O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta‘lim agentligi _______________________ hokimligi maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi __________________ maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi __-maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruh tarbiyachisi ____________________________ning “Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida “O‘ynab o‘rganamiz” mavzusida tashkillangan
(Avgust oyining 3-haftasi) Guruh: Tayyorlov guruhlar uchun Oy mavzusi:QUVNОQ VA SОG`LОM BОLALAR Hafta mavzusi:O‘ynab o‘rganamiz Maqsad: bоlalar turli hil o‘yinlarni o‘rganadilar.
Kerakli jihоzlar: mavzuga оid rasli kitоblar, rasmlar, AKT Faоliyatning bоrishi: 1. Rasmlar va kitоblarni ko`rib chiqish.
2. Mavzuga mоs videоrоlikni tоmоsha qilish
3. Rasmlar asоsida o`zarо suhbat
4. Mavzu yuzasidan sоdda gaplar bilan hikоya tuzish
5. Muhоkama, хulоsa
Bolalarga yurish va yugurishni o‘rgatishda davom etish. Ular bilan buyumlar oralab yurish va yugurishni takrorlash; Oyoq uchida yugurishga o‘rgatish; Poldan (erdan) ikki oyoqlab keskin itarilish va sakrayotib qo‘lni ko‘tarib yuqorida turgan buyumga tekkizish; To‘pni ikki qo‘llab yuqoriga irg‘itishni mashq qilish; 1,5 daqiqagacha yugurish va sekin yurib, nafas mashqlariga o‘tish.
Faoliyat uchun zarur anjomlar: Bolalar soniga mos (diametri 6-8 sm) li to‘plar, xodacha, chizimcha, bir nechta lenta.
Faoliyatga tayyorgarlik: Tarbiyachi bolalarga saflanishni tushuntiradi, so‘ngra bolalarga o‘z ishorasiga ko‘ra bir-birlarining ketidan bir qator bo‘lib tizilish va boshlovchining ketidan zal bo‘ylab yurishni tushuntiradi. Bolalarga yurish va yugurish chog‘ida buyumlar orsidan epchillik bilan harakatlanish, buyumlarga tegib ketmaslik zarurligini tushuntiradi.