O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi center for increasing the social activity of students and pupils under the ministry of higher education
TALABA VA O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI
OSHIRISH MARKAZI
CENTER FOR INCREASING THE SOCIAL ACTIVITY OF STUDENTS AND PUPILS UNDER THE MINISTRY OF HIGHER EDUCATION, SCIENCE AND INNOVATION OF THE
REPUBLIC OF UZBEKISTAN 100095, Toshkent sh. Talabalar shaharchasi, Talabalar ko‘chasi, 70-uy. Tel: (998) 71 246-95-43, e-mail: mm.markaz@edu.uz,
e-xat: mmmdevonxona@exat.uz
2023-yil 27-oktabr 1/03-117-son
Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
2023-yil 7-sentabrdagi 3/15-52-1318-son xatiga asosan, 2023–2024-oʻquv yilining to‘qqizinchi haftasida oʻtkaziladigan “Axborot va tyutorlik soati” mashgʻulotlari materiallari ilovaga muvofiq yuborilmoqda.
Shu munosabat bilan, Sizdan mazkur hafta davomida oʻtkaziladigan “Axborot va tyutorlik soati” mashgʻulotlarini “Taraqqiyot strategiyasi: jadal hayot va yangilanish ” mavzusida yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlashingiz soʻraladi.
“Axborot va tyutorlik soati” 4 bosqichdan iborat bo‘ladi.
1-bosqich: (20 daqiqa) Axborotlardan xabardorlik va yangi huquqiy normativ hujjatlar bilan qisqacha tanishish. Bu bo‘yicha OTMda axborot matni dars o‘tiladigan kundan bir kun oldin tayyorlanadi.
2-bosqich: (20 daqiqa) “Axborot va tyutorlik soati” mavzusini yoritish. Jadval asosida biriktirilgan OTM tomonidan tayyorlangan materiallar asosida o‘tkaziladi.
3-bosqich: (20 daqiqa) Talabalar bilan fazilatlar haqida suhbatlashish va turli illatlardan saqlanishga chorlash. Hadis, hikmatli so‘zlar va rivoyatlardan misollar keltirish lozim.
4-bosqich: (20 daqiqa) Badiiy adabiyotlar bilan tanishish. Bu bosqichda har oyda o‘qish uchun rejalashtirilgan kitoblar haqida ma’lumot berish.