O`zbekiston raspublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə1/12
tarix01.04.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#92318
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
To’garak chuvalchanglar (Nematomorpha) tipi sistematikasi,filogenyasi va ekalogiyasi


O`ZBEKISTON RASPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

Tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya” ta`lim yo`nalishi


__-bosqich talabasi __-guruh talabasi
____________________________________ning
“Bioinformatika” fanidan
KURS ISHI
MAVZU:. _______________________________________

Bajardi: _______________


Ilmiy rahbar _______________

Termiz-2023


Mavzu:To’garak chuvalchanglar (Nematoda) tipi sistematikasi, filogenyasi va ekalogiyasi.
MUNDARIJA:
Kirish……………………………………………………………………………3
Asosiy qsim
I-Bob To’garak chuvalchanglar (Nematoda) tipi sistematikasi, filogenyasi va ekalogiyasi.

    1. To’garak chuvalchanglar (Nemathelminthes) tipining umumiy tasnifi ……..5

1.2 Qorinkipriklilar (Gastrotricha) sinfi………………….……………………...8
II bob To’garak chuvalchanglar tipining sistematikasi
1.2.Nematodalar, yani haqiqiy to’garak chuvalchanglar (Nematoda sinfi)…...10
2.2 Qilchuvalchanglar (Nematomorpha) sinfi……………………………….....14
2.3 Kinorinxlar (Kinorhyncha) sinfi ..................................................................16
2.4 Og’izaylangichlilar (Rotatoria) sinfi .............................................................18
2.5 To’garak chuvalchanglar filogeniyasi.........................................................20
XULOSA............................................................................................................21
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.......................................................22

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Qishloq xo’jaligi rivojlangan barcha mamlakatlarda fitogelmintologiya fanining sezilarli darajada taraqqiy etilayotganligi kuzatilmoqda.Deyarli barcha o’simlik turlarini 2000 turdan ko’proq fitogelmintlar zararlaydi va har yili dunyo o’simliklar olami hosildorligining 10% gacha nobud bo’lishiga olib keladi.Fitogelmintlar qishloq xo’jaligi ekinlari,texnik va mevali daraxtlarning hosildorligi o’rtacha 6- 25 % gacha kamayadi. Ayrim hollarda fitogelmintlar tasirida hosildorlikning 70-90% gacha nobud bo’lishi aniqlangan. Parazit nematodlar o’simliklarning mahsulot sifatini pasaytiradi, mayda va yirik shoxli qoramollarda og’ir zaharlanishlar kelib chiqishiga sababchi bo’ladi .Ko’gina hollarda tuproq strukturasining buzilishi fitogelmintlar bilan bog’liq.Nematisidlar yordamida fitogelmintlarning yirik populiyatsiyalarini bartaraf etish bilan ko’pgina qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini bir necha martaga oshirihsga erishish mumkin. Dunyoda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishini kengaytirish, ekinlar xavfsizligini, hususan turli zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishni ta’minlash, ularga sezilarli darajada zarar keltiruvchi organizmlarni aniqlash dolzarb masalalardan hisoblanadi. O‘simliklarni zararlay oladigan nematodalar (fitonematodalar) - oddiy ko‘zga ko‘rinmaydigan, mikroskopik, rangsiz, chuvalchang shaklli haqiqiy dumaloq qurtlardir. Dunyoda g‘o‘za yoki g‘o‘za rizosferasida 150 tacha, jumladan O‘zbekistonda 100 tadan ko‘proq nematoda turlari turlari qayd etilgan. Ulardan Markaziy Osiyoda 15-20, boshqa mamlakatlarda (Amerika, Afrika) 15-20, hammasi bo‘lib 20-25 tur g‘o‘zada haqiqiy parazit sifatida rivojlanishi mumkin deb hisoblanadi. Qolganlari - nomaxsus turlar - odatda boshqa ekinlarni zararlaydi yoki tuproqda o‘simlik qoldiqlarida hayot kechiradi, kam yoki juda kam, tasodifiy hollarda g‘o‘za ildizi to‘qimalariga kiradi. Ayniqsa, oziq-ovqat mahsuldorligi yuqori bo‘lgan, sifatli va eksportbop meva mahsulotlariga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Urug‘ mevali bog‘larga xavfli zararkunandalar ta’siri natijasida mahsulot eksportbopligi, sifati va hosildorligi pasayib, meva mahsulotlarini yetishtiruvchi xo‘jaliklarga iqtisodiy jihatdan zarar keltirmoqda. Shunga ko‘ra, hosildorlikning keskin pasayib ketishi ѐki olingan hosilning iste’mol talablariga javob bera olmaydigan holatga kelib qolishiga sabab bo‘luvchi fitonematodalarning faunistik kompleksini aniqlash, o’simlik vegetasiyasining turli davrlarida fitonematodalar populyasiya zichligini tahlil qilish hamda fitoparazit dominant turlarning bioekologik xususiyatlarini o‘rganish asosida ularga qarshi istiqbolli kurash choralarini ishlab chiqish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga kasb etadi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin