1-mavzu: innovatsion menejmentning tushunchalari, maqsadlari va vazifalari. Reja



Yüklə 208,85 Kb.
səhifə1/12
tarix21.10.2022
ölçüsü208,85 Kb.
#65784
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-маруза


1-MAVZU: INNOVATSION MENEJMENTNING TUSHUNCHALARI, MAQSADLARI VA VAZIFALARI.


REJA:
1.1. Innovatsion menejmentning metodologiyasi tushunchasi
1.2. Innovatsion menejmentdagi tizimli yondashish
1.3. Yangiliklar yashash davri konsepsiyasining mohiyati


Tayanch so‘zlar:
Innovatsion menejmentning maqsadlari, innovatsion faoliyatni boshqaruvchi vazifalari tizimi, rejalashtirish jarayoni, ishlab chiqarishning texnik–tashkiliy darajasi ko‘rsatkichlari, kommunikatsiyalarning turlari va shakllari, undovchi sabablarni boshqarish, muvofiqlashtirish, nazorat turlari.


1.1. Innovatsion menejmentning metodologiyasi tushunchasi
“Boshqaruv” tushunchasi har xil ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatish sifatida talqin qilinadi, u tartibga solish, takomillashtirish va rivojlantirish maqsadiga ega. Boshqaruvning ilmiy asoslari bo‘yicha dastlabki darsliklarda ishlab chiqarishni boshqarish odamlar jamoalariga ularning ishlab chiqarish jarayonidagi faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun maqsadga qaratilgan ta’sir ko‘rsatish sifatida belgilangan. Boshqaruv tushunchasining inglizcha ma’nosi “menejment” so‘zi bilan aks ettiriladi. Menejment mazmuniy nuqtai nazardan – bu boshqarish, rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish usuli, mehnat sarmoyalar va boshqalar kabi resurslardan kattaroq samaradorlik bilan foydalanish. SHunday nuqtai nazar asosida innovatsion menejment – bu innovatsion faoliyat, uning resurslari, yangiliklarini ishlab chiqish va tadbiq etishda sotsial – iqtisodiy rivojlanishning eng muhim omili sifatida innovatsiyalarning kattaroq samaradorligiga erishish maqsadida ishtirok etayotgan odamlarni boshqarishning maqsadga qaratilgan tizimidir.
XIX asrning oxirida paydo bo‘lgan boshqaruv haqidagi fan rivojlanishning murakkab yo‘lini bosib o‘tgan. Boshqaruvdagi amaliy tajribani umumlashtirishga birinchi harakatlar ilmiy menejment maktabini yaratish bilan almashgan, F.U. Teylor uning asoschisi bo‘lgan. Buning oqibatida dastlabki nazariyalar o‘rniga ilmiy-texnik va sotsial – texnik va sotsial-iqtisodiy omillarni murakkab yig‘indisini hisobga olishni talab qiluvchi nazariyalar kelgan. Menejmentning keyingi maktablari boshqaruv fikrini evolyusiyasiga asoslangan. Masalan, belgilangan bosqichda olimlar boshqaruv nazariyasini ikkita: yopiq va ochiq tizimlar va menejmentning ratsional va sotsial omillar nuqtai nazarda ko‘rib chiqa boshlaganlar.
Ilmiy – texnik taraqqiyot va tashqi muhitning shiddatli evolyusiyasi sharoitida boshqaruv nazariyasi va amaliyotining evolyusiyasi sodir bo‘lgan. Boshqaruv haqidagi fanning har xil maktablar va yondashishlar ta’siri ostidagi evolyusiyasi asosiy bosqichlari 1 – jadvalda berilgan.

Yüklə 208,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin