O’rta asr sharq all



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə1/3
tarix23.01.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#80343
  1   2   3
Mustaqil ish 99

O’rta asr sharq allomalarining iqtisodiy qarashlari bajardi: KURBONOVA SHODIYA tekshirdi: SUYAROV ASHIRBEK

Reja: 1.a.temurning iqtisodiy qarashlari. 2. Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari. 3. Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari.

O’rta Osiyo X-XIV asrlarda Sharqda ilg’or ijtimoiy tafakkurlar rivojlangan bir markazga aylandi. Bu davrda dunyoga mashhur bo’lgan Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib va boshqa ko’plab olim va shoirlar etishib chiqdi. Ularning asarlarida iqtisodiy fikrlar ham o’z aksini topgan. Biz ularni quyida ko’rib chiqamiz..

A. TEMURNING IQTISODIY QARASHLARI Amir Temur (1336-1405) iqtisodiyotni boshqarishda o’ziga xos maktab yaratdi. Sohibqiron davlatida devani buzurg (bosh vazir)dan tashqari, har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo’lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig’ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo’llar, suv inshoatlari tarmoqlarini nazorat qilib turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan tekshirish va taftish ishlarini olib borgan. Ayniqsa, toshu-tarozi to’g’riligi, odil baho tekshirib turilgan, qallob va tovlamachilar qattiq jazolangan.

Mamlakatda ko’rilgan bunday va shu kabi boshqa chora-tadbirlar, birinchi navbatda, raiyatning qashshoqlikka, mamlakatning esa og’ir ahvolga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan. Negaki, A.Temur «Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining qambag’alashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa, sipohlarning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi Sipohlarning tarqoqligi esa, o’z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi. Fath etilgan erlik fuqaro azaldan berib kelingan xiroj miqdoridan rozi bo’lsa, ularning roziligi bilan ish ko’rsinlar. Xirojni ekindan olingan hosilga va erning unumdorligiga qarab yig’sinlar. Fath etilgan har bir mamlakatning mol-mulkini, buyumlarini talon-tarojdan saqlasinlar. O’sha mamlakatdan tushgan o’lja mollarni hisob-kitob qilsinlar», deb ko’rsatib bergan.

Mamlakatda dehqonchilikka katta e’tibor berilgan bo’lib, erga egalik qilish quyidagi ko’rinishda bo’lgan::


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin