O‘zbek1ston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 116,26 Kb.
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü116,26 Kb.
#202592
  1   2   3   4   5   6
1.20. O‘simliklar fiziologiyasi


O‘ZBEK1STON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI



O‘S1MLIKLAR FIZIOLOGIYASI
O‘QUV DASTURI

Biiim sohasi: Ta'lim sohasi:

500 000 Tabiiy fanlar, matematika va statistika
510 000 Biologik va turdosh fanlar

Ta'lim yo‘nalishi:

60510100 — Biologiya (turlari bo‘yicha)


Toshkent 2023



  1. Fan/modul kodi
    OFZB312

    O‘quv yili
    2025-2026

    Semestr
    5/6

    ECTS - Kreditlar
    6/6

    Fan/modul turi
    Majburiy

    Ta'lim tili o‘zbek/rus

    Haftadagi dars soatlari
    4/4

    1.

    Fanning nomi

    Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

    Mustaqil ta'lim (soat)

    Jami yuklama (soat)

    O’simliklar fiziologiyasi

    120

    240

    360




    2.
    Fanning mazmuni

Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga yashil o‘simliklardagi asosiy fiziologik jarayonlarning tabiati, fiziologik jarayonlarni boshqarish va organizmni tashqi muhit bilan munosabatlariga oid asosiy qonuniyatlar haqida hozirgi zamon tushunchalarini berishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga o‘simliklar hayot faoliyatining umumiy qonuniyatlari, bilishiga va fiziologik jarayonlarning molekulyar asosi, hozirgi zamon o‘simliklar fiziologiyasining metodologik aspektlari, tadqiqotlarning har xil turlari, xususan subhujayra, hujayra, organizm va biotsenoz darajalarida o‘simliklar fiziologiyasining yuksalishi bilan pedagogik texnologiyalar asosida tanishtiriladi.

  1. Asosiy nazariy qism (ma'ruza mashg‘ulotlari)

II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:

  1. mavzu. O‘simliklar fiziologiyasi faniga kirish

O‘simliklar fiziologiyasining ob'ektlari va predmeti. fiziologiyasining rivojlanishi tarixi va uning metodlari.



zamonaviy

O‘simliklar
O‘simliklar
fiziologiyasining vazifalari. O‘simliklar fiziologiyasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.

  1. mavzu. O‘simlik hujayrasining fiziologiyasi

Hujayra o‘simlik organizmining elementar struktura va funksional birligidir. Hujayraning strukturaviy tuzilishi - uning biokimyoviy faolligini va butuntirik tizimni ishlashining asosidir. O‘simlik hujayralarining o‘ziga xos xususiyatlari. Prokariot va eukariot hujayralari. Yadro. Uning tuzilishi va funksiyalari.
Hujayra devori, sitoplazma, vakuol, plastidalar, mitoxondriyalar, ribosomalar, peroksisomalar, lizosomalar, endoplazmatik tur, Goldji apparati. Biologik membranalarning tuzilishi, xossalari, o‘tkazuvchanlik va faol transport tizimlari hamda asosiy funksiyalari. Biologik membranalarning kimyoviy tarkibi. Moddalarning membrana orqali transporti. Diffuziya - moddalar tashiluvining bir mexanizmi. Membranalar orqali makromolekulalarning tashiluvi. Ionoforlar. Protoplazmaning fizik - kimyoviy xossalari.
Hujayra turli organoidlarining o‘zaro funksional bog‘liqligi. Hujayralar o‘rtasidagi bog‘lanishlar. Tirik hujayraning xossalari. O‘simlik hujayrasiga xos qo‘zg‘alishlar va ularning uzatilish mexanizmi. Hujayra membranasining vazifalari, tuzilishi va xossalari. Hujayra membranasining tuzilishi. Hujayra membranasining xossalari va vazifalari.

  1. mavzu. O‘simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi

O‘simliklarda suv almashinuvining umumiy tavsifi. Suvning o‘simlik hayotidagi ahamiyati, fizik-kimyoviy xossalari. O‘simliklardagi suvning holati va fraksion tarkibi. Erkin va bog‘langan suv. Hujayraga suv yutilishining asosiy qonuniyatlari. Akvaporinlar. Biokolloidlarning bo‘kishi va osmos. Suv rejimining termodinamik ko‘rsatkichlari: suvning faolligi, kimyoviy potensial, suv potensiali. Surish kuchi. Ildizlarga suv yutilishi. Suvning o‘simlik bo‘ylab harakatlanish mexanizmlari. Yaqin va uzoqqa tashilish yo‘llari. Ildizning tuzilishi. Ildiz bosimi, guttatsiya, transpiratsiya va ularning fiziologik ahamiyati. Transpiratsiyaning miqdoriy ko‘rsatgichlari: jadalligi, mahsuldorligi, transpiratsiya koeffitsienti. Kutikulyar va labchali transpiratsiya. Transpiratsiya jadalligiga tashqi muhit omillarining ta'siri. Transpiratsiyaning sutkalik holati.O‘simliklarda suv almashinuvi ekologiyasi. Turli ekologik guruh o‘simliklarida suv almashinuvining xususiyatlari va tashqi muhit omillari ta'siriga moslanishi. Sug‘orishning fiziologik asoslari.

  1. mavzu. Mineral oziqlanishning fiziologiyasi

(o‘simlik hayotidagi ahamiyati)
Mineral oziqlanishning o‘simlik hayotidagi ahamiyati. Makro-, mikro- vaultramikroelementlar. Ionlarning metabolizmdagi asosiy funksiyalari: strukturaviy va katalitik. Ionlarning yutilish mexanizmlari. Diffuziya va adsorbsiya. Erkin bo‘shliq. Ionlarning passiv va faol tashiluvi. Tashuvchi ATF azalar. Ion nasoslari. Membrana potensialining ahamiyati. Yutilish jarayonlarining kinetikasi. Hujayra membranasi strukturalarining ionlar yutilishi va kompartmentatsiyasidagi ishtiroki. Vakuolaning roli. Pinotsitoz. Moddalarning ildizlarga yutilish jarayonining o‘simlikning boshqa funksiyalari bilan aloqadorligi va unga muhit omillarining ta'siri.
Ildizlarda ionlarning yaqin masofaga tashiluvi. Simplastik va apoplastik yo‘llar. Uzoqqa tashiluv. Asosiy oziqa elementlarining fiziologik va biokimyoviy roli. Azot. Nitratli va ammoniyli azotlar. Nitratlarni qaytarilishi. Ammiakning assimilyasiya yo‘llari. Molekulyar azotning simbiotik fiksatsiyasi. O‘simliklarda aminokislotalar sintezi. Amidlarning roli. Tabiatda azotning aylanishi.Oltingugurt. O‘simliklarda oltingugurtning asosiy birikmalari. Oltingugurt manbalari. O‘simliklarda sulfatlarning qaytarilishi mexanizmlari. Fosfor. Fosforning makroergik birikmalari va ularning energiya almashinuvidagi o‘rni.


  1. Yüklə 116,26 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin