14.1. Nizo jarayoni va ularni kelib chiqish sabablari va turlari O’zbek tilining izohli lo’g’atida nizo tushunchasi quyidagicha talqin qilinadi:
“Nizo – bu o’zaro kelishmovchilik yoki qarama – qarshilik, dushmanlik, adovat orqasida tug’ilgan holat, munosabat; ihtilof, nifoq”.
Adovat, ihtilof, nifoq tufayli o’zaro janjallar sodir bo’ladi. Odamlar janjal haqida o’ylaganlarida dushmanlik, qo’rqitish, bosqinchilik, tortishuv kabi noxushliklarni nazarda tutishadi.
Boshqaruv jarayonida nizo – bu rahbar ishchi va boshqa xodimlar o’rtasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir.
Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar turli sabablarga ko’ra vujudga kelishi mumkin. Ulardan:
· mehnatni tashkil qilishda kamchiliklarni;
· haq to’lashning takomillashtirilmagani;
· yomon mehnat sharoitlarini;
· mehnat haqidagi qonunlarni buzishni;
· rahbarlikning qoniqarsiz saviyasini;
· o’zaro munosabatlar masaniyatini past saviyasini va hokazolarni ko’rsatish mumkin.
14.2. Nizoning turlari va ularning o’rni
Jamoa a’zolari orasida nizolarning ko’pchiligi quyidagi sabablar tufayli sodir bo’ladi:
1. Resurslarni taqsimlashdagi adolatsizlik.
2. Vazifalarning o’zaro bog’liqligi.
3. Maqsadlardagi har xillik.
4. Erkinlik mustaqillik va o’zaro qadrni bilishdagi har xillik.
5. Manmanlik, qaysarlik.
6. Kommunikatsiya – o’zaro aloqani qoniqarsizligi.
Nizolarning asosan to’rt xili ko’p uchrab turadi (27-chizma).