O‘zbek folklori fanini o’qitishning maqsadi



Yüklə 16,91 Kb.
tarix11.05.2023
ölçüsü16,91 Kb.
#111339
fanning-maqsadi-va-vazifasi


O‘zbek folklori fanini o’qitishning maqsadi: talabalarga o‘zbek folklori fani yuzasidan ma’lumot berish, o‘zbek xalq og‘zaki ijodining tarixan shakllangan ijodiy maktablari va ularning yetakchi vakillari hamda namunalari, ajdodlarimiz badiiy tafakkurning bebaho durdonalari, folklorning janr xususiyatlari, shuningdek, bolalar folklorining o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni yetkazishdan iborat.
“O‘zbek folklori” fani “Til tarixi”, “O‘zbek mumtoz va milliy uyg‘onish adabiyoti”, “O‘zbek dialektologiyasi” kabi umumkasbiy fanlar bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ushbu fanlarda aks etgan ayrim adabiy-nazariy masalalarni qamrab olishi jihatidan uyg‘unlik kasb etadi.
O‘zbek folklori fanini o’qitishning vazifalari:
Talabalarga:

  • xalq og‘zaki ijodi namunalari sinkretik san’at sifatida xalq hayotida muhim o‘rin tutishini, unda o‘zbek xalqining asrlar davomidagi ijtimoiy, maishiy, madaniy hayoti o‘zining badiiy ifodasini topganini, xalqning o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usi aynan og‘zaki ijod zaminida tashkil etishi ko‘nikmalarni;

- folklor nazariyasi bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlashni;
- xalq og‘zaki ijodining sinkretik san’at ekanligini, boshqa san’at turlaridan farqli jihatlarini ko‘rsatib bera olish malakasiga ega bo‘lishni;
- o‘zbek folklorining tarixiy taraqqiyot bosqichlarini, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng xalq og‘zaki ijodi davlat maqomiga erishganligi haqidagi bilimlarni egallashni;
- xalq og‘zaki ijodi janrlari va ularning xususiyatlarini aniqlash, janrlararo munosabat mezonlarini belgilash, adabiyot va folklor munosabati haqidagi haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni;

  • o‘zbek xalq og‘zaki ijodining jahon folklori merosida munosib o‘rnini anglashi va baholash malakalariga ega bo‘lishni o’rgatish.

Yüklə 16,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin