O‘zbek xalqining asriy orzusi ushalib, mustaqillikni qo‘lga kiritgan davlatimizsiyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri mustaqil O‘zbekistonning mudofaasinimustahkamlash va milliy havfsizligini ta’minlashga qaratildi



Yüklə 34,25 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü34,25 Kb.
#206550
  1   2
lbfbll bll ldbd


Xarbiy tayorgarlik oquv bolinmalari oquv jarayonini amalga oshirish mexanizimlarini rivojlantirishning shakli, metod va vosiytalari
KIRISH
O‘zbek xalqining asriy orzusi ushalib, mustaqillikni qo‘lga kiritgan davlatimizsiyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri mustaqil O‘zbekistonning mudofaasinimustahkamlash va milliy havfsizligini ta’minlashga qaratildi. Bugungi kunda fanningeng yaxshi ixtirolari harbiy sohada tez qo‘llanilishi va taraqqiyotning yuksak darajadarivojlanganligi sharoitida, yoshlarni Vatan himoyasiga tayyorlash ishlariningahamiyati o‘z-o‘zidan oshib bormoqda. Xalqaro terrorizmning, separatchilikharakatlarining ko‘p davlatlarda avj olishi, global urush xavfi bartaraf bo‘lib lokalurushlarni paydo bo‘lishi askarning ruhiy, jismoniy va maxsus tayyorgarligiga yangitalablarni qo‘ymoqda. Undan turli xolatlarda o‘zini munosib tutishni va tezlik bilanvaziyatni to‘g‘ri baholashni, hamda eng to‘g‘ri qarorni qabul qilishni, o‘zharakatlarini bo‘linma harakatlari bilan moslashtira olishni talab qilmoqda. Yangi texnika vositalari jangovar harakatlar olib borish hususiyati va uslublarini tubdan o‘zgartirmoqda. Bu hozirgi sharoitda jangovar mashinalarda, tanklarda, samolyot shturvallarida, zenit-raketa komplekslarda harbiy va maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar bo‘lishi kerak deganidir. Armiya davlat mexanizmlaridan biri bo‘lib, ko‘p tomonlama davlatning taqdirini, ichki barqarorligini, hozirgi zamondagi o‘rni va rolini belgilaydi. Qurolli Kuchlar davlat hududiy yaxlitligini va uning fuqarolarini tinch hayotini ta’minlaydi. Harbiy sohadagi islohotlar shart-sharoitlarida Qurolli Kuchlar yangi sifat kasb etmoqda. Armiyamizda tuzilmaviy o‘zgarishlar o‘tkazilib, harbiy doktrina mudofaa yo‘nalishiga va uning rivojlanishi sifat va aqliy ustuvorliklar asosida shakllantirishga qaratilgan.
Shu munosabat bilan bugun har bir Vatanimiz jangchisidan aniq ish, yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi, o‘zining jangchilik burchini vijdonan bajarishi va shaxsiy ma’suliyat talab etiladi. Jangovar shaylikni yuqori darajada ushlab turish, jangchilik mahoratini takomillashtirish, tartib va intizomni mustahkamlash har bir askarning mamlakat mudofaa qudratini ta’minlashdagi ulushi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari oldidagi yuksak va ma’suliyatli vazifalarni sog‘lom, jismonan baquvvat va chidamli, aqlan shakllangan, yuksak ma’naviy-jangovar sifatlarga ega, Vatan himoyasi yo‘lida vatanparvarlik va fuqaroviy burchini bajarishga tayyor kishigina uddalay oladi.

ASOSIY QISM.


Qurolli Kuchlar doim mamlakatimiz erki va mustaqilligi, demokratik islohot va fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo’yicha keng miqyosli rejalarni amalga oshirish, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning ishonchli kafolati bo’lgan, bo’lmoqda va bo’lib qoladi. O’zbekiston Armiyasi istalgan sharoitda, qanday shakl va ko’rinishda namoyon bo’lishidan qat’iy nazar, har qanday tajovuzga qarshi munosib javob qaytarishga qodir bo’lishi kerak. Shiddati turlicha kechayotgan bugungi harbiy mojarolar tajribasi, taktik bo’linmalar, xususan, batalon va vzvodning jangovar harakatlarda egallagan o’rni va ahamiyati sezilarli darajada oshib borayotganidan dalolat bermoqda. Ayniqsa, jangarilarning qurollangan tuzilmalarga qarshi qurolli kurash davomida ushbu taktik bo’linmalar muhim o’rin egallaydi. Zamonaviy qurolli kurashlarda taktik bo’linmalar ahamiyati kengayib borar ekan, ushbu bo’linma komandirlarining professional tayyorgarlik saviyasiga qo’yilayotgan talablar ham oshib boradi. Bugungi bo’linma komandiri zehn-zakovatli, yuqori malakali ofitser bo’lishi, murakkab (keskin) vaziyatda nostandart qaror qabul qila olishi, bo’ysunuvchi bo’linmani jangda ham, kundalik faoliyat davomida ham mohirona boshqara bilishi shart.
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tizimida davom etayotgan islohotlarning asosiy vazifasidan biri bugungi kunda – professional kadrlar bilan ta'minlash, ularni tayyorlash va imkoniyatlardan foydalanish. Buning uchun esa harbiy xizmatchilarning professional tayyorgarlik darajasiga alohida e'tibor qaratish lozim. Mazkur masala esa o'ziga xos harbiy – siyosiy, psixologik ahamiyatga ega.
Bugungi kunda Respublikamizda oliy harbiy bilim yurtlaridagi ta'lim tizimini noyob prinsiplar asosida rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Yangi harbiy ta'lim jihatlariga erishish uchun yoki bosqich samaradorligini oshirish uchun, davlat mudofaasidagi harbiy ta'lim-tarbiya tizimini yangidan barpo etish va ta'minlash lozim. Buning uchun nazariy va amaliy bilimlar, ilmiy qo'llanmalar va dars berish metodlari, malakali professor o'qituvchilar bilan ta'minlash maqsadga muvofiq.
Ma’lumki, 2017-2021 yillar davomida mudofaa tizimidagi harbiy qism va ta'lim muassasalarida barcha talablarga javob beruvchi eng zamonaviy moddiy-texnik baza yaratildi. Dastlab O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi qaroriga asosan Toshkent oliy umumqo'shin qo'mondonlik bilim yurti negizida va uning shonli harbiy an'analarini hamda mamlakatimizdagi yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalarida to'plangan faoliyat tajribasini o'ziga qamrab olgan holda Qurolli Kuchlar Akademiyasi yangidan tashkil etildi.
2019-yilning oktyabr oyida Respublikamiz oliy ta'lim muassasalari harbiy kafedralari qisqartirilib, uning o'rniga har yili 700 dan ortiq rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlaydigan Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti harbiy tayyorgarlik o'quv markazi tashkil qilindi.
Butun jamiyatimizda bo'lgani singari Qurolli Kuchlarimiz faoliyatida ham katta o'zgarishlar yuz beryapti. Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz mustaqilligining kafolati va asosiy ramzlaridan biri bo'lib yangidan barpo etildi. Davlatimiz mudofaasini yetuk harbiy xizmatchilarsiz tasavvur qilish qiyin. Bu o'rinda harbiy kadrlarni tayyorlashda ularning quyidagi asosiy sifatlari va fazilatlariga katta e'tibor qaratish kerak:
1. Vatanga sadoqati va muhabbati, fidoiyligi, adolatliligi, tashabbuskorligi, omilkorligi va uddaburonligi, izlanuvchanligi va yangilikka intilishi, talabchanligi, iqtisodiy va huquqiy savodxonligi, ma'naviy yetukligi, xushmuomalaligi, intizomliligi va boshqalar.
2. Shu bilan birga, harbiy kadrlarning Vatan rivoji uchun o'z vazifa va majburiyatlarini nazarda tutish lozim:

- mamlakatimiz Prezidenti va hukumati olib borayotgan siyosatni teran anglashi va qo'llab-quvvatlashi;


- topshirilgan vazifa uchun jonkuyarligi, mas'uliyatni his etishi, o'z sohasining bilimdoni ekanligi, o'z ustida izlanishi va mehnatsevarligi;
- ishlayotgan lavozimi bo'yicha topshirilgan vazifalarni mukammal bilishi va puxta bajara olishi;
- vazifalarni amalga oshirish uchun bor imkoniyatlarini ishga sola bilishi;
- o'zi mehnat qilayotgan sohani yanada rivojlantirish uchun aniq takliflar bera olishi va shu masalaga oid izlanishi;
- o'z fikrini boshqalarga tushuntira olishi;- odamlar bilan ishlay bilishi;
- ish faoliyatining natijalari;
- turmush tarzi, oilaviy ahvoli, yashash joyidagilar bilan munosabati.
Bularning hammasi hozirgi kunda harbiy kadrni tanlash uchun lozim bo'lgan talablardir. Bu talablardan kelib chiqqan holda harbiy kadrlarni har tomonlama yetuk, hozirgi va kelajak zamon talablariga javob berishlari va ularning professional, intellektual darajasiga erishishlari uchun eng avvalambor ta'lim, tarbiya va harbiy psixologiya masalalariga katta ahamiyat berish lozimligidan dalolat beradi.
Vatanimiz yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qabul qilingan konsepsiyalarni amalga oshirish doirasida har tomonlama rivojlangan, bilimdon, xalqiga, shuningdek, Vataniga xizmat qilishiga sodiq yoshlarini tarbiyalash bo‘yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda. Yuksak intellektual salohiyatga, zamonaviy fikrlash hamda dunyoqarashga ega, davlatimiz manfaatlari va suverenitetini fidokorona himoya qilishga tayyor bo‘lgan har tamonlama kamol topgan, jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk yoshlarni tarbiyalashda guruhlarga bo‘lib ishlashning dolzarbligi haqida fikr yuritamiz.
Guruhlarda ishlash – harbiy ta’lim oluvchilarning faoliyatini tashkil qilishning shunday shakliki, u harbiy o‘quv guruhlarini, ma’lum bir vazifani hamkorlikda bajarish uchun, vaqtinchalik mikro guruhlarga ajratishni talab qiladi. Harbiy ta’lim oluvchilarga qo‘yilgan vazifa mazmunini,uni yechish yo‘llarini va usullarini belgilashni muhokama qilish taklif qilinadi. Bunda ilgari surilayotgan takliflarni hamkorlikda baholash orqali ularni amalga oshirish, bajarilgan ishlarni birgalikda tahlil qilish, hamkorlikda topilgan natijani oldin shakllantirib, so‘ngra taqdim etish so‘raladi. Guruhlarga bo‘lib ishlash, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda, dolzarb pedagogik innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali, psixologik va ijtimoiy maqsadlarga erishishni ta’minlaydi.
Eng avvalo, ta’limning guruhli shakli “ta’lim beruvchi - ta’lim oluvchi” dialogidan voz kechishni va “ta’lim beruvchi – guruh-ta’lim oluvchi” ko‘rinishidagi uch tomonlama o‘zaro munosabatga o‘tishni nazarda tutadi. Harbiy o‘quv guruhi tarkibi bo‘yicha harakatchan kichik harbiy guruhlarga bo‘linadi va ularning har biri o‘zicha o‘quv materialini o‘zlashtiradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, shu tufayli siz bilan ta’lim oluvchilar o‘rtasida ancha mustahkam kontakt o‘rnatiladi. Shaxsiy va bir vaqtning o‘zida ta’limda harbiy jamoaviy ruhiy holat kuchayadi. Harbiylarning hamkorlikdagi harakatini tashkillashtiradi, bu esa o‘quv-bilish jarayonini faollashtirishga, ularda empatiyani, kommunikativlikni shakllantirishga ko‘maklashadi:
vazifani hamkorlikda bajarish jarayonida, harbiylarda, o‘rtoqlari tomonidan bildirilgan fikrlarni muhokama qilishga motivatsiya paydo bo‘ladi;
ta’lim oluvchi harbiylar bir-biriga savollar beradilar, shuning uchun, ular savollarini aniq shakllantirishni bilishlari zarur, javoblarni argumentlashtirishni, tushunishga erishish uchun esa, ular bir-birlarini diqqat bilan eshitishlari kerak;
guruhlarda ishlash paytida, zaruriyati bo‘lganda, ta’lim oluvchi harbiylar yordam berishlarini so‘raydilar va boshqalarga yordam berishni o‘rganadilar. Har bir ta’lim oluvchi harbiyning potensial imkoniyatlarini rivojlanishi va amalga oshirilishi ta’minlanadi:
qobiliyatli va iqtidorli harbiylar, ularni “maqtanganlik” larida ayblashlaridan cho‘chimasdan o‘z qobiliyatlarini ko‘rsatishlari mumkin. Ular, guruhda nafaqat ta’lim beruvchi rolida bo‘lishlari, balki ta’lim oluvchi rolida ham bo‘lishlari mumkin va ta’lim beruvchi rolidagi o‘z o‘rtoqlari tomonidan baholanishi, raqib bo‘lmasdan ulardan o‘rganishi mumkin;
o‘rtacha qobiliyatga ega yoki xarakteri bo‘yicha passiv harbiylar o‘z bilimlari va mahoratlarini namoyon qilish imkoniyatini oladilar. Kichik guruhlarda ishlash, ularni stress holatlardan xalos etadi, ya’ni noto‘g‘ri javob berganda butun jamoa oldida izza bo‘lishdan , qo‘rqishdan xoli bo‘ladi. Guruh a’zolari, javobni do‘stona baholab, ularda o‘ziga ishonch tuyg‘usini uyg‘otish imkonini beradilar. 4-5 kishidan iborat guruhda, passiv harbiy 25 kishilik guruh oldida o‘zini tutishga nisbatan, o‘zini ancha erkin his etadi.
Ta’limning ushbu shakli, ta’lim oluvchilar bilimini o‘zaro hamkorlikda boyishini ta’minlaydi: faqatgina kooperatsiya va harakatlar (bilish) usullari bilan o‘zaro almashish, umumiy mahsulot olish, muammoni yechish imkonini beradi. Shuning uchun, guruhda ta’lim berishda, biz, jamoaviy muhokama qilishdan, o‘zaro konsultatsiyalar berishda maksimal foydalanamiz. Guruhlarda ishlash, atrofdagilarga bo‘lgan munosabatni o‘zgartiradi, «men va ular»dan “biz”ga o‘tishni ta’minlaydi va o‘zini guruhning bir bo‘lagi sifatida his qilish imkonini beradi. Bu esa harbiylarning bir maqsad yo‘lida birlashishini shakllantiradi .
Ta’lim oluvchi yosh harbiylarning yetakchilik faoliyati-samimiy shaxsiy muloqot esa 6-8 kishilik harbiy guruhlar orqali amalga oshiriladi. Yosh harbiylarning yetakchi motivi tengdoshlari muhitida o‘zligini ifoda etish hisoblanadi. Buni faqat guruhda qilish mumkin.Tashqi nazorat ostida his etishni dolzarblashtiruvchi frontal usullardan «ichki erkinlik»ni his qilishni chaqiruvchi guruhli usullarga o‘tish harbiylarda ichki motivatsiyani paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi.Taniqli psixologlar va pedagoglarning kooperativ hamkorlik to‘g‘risidagi fikrlari quyidagichadir:
Harbiylar ta’lim jarayonida bir-biri bilan hamkorlik qilishini uchta asosiy usuli mavjud.Ular kim “ilg‘orligini” bilish uchun musobaqa o‘ynashi mumkin. Ular maqsadga erishish uchun boshqa harbiy o‘quvchilarga e’tibor bermagan holda individual ishlashlari mumkin. Yana ular bir-birini o‘qitishga qonuniy ravishda qiziqish bilan hamkorlikda ishlashlari mumkin. Lekin hamkorlik birinchi darajaga chiqqan paytda kooperativ motivatsiya raqobatchisiga nisbatan ta’lim jarayonida ancha samaralidir.

