O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 64,11 Kb.
səhifə1/7
tarix05.05.2023
ölçüsü64,11 Kb.
#108292
  1   2   3   4   5   6   7
0987 (2)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IJTIMOIY FANLAR” KAFEDRASI
FALSAFA” fanidan
MUSTAQIL ISH


Bajardi: BIA 71-guruh talabasi Kalonov Ilhom
Tekshirdi: Davronov Z.
Mavzu: Vijdon va e’tiqod erkinligi
Reja:
Kirish
1. O`zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar.
2. Vijdon va diniy e’tiqod erkinligining mazmun va mohiyati.
3. ”Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida” gi qonunning yangi tahriri.
4. Dinning jamiyat hayotida tutgan o`rni.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan ilk yillardan diniy sohaga o‘zbek xalqining milliy ma’naviyatining ajralmas qismi sifatida alohida e’tibor qaratildi. Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat vakillari istiqomat qilib, 16 ta diniy konfessiyaga mansub 2241 ta diniy tashkilot, shu jumladan, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazi, Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi, 9 ta o‘rta maxsus islom bilim yurti, pravoslav va protestant seminariyalari faoliyat olib bormoqda.
Muhtaram yurtboshimizning tashabbuslari bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom madaniyati markazi, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Termiz shahrida Imom Termiziy ilmiy-tadqiqot markazi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent shahrida O‘zbekistondagi islom madaniyati markazi faoliyatini tashkil etilish yuqoridagi ezgu maqsadlarga, shuningdek, ma’naviyatimizni yanada yuksaltirish, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, ijtimoiy barqarorlik, o‘zaro ahillik va totuvlikning kuchayishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Vijdon va din erkinligini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi olib borayotgan siyosatining ustuvor vazifalaridan sanaladi. Shu bois, so‘nggi yillarda respublikamizda fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar olib borilmoqda. Bu borada vijdon erkinligining huquqiy asoslarini mustahkamlash, qonunchilikni inson huquqlariga oid xalqaro andozalar asosida takomillashtirish ham respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng dolzarb vazifalaridan biri deb qaralmoqda. Xususan, 2021-yilda 5-iyulda davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan taqdim etilgan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda diniy sohadagi qonun hujjatlarida qo‘llaniladigan asosiy tushunchalarga ta’rif berildi. Bu orqali oldingi qonunda mavjud bo‘lgan mavhum tushunchalardan voz kechildi. Shuningdek, diniy tashkilotlarning huquq va majburiyatlari, ularni ta’minlanishining kafolatlari, shu jumladan, yuqori turuvchi organ yoki sudga mansabdor shaxslarning diniy tashkilotlarning huquq va erkinliklarini buzuvchi qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bo‘yicha ular sudga murojaat qilganda, davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi mustahkamlab qo‘yildi. Bu esa diniy tashkilot va davlat organlari o‘rtasidagi munosabatlar shaffofligiga xizmat qiladi. O‘z navbatida, diniy tashkilotlarga nisbatan kuzatilishi mumkin bo‘lgan turli noqonuniy xatti-harakatlarning oldini oladi.
Ilgari diniy tashkilot rahbarligiga nomzod xorijiy davlat fuqarosi bo‘lsa, bu shaxsning rahbar bo‘lish imkoniyati cheklanardi. Ya’ni oldingi qonunning 8-moddasida “Diniy tashkilotlar rahbarligiga O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan shaxslarning nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishib olinadi” degan jumla asosida muayyan cheklovlar o‘rnatilgandi. Bu esa ba’zi diniy tashkilot vakillariga muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarardi. Yangi Qonunda bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida diniy tashkilot rahbarligiga ko‘rilayotgan chet ellik fuqaro nomzodini Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishish hamda bu shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi to‘g‘risidagi talablar bekor qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 409-sonli Qaror talablarida diniy tashkilotlarni tuzish uchun Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan rozilik xati ham zaruriy talab sifatida belgilangan edi. Bu esa diniy tashkilot tuzish bilan bog‘liq jarayonlarni murakkablashuviga sabab bo‘lardi. Yangi qonunchilikda diniy tashkilotlarni tuzishni soddalashtirish maqsadida ro‘yxatdan o‘tish jarayonida mahalla ishtiroki bekor qilindi.
Umuman olganda, qabul qilingan Qonun inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar bilan kafolatlangan diniy sohada umume’tirof etilgan huquq va erkinliklarni qamrab olgan holda yurtimiz aholsining mentaliteti, o‘ziga xos jihatlari va din erkinligi bilan bog‘liq orzu istaklarini o‘zida mujassam etgan.



Yüklə 64,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin