I.Fanning mazmuni Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga kasbiy yo’nalish doirasida tilning og'zaki shakllarini o'rgatish, ularning ijtimoiy-madaniy muloqot malakalarini rivojlantirish, xususan o'rganilayotgan chet tilining funktsional shakllari va uslublarini, til to’g’risidagi amaliy va nazariy bilimlarini takomillashtirish hamda egallangan bilim, ko’nikma, malakalarini ingliz tilida muloqotda erkin qo’llay olishlarini ta’minlashdir.
Fanning vazifasi – umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlarga ko’ra talabalarning ingliz tilidagi bilim va muloqot darajasini rivojlantirish, bundan tashqari o’zining mutaxassiligiga doir terminlarni ingliz tilida bilisha va ularni bemalol amaliyotda qo’llay olishi va eng muhimi ingliz tilini kamida B1+, B2 darajada egallashlari uchun zaruriy bilimlarini integrallashgan tarzda o’rgatish va og’zaki muloqot malakalarini rivojlantirish.
Fanning boshqa fanlar bilan bo’g’liqligi -ushbu fan filologiya sohasi bilan bog’liq, talabalar o’zbek alfaviti va grammatikasini o’rgangan bo’lishi kerak. Bundan tashqari ingliz tili chet tili bo’lganligi sababli, bu fan boshqa chet tillari bilan ham bog’liqdir. Ingliz tilidagi ko’p so’zlar rus tilida mavjud so’zlarga juda yaqin hisoblanadi, shu sababli leksik jihatdan bu fan rus tili fani bilan ham aloqadordir.
Talaba bu fanni o’rganish jarayonida boshqa fan sohalaridan egallagan bilimlarini bevosita qo’llashi kerak. Ingliz tili fani sohasida berilgan matnlar, tarjimalar turli fan sohalariga aloqadordir, masalan tarix, fizika, biologiya va boshqalar.