Zamonaviy innovatsion davrda ta’lim sifatini yanada takomillashtirish maqsadida dars mashg’ulotlarida pedagogik innovatsion texnologiyarni faol tarzda qo’llashimiz talab qilinmoqda. Ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlarni tatbiq etishga qiziqish tobora keng tus olmoqda. Boisi, bunday metodlarni qo’llash ta’lim samaradorligi va ta’sirchanligini oshiradi, o’quvchilarning o’qish motivlarini o’stiradi.


Hammamizga ma’lumki, 2012-yil 10-dekabrda O’zbekiston Respublikasing birinchi prezidenti Islom Karimov “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori tasdiqlandi. Shu qarorga asosan o’quvchilarda 5 ta ko’nikmani: o’qish (reading), eshitish (listening), yozish (writing), gapirish(speaking), leksik va grammatik kompetensiya (lexical and grammatical competence)larni rivojlantirish asosiy vazifa bo’lib, bunga asosan jahon talablariga mos ravishda chet tillarini bilishning xalqaro standarti ishlab chiqildi.
Yuqorida ta’kidlagan 5 ta ko’nikma bevosita innovatsion texnologiyalar orqali ingliz tili darslariga tatbiq qilinadi.Shu sababli, chet tili o’qitishda pedagogik innovatsion texnologiyalardan keng foydalanish nafaqat o’quvchining bilim samaradorligini balki, dunyoqarashi, nutq madaniyati, kompyuter texnologiyasidan foydalanish madaniyatini ham rivojlantiradi.Har bir ko’nikma o’quvchining til sohasidagi imkoniyatlarini rivojlantiradi. Masalan, o’qish, yozish, leksik va grammatik kompetensiyalarni o’rgatishda biz o’qituvchilar slaydlar va tarqatmalardan keng foydalinishimiz yuqoridagi ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Gapirish ko’nikmasini dars mashg’ulotlariga video darslar orqali darsga tatbiq qilish mashg’ulotni yanada samarali bo’lishiga yordam beradi. Yoki, eshitish ko’nikmasini rivojlantirishda audio materiallar va eshittirish moslamalaridan foydalanish ilg’or pedagogik texnologiyalarni talab qilmoqda.
Yuqoridagi vaziyatdan kelib chiqqan holda, ta’lim muassasalarida ilg’or innovatsion texnologiyalardan samaradorligini oshirish bo’yicha muammo va mavjud holatlar qatoriga quyidagilarni qo’shish mumkin:

  1. Mavjud o’quv muassasalarni zamonaviy texnik qurilmalar, kompyuter, videoproyektor, elektron doska, televizor, yuqori tezlikdagi internet tarmog’i, printer bilan ta’minlash zarur. Bu o’z o’zidan o’quvchilarni darslarga qiziqishini ortishda, mustaqil fikrlashga, faol bo’lishga undaydi.

  2. Chet tili faniga doir darslik va chet el adabiyotlari bilan ta’minlash chora tadbirlarini amalga oshirish. Ma’lumki chet tilini biron bir qo’llanma bo’lmasdan sifatli o’rganish qiyin masala hisoblanadi. Shu sababli yetarli adabiyotlar bilan ta’lim muassasalari ta’minlansa, o’qitish jarayonida unumli foydalaniladi.

Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo`llash natijasida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi rivojlanadi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanadi. Bunday usullar o’quvchida bilimga ishtiyoq uyg’otadi. O’quvchi darslarga puxta hozirlik ko’rishga intiladi. Bu esa o’quvchilarni ta’lim jarayonining faol subyektlariga aylantiradi. Yuqoridagi izohlar zamonaviy interaktiv metod deb yuritiladi. Bundan tashqari bu metodning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchining birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Ma’lumki har bir dars mavzusini o’rganishda o’ziga xos texnologiya, usul, vositalarni tanlashga to’g’ri keladi. O’qitish jarayonida yuqori natijaga erishish uchun dars jarayonini oldindan ketma-ketligini mo’ljallash kerak bo’ladi. Bunda o’qituvchi predmetning o’ziga xos tomonlarini, o’quv jarayonini va sharoitini, o’quvchilarning ehtiyojini va imkoniyatini, bilim saviyasini, sharoitiga qarab tanlashi lozim bo’ladi.
Bilamizki, hozirgi kunda ingliz tili o’rganishning oziga xos darajalari mavjud. Ular A1 (1-4-sinfgacha), A2 (5-9-sinfgacha), A2+(tilga ixtisoslashgan maktab bitiruvchilari), B1 (o’rta maxsus ta’lim bitiruvchilari), B1+(tilga ixtisoslashgan akademik litsey bitiruvchilari), B2 (oliy ta’lim nofilologlar), C1 (oliy ta’lim filologlar) hisoblanadi.

Yüklə 34,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin