Professional ta’lim fakulteti
Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi
101-guruh talabasi
Rixsiboyev Shukurulloh Rustam o’g’lining
Kompyuter grafikasi fanidan
4-mustaqil ishi
Mavzu: Corel Draw dasturining ishchi muhiti: asosiy menyu, Corel Draw dasturi instrumentlar paneli.
O‘qituvchi: Sh. B. O‘roqova
TOSHKENT-2023 Reja:
Corel Draw dasturi haqida ma’lumot.
Corel Draw dasturining asosiy menyusi va ishchi muhiti.
Corel Draw dasturining instrumentlar paneli.
CorelDRAW – professional grafik muharrirlari ichida e’tirof etilgan yetakchidir. Muharrir rastr va vektor grafikani yaratish va qayta ishlash, Web-dizayn, rangni taqsimlash, yangi shriftlarni ishlab chiqish, shtrix-kodlarni kiritish masalalarini a’lo darajada bajaradi. Poligrafiya uchun eng yaxshi dastur рisoblanadi. Qo‘shimcha dasturlar, u bilan birga tarqatiladigan, animatsion vektor grafikasi bilan ishlashni ta’minlaydi.
Corel Draw dasturida ishlaydigan barcha tasvirlar ikki sinfga bo‘linadi: nuqtali va vektorli. Vektorli grafikada tasvirning asosiy elementi sifatida chiziq qaraladi. Rastrli grafikada bunday chiziqlar nuqtalar yordamida yaratilsa, vektorli grafikada esa tasvirlar yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo‘lgan chiziqlardan foydalaniladi va shuning hisobiga tasvirlar aniqroq bo‘ladi.
CorelDRAW dasturi Kanadaning Ottavashahridagi Corel korporatsiyasi grafik muhitda dasturlar yaratish bo‘yicha jahonda yеtakchi o‘rinni egallaydi. Corel korporatsiyasi o‘zining mahsulotlarini samaradorligi va operatsion tizimlar bilan hamkorligini ta’minlash qatorida Windows, Macintosh, Unix, Linux va Java platformalari uchun mahsulotlar yaratadi. Kompaniya o‘zining grafik dasturlari bilan shuxrat qozongan bo‘lib, CorelDraw bularning asosiysi va uning asoschisi doktor Maykl Kaupland hisoblanadi. CorelDraw takomillasha borib, juda ko‘p funksiyani bajaruvchi va ko‘p sohalarda qo‘llanuvchi vositaga aylanib bordi. Uning insturmental vositalar to‘plami yaratuvchanlik xarakterida ishlash uchun qulay bo‘lib ishning samaradorligini ta’minlaydi.