Международный научный журнал № 4 (100), часть 4
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
349
O’ZBEK TILIDA ERGASH GAPLAR TASNIFI «ERGASH GARLARNI TASNIF QILISHNING
ASOS (MEZON)LARI».
Nurxon Pulatova
Toshloq tumani 30- sonli maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Kalit so’zlar: Bosh gap, ergash gap, hol ergash gap
Maqsad:Ergash gaplarni tasnif qilishning asosiy mezonlarini o’rganish
O’zbek tilida qo’shma gaplarning bog’langan bog’lovchisiz va ergashgan qo’shma
gaplar kabi tulari farqlanadi Ergash gaplar ham, xuddi sodda gaplar kabi, nisbiy tugal fikr
bildiradi, o’zida predikativlikni ko’rsatadi va maxsus ohangga ega bo’ladi. Ergash gap eng
muhim sintaktik kategoriya sifatida , bosh gapdagi biror bo’lakni yoki butun bir bosh
gapni izohlaydi, mazmunni to’ldiradi va shu orqali bosh gapga biror tomondan aniqlik
kiritadi. Ayniqsa, biz bilamizki, odam borki,…tarzida bosh gaplarda struktura uchun juda
zarur bo’lgan, lekin uslub tomonidan uni ifodalashga u qadar ehtiyoj sezilmagan
bo’laklar tushib qolgan bo’lib, natijada to’liqsiz shakllangan konstuksiyalar vujudga keladi.
Bu vaqtda o’sha tushib qolgan bo’lak o’rnida ergash gapdan foydalaniladi, shu bilan gap
mazmuni to’ladi: Masalan,
Biz bilamizki, baxt mehnat bilan topiladi.
Odam borki, qolur undan yaxshi ot.
Shunday qilib, fikrni ifodalashning parallel shakllari yuzaga keladi.Bular mantiqiy
tomondan bir-biridan farq qilmaydi.
Ergash gapdan, dastavval, bosh gapdagi ana shu «kemtik» o’rinni to’ldirish, fikrni
aniqroq, ochiqroq berish maqsadida foydalaniladi.
Masalan; Sen sezdingmi (nimani?), bizning nafasdan Koinotda ortgan edi nur.
(Zulfiya) Odam borki (qanday), odamlarning naqshidir.
Birinchi gapda fikr aniqligi uchun kerak bo’lgan to’ldiruvchi, ikkinchi gapda esa
aniqlovchi yetishmaydi. Ergash gaplar ana shu ikkinchi darajali bo’lak o’rnini qoplaydi.
(komrensatsiya).
Bunday konstuksiyalarda ba’zi bosh gaplar o’zi uchun xarakterli sanalgan
grammatik va intonatsion tugallik yoki “mustaqillik” belgilariga ega bo’lmay ham qoladi:
Toleim shulkim, Vatanda bir guliston tanladim. (H.Olimjon).
Bir o’lkaki, tuprog’ida oltin gullaydi.(Oybek)
Har ikki gapda ham bosh gapdagi mazmunga qaraganda , ergash garp orqali
muhimroq, voqea-hodisa haqida habar berilgan. Ergash gaplar bosh gapga nisbatan xiyla
«mustaqillik» vaziyatga ega. «Lekin bunday ergash gaplar bosh gap uchun xizmat qiladi;
undagi biror o’rinni to’ldiradi,ochadi, biror bo’lakni izohlaydi va funksiyasiga ko’ra har
doim tobe bo’lib qoladi va ergash gap sanaladi».
Международный научный журнал № 4 (100), часть 4
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
350
. Ergash gar bosh garga ergashadi, bosh gap esa mustaqilday ko’rinsada, ergash gap
itomonidan izohlanadi.
Ergash va gaplarni ajratishda bog’lovchilarga qarash lozim bo’ladi. «Ona bor,
shuning uchun baxting barqaror» gapini tahlil eta borib, baxting barqaror gapini ergash
gapga kiritib yuborish ham mumkin.CHunki ergashtiruvchi bog’lovchi anu shu gap
tarkibidan joy olgan. Darsliklarda ham sabab ergash gar bosh garga shuning uchun,
chunki, shu sababli bog’lovchilari orqali bog’lanadi, deyiladi. Aslida esa ana shulardan
ikkitasi tarkibida (shuning uchun, shu sababli) ko’rsatish olmoshlari bo’lib, ko’makchili
sabab holi vazifasini bajaradi. Ergash gap esa ana shu sabab holiga ekvivalent sanaladi,
demak, onang bor gari sabab ergash gapdir.
Demak, bir xil ergash gaplar turini aniqlash uchun bog’lovchi yoki o’rin bosh mezon
bo’lmaydi, balki bosh gapdagi ko’rsatish olmoshi asosiy mezon sanaladi.
A: Ergash gar bosh garga nisbatin undagi ko’rsatish olmoshini izohlash uchun xizmat
qiladi. Agar ko’rsatish olmoshi ifodalangan bo’lsa, ergash gar o’sha olmosh bajarishi lozim
bo’lgan vazifasida kelib, bosh garga to’ldiradi, izohlaydi yoki aniqlaydi.
Misollar: Ega o’rnida keladigan ergash gap:
Erta bilan ma’lum bo’ldiki, (nima?), jasur razvedkachi ikki nemis ofitserni asir olib
kelgan ekan.
Kesim o’rnida : (nimdir?) Aybim shuki, cho’loqman.
O’rin holi o’rnida: Qaerda egri qo’l bo’lsa, o’sha erda baraka yo’qoladi.
Sabab holi o’rnida: Nur borki, soya bor.
Bosh va ergash gaplarga savollar berish orqali ham ular orasidagi munosabat
aniqlanishi mumkin. Savol har ikki gapga berilib, javob ergash gap vositasida yuzaga
keladi. Ergash gar umumiylik bildiruvchi hol vazifasini o’taydi.
Biror uslub talabi bilan, logik urg’u yoki predikativlikning o’ziga xos tomonlari tufayli,
bosh gardagi yashiringan bo’lak o’rniga biror so’zni tiklash mumkin. Lekin bu bo’lak
ko’rsatish olmoshi orqaligina ifodalanadi va o’ta mavhum ma’no bildiradi.
Bunday hollarda ergash gapning asosiy ma’nosini ochish, uni izohlash bo’lib, unga
teng hisoblanadi. Tenglikni isbotlash uchun ana shu ergash garlarni bosh gardagi
ko’rsatish olmoshi o’rniga olib kirish kifoya (bu vaqtda sodda gap paydo bo’ladi).
Hikmat xarjlangan bilan tamom bo’lmaydigan xazinadir.
Seni Vatan kutishini bil.
Ko’rinadiki, olmosh bilan uning o’rniga kiritilgan ergash gap struktura tomonidan
farqlansa-da, vazifa jihatidan bir-biriga sinonim bo’lib qoladi. Sinonimlar orasida ma’nosida
farq bo’lgani kabi, ergash gap bilan yoyiq (oborot) bo’lak va ergash gap orasida ham ayrim
farqlar bo’ladi. Bu –maxsus so’z. Bu o’rinda muhimi shuki, ergash gap bosh gapning
ko’rsatish olmoshiga teng bo’ladi, uni izohlash orqali bosh gapga bog’lanadi. Bosh va
ergash gaplar orasidagi mantiqiy munosabat ham, dastavval, ana shu olmosh va ergash
gap orqali belgilanadi.
Международный научный журнал № 4 (100), часть 4
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
351
Bosh garning birgina bo’lagiga tobe (taaluqli) bo’lgan ergash gaplar, odatda, birinchi
tur ergash garlar sanadadi.
Hozirgi zamon o’zbek adabiy tilida ko’rsatish olmoshining, asosan, uch shakli ko’proq
qo’llanadi: Shu, u, bu. Lekin bu olmoshlar sintaktik vazifa bajarganda, kelishik
qo’shimchalarini olib (shunga, unga, uning) yoki ko’makchilar bilan kelib, shaklan ancha
ko’payib ketadi: o’qituvchilik kasbi shu bilan ahamiyatliki, u avvalo, odamning o’zini
tarbiyalaydi. Bizda shu qadar yorug’dirki tun, Andijon Qo’qonni imlashi mumkin («Xat»).
Bu olmoshlar turli yasovchi qo’shimchalar ham oladi: shuncha, shunday. Qancha
yozsang, shuncha oz deb tursa May, Bo’lurmi yozmay? (E.V.) Bu shundayin ajib diyordir,
uning eng zo’r ko’zgusi oydir. (H.O.)
Hozirgi o’zbek tilida ana shu olmoshlar o’rnida ko’p vaqt bir so’zi ham qo’llanadi: Bir
o’lkaki, tuprog’ida oltin gullaydi.
Shu,bu olmoshlari, asosan, umumiy holatni ko’rsatish uchun qo’llanadi. U olmoshi esa
o’rni bilan shaxs ma’nosini ham ifodalaydi va kim? so’rog’iga javob bo’ladi. Bu vaqtda
bog’lovchi vositalar ham ko’payadi. Ergash gar tarkibida u olmoshiga taqozo etiluvchi kim
olmoshi bo’ladi. Har ikki olmosh orasida qiyosiy munosabatlar yuzaga kelib, bosh va ergash
garlar esa shart formasi yordamida ham o’zaro bog’lanadi. Shuning uchun bunday
konstruksiyalarda nisbiy-qiyosiy mazmundan tashqari, shart ma’nosi ham bo’ladi. Lekin
umumiy mezon asosida ergash gap turini aniqlash uchun bosh gap tarkibidagi u
olmoshning shakli hamda vzifasi toriladi. Bunday garlarda mazmuniy bog’lanish shunday
kuchli bo’ldiki, bosh gardagi ko’rsatish olmoshi (shaxs olmoshi) ko’p vaqt tushib qolsa
ham, gap qurilishi va yo’nalishidan uni osongina topish mumkin bo’ladi. Misollar:
U: Har kimki vafo qilsa,vafo torqusidir. (Bobir)
Kimning hunari bo’lsa, xazinaga egadir. (Navoiy)
Uning: Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosin ko’rmadim. (Navoiy)
Kimning: Agar yolg’on erursa so’zi, bor-yo’g’i bo’lar yuzi.
Unga: Kimikim mard erur, insof lozim. (Furqat)
Undan: Kimki butunlay yolg’onchilikka yuz tutsa, baxt qochadi.
Bosh gapdagi ko’rsatish olmoshi qanday vazifa bajarsa, ergash gap ham shu nom
bilan yuritiladi. Bunda ergash gapning bog’lovchilari, nisbiy olmoshning formasi hamda
savoli, ularning o’rni mutloqo nazarda tutilmaydi, balki gapdagi olmoshning vazifasi
asosida ergash gar tasnif etiladi; ergash garning turi aniqlanadi. Agar olmosh bosh garda
ega vazifasi qo’llansa, ergash gap ega ergash gap sanaladi: 1.Shu narsa quvonchliki, bu
safargi qatnashuvchi mamlakatlar soni ham avvalgidan ancha ortiq. Shunisi muhimki,
Toshkent jahon ahamiyatiga molik bo’lgan juda katta ilmiy, siyosiy va ijtimoiy
anjumanlarning markaziga aylanib bormoqda. Shunisi quvonchliki, ish haqida Saltanat o’zi
gap boshladi.
2. Bosh gardagi olmosh kesim vazifasida kelsa, ergash gar ham kesim ergash gar
sanaladi: Hamma balo shundaki, men ham o’zimga ortiqcha baho berib yuribman.
(A.Qahhor)
Международный научный журнал № 4 (100), часть 4
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
352
3. To’ldiruvchi ergash gap: Shunga erishmoq kerakki, hamma o’quvchilar ona tilini
yaxshi bilib olsinlar. Kim ishlasa kunduz mardona , El ham, dil ham o’shandan rozi.
(Shayxzoda)
4. Aniqlovchi ergash gap : Biz jamiyat qurmoqdamizki, unda kishilikning eng ezgu
orzulari amalga oshadi.
5. Hol ergash gaplar:
Har kun ortar ko’zlarimda nur, shuning uchun yo’q aslo g’amim. (H.Olimjon). Har
aytganing buyuk jangnoma, Qayga desang, qaytmay keturman.
Hol ergash gaplar ham o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi
1) Chog’ishtirish –o’xshatish ergash gap.
2) Sabab ergash gap.
3) Maqsad ergash gap.
4) Rayt ergash gap.
5) O’rin ergash gap.
6) Shart ergash gap.
7) To’siqsiz ergash gap.
8) Natija ergash gap
Ergash gaplarning sodda gaplardagi muayyan bo’lak nomi bilan atalishi
tilshunoslikda an’anaga aylangan: ”Ergash gapli qo’shma gaplarni o’rganishda, sodda
gaplardagi bo’laklar (komponent) ning vazifalaridan andaza olgan maqul chunki yaxlit
pozitsion struktura sifatida ergash gapli qo’shma gaplar sodda gaplardan deyarli farqlanadi.
Hol ergash gaplar mazmun jihatidan gap bo’lagi ko’rinishidagi holning ma’no
turlariga sinonim bo’ladi. Masalan: payt ergash gap payt holiga, o’rin ergash gap o’rin
holiga daraja-miqdor ergash gap-daraja –miqdor holiga singari ular vazifalari jihatidan ham
juda yaqin. Jumladan, sodda gaplarda hol gapning kesimiga bog’lanib uni turli tomondan
to’ldirishga xizmat qiladi.
Kesim esa, ko’pincha, undan kelib chiqadigan natija ma’nosini ifodalaydi:
Masalan: Kuzda mevalar g’arq pishadi.
Bu gapda ”kuzda”-payt holi ”pishadi” –kesimga bog’lanadi. Kesim paytdan kelib
chiqadigan natijani ko’rsatadi.
Qo’shma gaplarda hol ergash gaplar ham gapning asosi bosh gapga bog’lanib, uing
mazmunini atroflicha to’ldirishga yordam beradi. Bosh gap ergash gapdan anglashilgan
voqelikning natijasini ifodalaydi.
Masalan: Bahor kelsa, hammayoq ko’m-ko’k libos kiyadi.
Bu gapda ”bahor kelsa” ergash gapi ”hammayoq ko’m-ko’k libos kiyadi” bosh gapiga
tobelanadi va qo’shma gap qismlari orasida payt-natija munosabatini ifodalaydi.
XULOSA: Yuqoridagi tahlilardan ko’rinadiki, ergash gap ham huddi sodda gap kabi
nisbiy tugal fikr bildiradi, o’zida predikativlikni ko’rsatadi va mahsus ohangga ega bo’ladi.
Ergash gap eng muhim stilistik kotegoriya sifatida bosh gapdagi biror bo’lakning yoki butun
Международный научный журнал № 4 (100), часть 4
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
353
bir bosh gapni izohlaydi, mazmunini to’ldiradi va shu orqali bosh gapga biror tomondan
aniqlik kiritadi.
Ergash gaplarning deyarli hammasi mustaqil sodda gaplarda uchraydigan sosiy
belgilarga ega bo’ladi. Ba’zi ergash gaplarning sintaktik funksiyasi ularning bosh gap
bo’lagiga o’xshash ekanligini ko’rsatadi. Ergash gaplarning ayrimlari sintaktik funksiyasi
jihatidan gap bo’laklariga mos keladi.
Ergash gaplarni turini belgilashda faqat bog’lovchi vositalargina emas balki, ergash
gapning bosh gapga nisbatan qanday funksiyani bajarishi inobatga olinadi.
Ergash gaplar shaklan hamda mazmun jihatida tobe hisoblansada, unda predikativ
hususiyati mavjudligi bilan ma’lum bir mazmunni ifodalay oladi.
Ergash gapli qo’shma gaplardagi har bir komponent mazmunan nisbiy mustaqildir
ular bosh va ergash gaplardan iborat bo’lishdan qat’iy nazar bir-biriga umumiy mazmun
talabi bilan bog’lanadi.
Dostları ilə paylaş: |