilarning o’quv faoliyatiga qiziqishiga; fikrlash darajasi, kuchi, jadalligi va o’ziga xosligiga; xotiraning rivojlanganlik darajasiga; bilish faolligi darajasiga bevosita bog’liq
III. Ta’lim samaradorligi qayta aloqalarning tezligi va hajmiga; bilimlarning sifati o’quv jarayonini boshqarish sifatiga; boshqaruvning samaradorligi boshqaruvga doir axborotlarning soni va sifatiga bog’liq
VI. Individning rivojlanishi u bevosita va bilvosita muloqotda bo’ladigan individlarning rivojlanishiga; ta’lim samaradorligi “intellektual muhit”ning mavjud holatiga, o’zaro bir-biriga o’rgatishning jadalligiga; o’qituvchi va o’quvchilar muloqotining sifatiga bevosita bog’liq
V. Ta’lim natijasi o’quvchining o’quv mehnatiga, o’zining o’quv majburiyatlariga munosabatlariga; o’quvchining ishchanlik qobiliyatiga; o’quvchilarning aqliy faolligini oshirish o’quv mashg’uloti jadvalining tuzilishi, unda jismoniy tarbiya va mehnat mashg’ulotlarining joylashtirilishiga bevosita bog’liq
1. Insonparvarlik.
2. Tabiat bilan uyg’unlik.
3. Ko’rgazmalilik.
4. Onglilik, faollik, ijodiylik.
5. Madaniyat bilan uyg’unlik.
6. Tushunarlilik.
7. Ilmiylik.
8. Ta’limning amaliyot bilan uyg’unligi.
9. Izchillik, tizimlilik.
10. Tarbiyalovchi ta’lim.
11. O’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish.
12. Oqilona talabchanlik bilan ta’lim oluvchi shaxsini hurmat qilish.