3
KIRISH
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ta’limning tabiiy yo‘nalishi bo‘limida ko‘rsatib o‘tilgan,
talabalarning tabiat haqidagi dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrlash tuyg‘ularini qaror
toptirish olingan nazariy va amaliy bilimlarni hayotga tadbiq etishni amalga oshirishga
qaratilganligi bilan belgilanadi.
5A140104- Biotexnologiya mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlanayotgan magistrlar:
- Biotexnologiya fanini hozirgi vaqtda jadal sur’atlar bilan rivojlanishi bevosita biologiya fanining
taraqqiyoti bilan uzviy bog’liqdir. Biotexnologiya fanlar ichida hozirgi kunda yetakchi o’rinni
egallamoqda. Sababi biologiyaning molekular darajaga ko’tarilishi, hozirgi kunda bir qator
masalalarni biotexnologiya fanisiz yechish imkonini bermaydi. Shu sababdan ham biotexnologiya
turli yunalishlari inson hayoti uchun kerakli bo’lgan oziq-ovkat mahsulotlarini,
shuningdek
energiya muammosi, turli ekologik muammolarini, biologik faol va dorivor moddalar ishlab
chiqarish muammolarini hal qilishi mumkin. Biotexnologiya avvalo, ekologik jihatdan katta
istiqbolga ega, uning yordamida energiya
kam darajada sarflanadi, chiqindisiz texnologiyalar
yaratish amalga oshiriladi, shu manoda ham biotexnologiyaturli preparatlar: jumladan insulin,
interferon, turli gormonlar, biologik faol moddalar olishda, biotexnologik jarayonlarni qo’llashini
- Genetika fani organizmlardagi irsiyat va o’zgaruvchanlik, genetika
faniga oid bilimlar inson
uchun zarur bo‘lgan, xalq xo‘jaligining deyarli hamma sohalarda qo‘llaniladi. Hozirgi davrda
genetikaning juda tez rivojlanayotgan sohalari biotexnologiya va genetika injeneriya seleksiyaning
asosiy usullari hisoblanadi. Seleksiyaning asosiy vazifalari esa madaniy o‘simlikning hosildor
navlarini, uy hayvonlarining yangi zotlarini, mikroorganizmlarning foydali shtammlarini keltirib
chiqarishni o’rganib oladilar. Shu bilan birga molekulyar genetika va genetik injeneriyaning
keyingi yillarda barq urib rivojlanishi mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvonlar irsiyatini inson
uchun foydali tomonlarga o‘zgartirish
imkoniyatini yaratishni, ayniqsa odam genetikasi
muamolarini o‘rganishda, odamlarda uchraydigan irsiy kasalliklarni davolashning istiqbolli
usullarini yaratishda haqidagi ma’lumotlarni o‘rganishni
- Biokimyo Tirik materiyaning kimyoviy tarkibi, oqsillar, fermentlar, fuklein kislotalar, uglevodlar,
lipid va lipoidlar, lioenergetika, uglevodlar almashinuvi, lipidlar almashinuvi.
oqsillar
almashinuvi, modda almashinuvi jarayonining boshqarilishi, funktsional biokimyo haqidagi
ma’lumotlarni.
- Mikrobiologiya fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi, mikrobiologik tadqiqotlarning asosiy
usullari, prokariotlar morfologiyasi va hujayra tuzilishi, mikroorganizmlarning oziqlanishi.
mikroorganizmlar tomonidan azot va boshqa mineral moddalarning o’zlashtirilishi, bijg’ish va
uning xillari (spirtli), biosfera va
mikroorganizmlar ekologiyasi, virusologiyaning predmeti va
vazifalari, viruslarni o’rganish usullari, viruslarning o‘ziga xos xususiyatlari, viruslarning
(virionlarning) tuzilishi va morfologiyasi, viruslarning tarqalishi to‘g‘risdagi ma’lumotlarni
- Biofizika fanining predmeti va vazifalari, biologik jarayonlar termodinamikasi, biologik jarayonlar
kinetikasi,
Molekulyar biofizika asoslari, kvant biofizikasi elementlari, biologik membranalarning
tuzilishi
va
funktsiyasi,
moddalarning
membrana
orqali
tashilishi,
bioelektrogenez,
elektro’kazuvchanlik, harakatning muskulli va muskulsiz formalari, sezuv organlari biofizikasi,
fotobiologiya muammolari,
biologik oksidlanish, gidrodinamikaning fizik asoslari, radiobiologiya
haqidagi tushunchalarga ega bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: