O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 85,62 Kb.
səhifə1/5
tarix24.09.2023
ölçüsü85,62 Kb.
#147883
  1   2   3   4   5
5112100-texnologik talim


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


5112100-Texnologik ta`lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat
attestatsiya sinovi


DASTURI


2021/2022 o’quv yili
Tuzuvchilar:
X.M.Akramov NamDU “Texnologik ta’lim” kafedrasi mudiri,
p.f.n. dotsent

I.T.Uluxanov NamDU “Texnologik ta’lim” kafedrasi dotsenti


f-m.f.n., dotsent

S.X.Abdullaev NamDU “Texnologik ta’lim” kafedrasi dotsenti


p.f.n., dotsent
Taqrizchilar:
I.A.Raximov Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy
markazi direktori p.f.n., dotsent
M.Q.Isayev Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari
5112100-Mehnat ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi Texnologik ta’lim kafedrasining 2021-yil « 26 » noyabrdagi №_4_-sonli majlisida muhokama qilingan hamda tasdiqqa tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri X.Akramov
5112100- Texnologik ta`lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi Namangan davlat universiteti Kengashining 2021-yil «14» 12 dagi № 4-sonli majlisida muhokama qilinib, tasdiqlangan.


Kengash kotibi M.Asqarova


I. UMUMIY QOIDALAR
1. 5112100- Texnologik ta`lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi (keyingi o’rinlarda – Dastur) O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2009 yil 22 maydagi 160-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to’g’risida”gi Nizom, 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “5112100-Mehnat ta’limi bakalavriat ta’lim yo’nalishining malaka talablari” (keyingi o’rinlarda – Malaka talablar) hamda № V5112100-18 tartib raqami bilan ro’yxatga olingan o’quv rejasining (keyingi o’rinlarda – O’quv rejasi) umumkasbiy va ixtisoslik fanlari o’quv dasturlari asosida tuzildi.

2. Fanlararo yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi (keyingi o’rinlarda – Attestatsiya sinovi) O’zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibga ko’ra, bitiruvchilarning Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan biri hisoblanib, unda ta’lim yo’nalishi xususiyati, iqtidori va xohishiga ko’ra bitiruv malakaviy ishi yozish istagini bildirmagan, o’quv rejasidagi ta’lim dasturlarini to’liq o’zlashtirgan bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishlari shart.


3. Attestatsiya sinovini topshirishga o’quv reja va fan dasturlarini to’liq tugatgan va o’quv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o’tgan talabalarga ruxsat beriladi.


4. Attestatsiya sinovi O’quv rejasining umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining barchasini qamrab oladi hamda sinov topshiriqlari ushbu fanlar o’quv dasturlari asosida tuziladi.


5. Attestatsiya sinovi fanlar mazmuniga qo’yiladigan talablar bilan bir qatorda, talaba tayyorgarligining Malaka talablarida bitiruvchiga qo’yiladigan umumiy talablarga javob bera olish darajasini aniqlashga yo’naltiriladi.



Yüklə 85,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin