ОʻZBEKISTОN RESPUBLIKАSI
ОLIY TА’LIM, FАN VА INNОVАTSIYАLАR VАZIRLIGI
TОSHKENT DАVLАT SHАRQSHUNОSLIK UNIVERSITETI
SHАRQ SIVILIZАTSIYАSI VА TАRIX FАKULTETI
SHАRQ FАLSАFАSI VА MАDАNIYАTI KАFEDRАSI
FALSAFA FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MАVZU: АBDULLА АVLОNIY QАRАSHLАRIDА IJTIMОIY-FАLSАFIY MАSАLАLАR
Topshirdi: sirtqi, 1-kurs tаlаbаsi Jo’rayeva Malika
Qabul qildi: Shаrq fаlsаfаsi vа mаdаniyаti kаfedrаsi dоtsenti, f.f.n Sаydаlievа N. Z.
KIRISH
Haqiqiy falsafa tafakkur mahsuli bo’lgan narsalarni oliy darajadagi haqiqat sifatida mutlaqlashtirmaydi. Bu borada Suqrotning «Men hech narsani bilmasligimni bilaman» degan e’tirofi haqiqat mezonidir. Holbuki, Suqrot qadimgi Yunonistonning eng bilimli faylasufi bo’lgan. U bilimdon, bahs-munozara chog’ida har qanday suhbatdoshni ham mot qilib qo’ya olgani haqida tarixda misollar ko’p. Falsafiy bilimlar rivoji uzluksiz jarayon bo’lib, u insoniyatning tafakkur bobida ilgari erishgan yutuqlarni tanqidiy baholashni taqozo etadi. Biroq bu — ularni tamoman rad etish, ko’r-ko’rona tanqid qilish lozim degani emas, balki ularga xos barcha xato va kamchiliklarni anglab, yaxshi va ijobiy jihatlaridan foydalanish demakdir. Ana shunday tanqidiy yondashuv va vorislik falsafaning muhim xususiyatlaridan biridir.
Bu fanning oldiga qo’yilgan vazifalarga va uning hayotdagi o’rniga qarab, ijtimoiy taraqqiyotning turli davrlarida unga bo’lgan munosabat ham o’zgarib borgan. Bu munosabatlar dastlabki fanlar paydo bo’lib va ularning ba’zilari falsafadan ajralib, alohida mustaqil fan sohasiga aylana boshlagan davrlardayoq shakllana boshlagan.
Falsafaning ijtimoiy ong tizimida tutgan o’rni, jamiyat va shaxs hayotidagi ahamiyati nimadan iborat, degan masala hamma davrlarda ham dolzarb bo’lgan. Ayniqsa, tarixiy taraqqiyotning tub burilish davrlarida falsafaning asl mohiyatini bilish, uning usul va g’oyalari kuchidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan.
Reja
1.Imom Buxoriyning hayot yo’li
2.Imom Buxoriyning tafsir ilmiga qo’shgan xissasi
3.Al Jome as-Sahih asari haqida tushunchalar.
1.Imom Buxoriy taniqli muhaddis olim Ismoil ibn Ibrohim ibn Mug’ira oilasida tug’ildilar. O’n yoshidan boshlab hadislarni yod ola boshladilar. Yetmish mingdan ziyod hadisni yod bilgan Muhammad o’n olti yoshlarida onalari hamda akalari bilan muborak haj safariga otlanadilar. Ularning uzoq yillik safarlari shu tariqa boshlanadi. Haj amalini ado etgan Muhammad onalari bilan akalarini Buxoroga qaytarib yuborib, o’zlari hadis to’plash niyatida olis yurtlarga rihlat qildilar (rihlat - hadis to’plash niyatida safarga chiqish). Ko’p yillar davom etgan safarlar chog’ida Imom Buxoriy O’rta va Yaqin Sharqning juda ko’p mamlakatlarida, Makka, Madina, Toif, Jidda singari tabarruk shaharlarda, Basra, Kufa, Bag’dod kabi ilm markazlarida boldilar. Ko’plab ustozlardan ta’lim oldilar, minglab shogirdlarga ustozlik qildilar. Bu safarlar chog’ida ul zot olti yuz mingdan ziyod hadis to’plab, ularni to’g’ri va noto’g’ri, ishonchli va ishonchsiz hadislarga ajratdilar. Shulardan yetti mingdan ziyod eng ishonchli hadisni tanlab olib, «AI-Jomi’ as-sahih» («lshonchli hadislar to’plami»)ga jamlaganlar. «Sahih al-Buxoriy» deb ham ataladigan bu to’plam musulmon olamida mashhur olti ishonchli hadislar to’plamlaridan biridir. 0’zbek tilida bu to’plam to’rt jildda nashr etildi. Hijriy III asr hadisshunoslikning oltin davri hisoblanadi. Bu asrda hadislar aytish mumkin-ki, ilmiy ravishda to’planib, tadvin qilinib, muayyan qonun-qoidalarga asosan tartibga tushirilgan. Ayanan mana shu asrda hadisshunoslik mustaqil ilm sifatida fiqh ilmi masalalaridan ajralib chiqdi. O’z navabatida hadis ilmidan boshqa bir talay ilmlar ham ajralib, bo’linib ketdi. Hijriy III asr hadisshunoslikning mustahkam asosga ega bo’lib, qudratli ilm sifatida qaror topishda muhim o’rin tutadi,desak mubolag’a bo’lmaydi. Hadislar ommaviy ravishda hayotiy ehtiyojiga aylanib, ijtimoiy hayotning turli sohalarga jadal kira boshlaydi, hadislarga tayanib ish tutish odat tusini oldi. Hadischilik borasidagi bunday uyg’onish yoki yuksalish davri ayni chog’da bir talay muomolarni ham yuzaga keltiradi. Ulardan yangi asosiysi-hadislaring to’g’ri yoki noqisigi, ularning roviysi manbasiga e’tibor bermasdan hayotga tatbiq qilish masalasi jamiyatda jiddiy muommolarni yuzaga keltiradi.3 Mana shunday sharoitda buyuk ulamolardan biri guruhi hadislarni buzmasdan asl holida qo’llash borasida turli tuman takliflaru tavsiyalarini o’rtaga tashladilar, ularni saralash masalasida har xil uslub va tomoshalardan foydalanish yo’llarini izlay boshladilar. Yozuv qurollari ko’payib, kitobotchilik yetarli sharoit vijudga kelgach arab va musulmon dunyosi boshqa elatlaru millatlari bilan aloqa o’rnatib, ma’rifiy tajribasi ortgach hadislarga doir maxsus kitoblar yaratish ishlari ancha yurishdi. Oldingi asrlarda kuzatilganidek, Rasululloh hadislarni sahobalarning qavllari, yoki tobe’iynlar chiqargan fatvolari bilan aralashtirib yuborish hollariga chek qo’yilib, faqat payg’ambar alayhissalom hikmatlaridan iborat bo’lgan kitoblarnin ta’lif etishga kirishildi. Hadislar yuzasidan ta’lif etilgan asarlarni puxta tadqiq etish jarayonida, asosan, quyidagi 4 qoidaga amal qilinganini ko’ramiz: Musnadlariga tayanib ta’lif etish. Bu usul shundan iboratki, sahobalardan har birining payg’ambar haqida aytgan hadislari, to’grimi yoki noto’g’rimi - bundan qattiy nazar, to’planib, garzand mavzulari xilma-xil bo’lsada, alohida kitob shaklida ta’lif etiladi. Masalan bir hadisning musnadi sifatida avval Abu Bakrga tayanib rivoyat qilinadi. Undan keyin birin ketin sahobalarning nomlari zikr qilinadi.Mana shu tartibda mustaqil kitob ta’lif qilinadi, bu borada, shuningdek, boshqa usullar qo’llanilgan holler ham ko’zga tashlanadi. Hijriy III asrning boshlarida Ubaydulloh ibn Muso al-Abasiy al-Kufiy, Musaddad ibn Musarxad al-Basriy kabi olimlar shu zaylda asarlar tasnif etgan bo’lsalar, keyinchalik ularga ergashib, Ahmad ibn Hanbal, Ishoq ibn Rohvayh va boshqalar ham asarlar yaratgan. Ibn Hajar al-Asqaloniyning yozishicha, Muslim ibn al- Hajjoj sahobalar aytgan ma’lumotlarga tayanib, kattagina bir musnad yaratgan bo’lsa-da,afsuski, uni tugatolmagan.
2. Hadis asarlarida mustaqil tafsir bo‘limlarini ajratish odatini Buxoriy boshlab bergan. U bilan bir davrda yashagan Muslim “Sahih”ida “Tafsir” nomli yetti bobdan iborat kichkina bir bo‘lim ajratgan. Termiziy “Sunan”ida, Nasoiy ham “as-Sunan al-kubro”sida tafsir bo‘limlarini ochganlar.
Hadis asarlaridagi tafsir bo‘limlarida oyatlar bob nomi shaklida zikr qilingan, ketidan oyatlarga aloqasi bor deb bilingan hadislar naql qilingan. Bu shaklda tartiblangan boblardan tafsir bo‘limlari tashkil topgan.
Qur'oni karim oyatlarining Payg‘ambar alayhissalom va sahobiylar so‘zlari bilan tafsir qilinishi rivoyat tafsiri deb yuritiladi. Tafsiri ma'sur yoki rivoyat tafsiri deganda, biror oyatning ma'nosini boshqa oyat yoki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislari bilan, sahobiy yoki tobi'iyndan naql qilingan so‘z bilan bayon etishni tushuniladi.
Tafsiri ma'surning vujudga kelish davri ikki bosqichdan iboratdir. Birinchisi rivoyat davri bo‘lib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘z as'hoblariga Qur'oni karimning ba'zi oyatlari ma'nosidagi maxfiylikni ochib berganlar. Uni sahobai kiromlar zehnlarida saqlab, og‘izma-og‘iz bir-birlariga, keyinchalik tobi'iynlarga yetkazganlar. O‘z navbatida Qur'oni karimning ba'zi oyatlari ma'nosini sahobalar ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan eshitganlariga qo‘shimcha ehtiyojga muvofiq ijtihod qilib tafsir qilganlar. Tobi'iynlar ham o‘z davrlarida oyatlardagi ba'zi maxfiylikni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan va sahobalardan qilingan rivoyatlar ustiga o‘zlari ham ijtihod va ra'y bilan xalqqa tushuntirganlar. Tafsirdagi shunday o‘zgarish va kengayish taba'a tobi'iynlar (tobi'iynnlardan keyingi avlod)ning davrida ham davom etdi. Ikkinchisi tadvin davridir. Bu davrda birinchi bo‘lib tafsiri ma'sur (rivoyatlar asosidagi tafsir) yozildi.
Tobi'iynlar va taba'a tobi'iynlar davrida fiqh va hadis ilmi bilan bir qatorda tafsir ilmi ham qisman bo‘lsa-da alohida rivojlangan. Jumladan, tobi'iynlar davridagi tafsir ilmining “Makka”, “Madina” va “Basra” maktablarining mavjudligi fikrimizning yaqqol isbotidir. Ilk mufassirlar sifatida Muqotil ibn Sulaymon (r.a.) (vaf. 767), Imom Ahfash (vaf.793), Abu Ubayda (vaf. 825) va Qosim ibn Sulaymon (vaf. 837)ning tafsirlari eng mashhur tafsiri ma'sur tafsirlar sirasiga kiradi. Shuningdek, bularga qo‘shimcha ravishda 1964 yilda Misrning Doru-l-kutub al-Misriyya kutubxonasidan topilgan Imom Mujohid (r.a.) (vaf. 721) tafsiri [5] va Hindistondan topilgan 1965 yilda Rampurda ilk nashri amalga oshirilgan Sufyon Savriy (r.a.)ning (vaf. 778) tafsirlarini [10: 16] ham mazkur tafsirlar qatoriga qo‘shish mumkin.
Lekin bu davrda yozilgan tafsir alohida kitob bo‘lmasdan, balki rivoyat qilingan hadislar kitobining bir bobi sifatida yozilgan edi. Ana shunday hadis to‘plamlari sirasiga Imom Buxoriy (810-870)ning “Al-jomi' as-sahih” asarini ham kiritish mumkin.
Hadis ilmi bilan bir qatorda tafsir ilmi bilan ham shug‘ullangan olimlar qatoridan joy olgan Imom Buxoriyning mustaqil tafsiri bo‘lgani haqida ham turli qarashlar mavjud. Jumladan, Hoji Xalifa Imom Buxoriyning mashhur shogirdlaridan biri Abu Abdulloh Firabriy (vaf. 932)ning ma'lumotlariga tayangan holda Imom Buxoriyning hadis ilmiga oid asarlaridan tashqari mustaqil tafsiri bo‘lganligi haqidagi ma'lumotni o‘z asarida keltirib o‘tadi [9: 443]. Shuningdek, Imom Buxoriyning “Xolqu af'ol ul-'ibod” asarini tahqiq qilib nashr ettirgan Doktor Abdurrahmon Umayra ham Imom Buxoriyning “at-Tafsir al-kabir” nomli mustaqil asarining mavjudligi va hozirda Jazoir Milliy kutubxonasi hamda Parijda ushbu asarning ikki nusxasi saqlanayotgani haqida ma'lumot berib o‘tgan [8: 23]. Avval qayd etib o‘tganimizdek, turli tafsir maktablariga mansub mufassirlar qatorida bir muhaddis sifatida Imom Buxoriyning ham mustaqil tafsir yozishi tabiiy holdir. Olimning tafsir ilmidagi o‘rni haqida gap ketganda uning bu jihatiga emas, balki Imom Buxoriyning rivoyat tafsiri yo‘nalishida biz uchun eng muhim jihati ichida ilk bora musannaf bir hadis kitobi ichida “Kitob at-tafsir” sarlavhasi ostida tafsirga joy ajratishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Buxoriydan oldin yozilgan hadis kitoblarida tafsir nomi ostida ajratilgan mustaqil bo‘limni uchratmaymiz. Hatto, Buxoriydan 45 yil oldin vafot etgan Abdurazzoq ibn Hammom (vaf. 826)ning “Al-Musannaf” asarida bunday bo‘lim uchramaydi [3: 9]. Shuningdek, Imom Buxoriy bilan zamondosh bo‘lgan Imom Dorimiyning “Sunan” asarida ham tafsirga bag‘ishlangan biror bo‘limga duch kelmaymiz [6: 4]. Ammo Buxoriydan keyin yozilgan Imom Muslim (vaf. 874) va Imom Termiziy (vaf. 892)ning hadis to‘plamlarida tafsir bo‘limini uchratish mumkin. Bundan ko‘rinib turibdi-ki, hadis to‘plamlariga ilk bora tafsir Imom Buxoriy tomonidan olib kirilgan.
“Sahih ul-Buxoriy”ning “Kitob at-tafsir” bo‘limida ma'lum oyatlar bob sarlavhalari sifatida yozilgan bo‘lib, ortidan oyatlar bilan bog‘liq hadislar keltirilgan. Shuningdek, “Kitob at-tafsir”dan boshqa ba'zi kitoblar nomi ham ma'lum bir oyatlar bilan nomlangan. Shu shaklda yakunlangan boblar tafsir kitobini tashkil etadi.
Imom Buxoriyning tarojim (bob izohlari)larining sonini tadqiq qilgan Kirmoniy va boshqa olimlar izohlarni 3450 hadisdan – 3882 hadislar oralig‘ida ekanini aytganlar.
3. Al-Jomeʼ As-Sahih — Islomda ishonchliligi jihatidan Qur’ondan keyingi ikkinchi manba boʻlib hisoblangan A. J.s Imom Buxoriyning shuhratini olamga taratgan asar hisoblanadi. Musannif uni yozish uchun umrining oʻn olti yilini sarf etgan.
Imom Buxoriy bu asarni yaratishiga ustozi Ishoq ibn Rohavayhning tashviqi va oʻzining koʻrgan tushi sabab boʻlgan. Oʻzining yozishicha, u tushida Muhammadni koʻradi. Taʼbirchilarga uning bu tushi paygʻambar hadislarini har xil yolgʻon va shubhalardan tozalab toʻplashiga ishora ekanini aytadilar.
Imom Buxoriy oʻzi yod bilgan olti yuz ming hadisdan sahihlarini va sanadi Muhammadga yetib boradiganlarini tanlab, ularni jamlashga jazm etgan. Al-Jomeʼ As-Sahihning yozilishi turli davrlarda va turli hududlarda davom etgan. Imom Buxoriy biror hadisni oʻz toʻplamiga kiritishdan oldin oʻsha hadis matni va sanadini, sanad silsilasidagi roviylarning ishonchlilik darajasini tekshirgan va sanadning paygʻambargacha yetib borishiga ahamiyat bergan. Kitobning „Jomeʼ“ deb nomlanishiga sabab, ahli hadislar tomonidan toʻrt fanga boʻlib oʻrganilgan va har bir fan boʻyicha alohida kitob tasnif qilingan. Ular: Sunnat,Tafsir, Siyrat, Zuhd va raqoiq fanlari. Imom Buxoriy A. J.s.da mazkur fanlarning barchasiga tegishli hadislarni jamlagan. A. J.s.ga 7275 ta kiritilgan hadis Muhammad ibn Fuodga koʻra, yetti ming besh yuz oltmish uchtadan iborat. Mazkur asarni toʻqson mingga yaqin talaba Imom Buxoriyning oʻz ogʻzidan tinglagan. Ulardan Muhammad ibn Yusuf Firabriy va Ibrohim ibn Maʼqil Nasafiy kabi asar rivoyat qiluvchilar yetishib chiqdi. A. J.s.as.i dunyoda eng koʻp tadqiq etilgan asarlardan biridir. Unga bitilgan sharhlarning eng mashhurlari quyidagilar: Hofiz ibn Hajar Asqaloniy (vaf. 852/1448)ning „Fath al-boriy fi sharhi Sahih al-Buxoriy“, Badriddin Muhammad Ayniy (vaf. 855/1451)ning „Umdat al-qoriy sharhi sahih al-Buxoriy
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Buxoriy ham bob bilan hadislarning o‘zaro muvofiqligi, ham hadislar orsidagi muvofiqlik va bularning muayyan ma'no beradigan shaklda tartiblash bo‘yicha katta mehnat qilgan. Bu holat uning faqat rivoyatlarni naql qilishga izn bergan, talqinlarga imkon qoldirmaydigan bir shaklda, shaxsiy qarashlarini bayon etishga imkon topish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Tarjimalarda taqdim qilgan tafsir ma'lumotlari bilan birga masalalarga mavzu qo‘yishi aslida rivoyatlarni naql qilish tamoyilidan borgan bir asarda tafsir imkonlarini imkon qadar kengaytirgan. Faqat buning bilan birga bir oyatni barcha qirralarini ochib berish, bir xulosaga borish kabi ideal bir izoh nuqtai nazaridan qaralganda, albatta, bu ish yetarli emas.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Foydalanilgan adabiyotlar
1. U.Uvatov.Muhaddislar imomi.-T.: “Ma’naviyat”, 1998 6 bet
2. U.Uvatov,Buyuk muhaddis,O’zbekiston milliy enskilopediyasi davlat ilmiy
nashiryoti .Toshkent 1998
3. U.Uvatov.Imom al-Buxoriy hayoti. “Sharq” nashiryoti-matba konsernining
bosh tahririyati –T.1998
Dostları ilə paylaş: |