O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat univеrsitеti


II-BOB. XIII asrda Markaziy Osiyodagi iqtisodiy ahvol



Yüklə 44,67 Kb.
səhifə2/6
tarix12.05.2022
ölçüsü44,67 Kb.
#57647
1   2   3   4   5   6
Xorazmshohlar davlat.

II-BOB. XIII asrda Markaziy Osiyodagi iqtisodiy ahvol.

II.1. Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli.........

II.2. Xorazmshohlar davlati inqrozi.................................................

Xulosa................................................................................................

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.......................................................

Kirish

O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi yillarida xalqimizning

manaviy merosining asosi bo‘lgan o‘tmish tarixga etibor kuchayib,

uning har tomonlama, chuqur va haqqoniy yoritilishiga etibor kuchaydi.

Yurtboshimiz takidlagandek, tarix millatning haqiqiy tarbiyasiga aylanib

bormoqda, buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy

xotiramizni jonlantirib yangi fuqorolik ongini shakillantirmoqda.¹ XI

asrning so‘nggi choragi va XII asrning birinchi yarmida Xorazmshohlar

sulolasi Markaziy Osiyo tarixiy jarayonlariga katta ta sir ko rsatgan

siyosiy kuchga aylanib, o zining yirik davlatini shakllantira oldi. Bu

davrda Markaziy Osiyoda katta kuchga ega bo lgan Qoraxoniylar davlati

Saljuqiylar davlati bilan ziddiyatlari natijasida kuchsizlana boshlagan

edi. Shuningdek, qoraxitoylarning Markaziy Osiyoga kirib kelishi

natijasida qoraxoniylar va saljuqiylarning tarix sahnasidan ketishlari

Xorazmning mustaqil davlatga aylanish uchun zamin yaratilgan. Bu

davrda Xorazmda hukronlik qilayotgan Anushteginlar Horazmshohlar

davlatiga asos soldilar. Anushteginlar davrida (1097-1231 y.y) Markaziy

Osiyoda iqtisodiy-ciyosiy va madaniy yuksalish davri bo ldi. O ziga xos

davlat boshqaruv tizimi, ma muriyhududiy tuzilmaga ega mazkur

saltanat, bu borada, o zidan oldingi barcha musulmon davlatlarining

tajribasiga suyandi. IX asrda boshlangan Renessans, ya ni Uyg onish

davrida Xorazmshohlar sulolasi o zining yuksalishiga erishdi.

Xorazmshohlar davlati tarkibiga kirgan Samarqand, Buxoro, Mazondaron, G azna, Xuroson, Seyiston, Gurjuston, Kashmir kabi

boshqa ko pgina shaxarlarda iqtisodiy yuksalish kuzatilgan.

Xorazmshohlar davlati hozirgi O zbekiston, Qozog iston, Qirg iziston,

Tojikiston, Turkmaniston, Xitoyning ozgina qismi, Hindiston, Pokiston,

Afg oniston, Eron, Iroq, Turkiya, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon,

Dog iston respublikalari hududlarini birlashtirgan ulkan imperiya bo

lgan. Unga 450 yaqin shaxar va viloyatlar kirgan. XIII asr boshida

Gurganj yirik siyosiy boshqarish, madaniy, hunarmandchilik va savdo

markazi bo‘lgan.

Bu imperiya Sulton Muxammad Xorazmshoh va uning onasi Turkon

xotin o rtasidagi ziddiyatlar natijasida inqrozga uchradi. Bu esa,

Chingizxon boshchiligidagi mo g ullarning bu xududni bosib olishiga

imkon yaratdi. Xorazmshohlar davlati o zining bir asrdan ko proq

hukmronlik davrida Markaziy Osiyo xalqlari tarixida o chmas iz

qoldirdi. Birgina mo g ullarga qarshi kurashgan Jaloliddin

Manguberdining jasorati hanuzgacha avlodlar uchun o rnak bo lib

kelmoqda. Xorazmshohlar davlatining Markaziy Osiyoda tutgan o rnini

yoritib berish, taxlil etish bugungi kunning dolzarb mavzularidan biriga

aylangan. Mavzuning o rganilish darajasi Anushtegin -Xorazmshohlar

davlati tarixini o rganilish darajasini 4 bosqichga bo lish mumkin. 1-

bosqich arab manbalarida yoritilishi: Bunda Xorazmshohlar davrida

yaratilgan manbalar va undan keyingi davrlarda yaratilagn manbalar

kiradi. Mazkur manbalarda Xorazmshohlar davlatining iqtisodiy, siyosiy

tuzumi, madaniy rivojlanishi, hukmdorlar tarixi, ayniqsa, Sulton

Jaloliddin Manguberdi faoliyati keng yoritilgan 1. 2 bosqich -xorijiy

olimlar tomonidan o rganilishi. Xorazmshohlar davlati tarixi xorijiy

olimlar tomoinidan ham keng o rganilgan. Mazkur masala yuzasidan

O.Masalieva tomonidan tadqiqot ishi olib borilgan.¹

Oydin Tonariyning «Jaloliddin Xorazmshoh va uning davri» 3 nomli

asarida Xoazmshohlar davlati va mug ullar bilan munosabati yoritib

berilgan. 3 bosqich -sobiq sho rolar davrida ham Xorazmshohlar davlati

tarixi olimlar tomonidan keng o rganilgan. Bu davrda yaratilgan asarlarda Jaloliddin Manguberdining jasorati tilga olingan bo lsada,

Muhammad Xorazmshoh siyosati taxlil qilingan.

4 bosqich -mustaqillik yillarida o rganilishi. Xorazmshohlar davlati

tarixi keng o rganila boshlandi. Ayniqsa, 1999 yilda Jaloladdin

Manguberdining 800 yillik yubileyi munosabati bilan halqaro

konferentsiyaning o tkazilishi Xorazmshohlar davlatiga oid

tadqiqotlarning yana kengayishiga imkon yaratdi 1. Bu davrda

O.Masharipov, SH.Saidov, I.M.Jabborov, S.Saburova, O.B.Bo riev,

N.T.Toshevlar tomonidan ilmiy adabiyotlar nashr etilgan 2.

Tadqiqotning maqsad va vazifalari Markaziy Osiyoning Anushtegin -

Xorazmshohlar davridagi iqtisodiy siyosiy ahvolini yoritish va taxlil

etish asosiy maqsad qilib belgilangan. Mazkur maqsadni amalga oshirish

o z navbatida quydagi vazifalarni belgilab olindi: Anushtegin

Xorazmshohlar davlatining tashkil topish jarayonini yoritish; Davlatning

boshqaruv tizimini taxlil etish; Xorazmshohlar va Qoraxitoylar o

rtasidagi munosabatlarni yoritish; Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy va

iqtisodiy ahvolini taxlil etish; Xorazmshohlar davlatining madaniy

taraqqiyot darajasini ko rsatish; Xorazmshohlar davlati inqrozi

sabablarini taxlil etish; Mo‘g‘ullar istilosining Markaziy Osiyo iqtisodiy

hayotiga ta sirini ko rsatish; Mavzu yuzasidan bir soatlik dars

ishlanmasini ishlash. Tadqiqotning davriy chegarasi Bitiruv malakaviy

ishida Markaziy Osiyoda Anushtegin -Xorazmshohlar davlatining

tashkil topishi davridan XI asrdan, uning inqrozigacha bo lgan davr XIII

asrning birinchi yarmidagi davrlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotning ob

ekti Markaziy Osiyoning Anushtegin -Xorazmshohlar davlati, boshqaruv

tizizmi, madaniyati, inqrozi, Xorazmshohlarning Qora xitoylar davlati

bilan o‘zaro munosabatlari Tadqiqotning predmeti Markaziy Osiyoning

Anushtegin -Xorazmshohlar davridagi iqtisodiy siyosiy tarixi,

Xorazmshoharning Qoraxitoylar davlati bilan o zaro munosabatlari

tarixi. Mavzuning nazariy va metodologik asoslari; Ushbu mavzuni

yoritishda bugungi kunda tarixchi olimlar oldiga qo`ygan talablar

asosida kelib chiqib, mavzuni haqqoniy, ob ektiv yoritishga harakat

qilindi. Shuningdek, mavzuning nazariy asosi solishtirish, qiyosiy taxlil, davrlashtirish, analiz va turli tarixiy uslublardan foydalanilgan holda

yoritildi. Mavzu yuzasidan ishlangan dars ishlanmasida redagogika

fanida ilgari surilgan uslublardan, interaktiv uslublardan unumli

foydalanildi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati Bitiruv malakaviy ishi

natijalaridan Oliy va o`rta maxsus ta limda mashg`ulotlar olib borishda

keng foydalanish mumkin. Mavzu bo`yicha bir soatlik dars ishlanmasi

ishlab chiqildi. Undan kasb-hunar kollejlarida keng foydalanish

mumkin.


Yüklə 44,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin